Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609061 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 ... 116 B


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:39:11

840. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning "Alloh huzurida eng uyatli ism kishining "Moliku-l-amlok"*, Shahanshoh* shohlar shohi deb   atalishidir" deganlarini xabar qildi.

*Moliku-l-amlok - mulklar egasi yoki shahanshoh; bu ism takabburlik alomati bo'lganligi uchun Xudoga xush kelmagan.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:39:30

 359-bob. Birovning ismini kichraytirib, erkalab chaqirish haqida

841. Talq ibn Habib aytdilar: "Men shafoatni3 yolgon deydigan odamlarning eng ashaddiysi edim. Jobir ibn Abdullohdan bu haqda* so'radim. U kishi: "Men Nabiy (a.s.)ning "Do'zaxga kirganlar keyin chiqadilar", deganlarini eshitganman, ey Tulayq, sen o'qigan narsani biz ham o'qiymiz", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:40:28

360-bob. Kishini o'zi yoqgargan ism bilan chaqirish haqida

842. Xanzala ibn Xizyam aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) odamlarni o'zi yoqtirgan ismi bilan chaqirishni, o'zi sevgan kunyasi bilan atashni xush ko'rardilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:41:31

361-bob. "Osiya" ismini o'zgartirish haqida

Bu o'rindagi "Osiya" arab tilida "sod" harfi bilan yozilib, "isyonkor ayol" degan ma'noni beradi

843. Ibn Umardan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) Osiya (degan bir ayol)ning ismini o'zgartirdilar va: "Sen endi Jamilasan", dedilar.

Jamila go'zal degan ma'noni anglatadi

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:41:45

844. Amr ibn Atodan rivoyat qilindi. U Zaynab binti Abu Salamaning oldiga kirganida Zaynab uddan singlisining ismini so'radilar. Amr: "Uning ismi Barra", deb javob berdi. Zaynab: "Uning ismini o'zgartiring, Rasululloh (s.a.v.) Zaynab binti Jahshga uylanganlarida uning ismi Barra edi. Ul zot ismini o'zgartirib, Zaynab deb nomladilar. Ummu Salamaga uylangan paytlarida. mening ismim Barra edi. Ul zot meni "Barra" deb chaqirishayotganini eshitib: "O'zlaringaz o'zlaringizni pokiza, deb atamanglar, zero sizlardan kim pokiza, kim fojira, buni Alloh bilguvchiroqdir. Unga Zaynab deb   ot qo'ying", dedilar.Ummu Salama: "Bo'dtsi, bugundan boshlab u  Zaynab",dedilar. U Zaynab binti Abu Salamaga "Unda singlimga ism qo'yib bering", dedim. "Paygambar (s.a.v.) o'zgar-targanlariday o'zgartirib, Zaynab qo'ying", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:42:04

362-bob. Sarm degan ism haqida

845.  Abdurrahmon ibn Saiddan rivoyat qilindi: Sa'idning ismi Sarm edi. Rasululloh (s.a.v.) uni "Sa'id", deb nomladilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:42:44

846. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Hasan tug'ilgan vaqgda unga Harb, deb ism ko'ydim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb ko'ydingaz?" - dedilar. Biz: "Uni Harb deb   nomladik", deganimizda, "Yo'q, uning ismi Hasan", dedilar. Husayn tug'ilganda, uni ham Harb deb  nomladim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo'ydin-gaz?" - dedilar. Biz: "Harb", dedik, "Yo'q, uning ismi Husayn", dedilar. Uchinchi o'g'lim tug'ilganda unga Harb deb nom qo'ydim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo'ydingiz?" - dedilar. "Harb", dedik. "Yo'q, u Muhsindir", dedilar. So'ng: "Men bularni Horun (ax.)ning Shibr, Shubayr va Mubashshir degan o'g'illarining ismlari kabi nomladim", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:43:34

363-bob. G'urob degan ism haqida

847.  Ummu Roita binti Muslimning otasi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn g'azotida birga qatnashdim. Ul zot mendan: "Oting nima?" - deb so'radilar. "G'urob" deganimda, "Yo'q, sening isming Muslim bo'lsin", dedilar.

Sarm - keskin ma'nosini anglatadi,
Sa'id - baxtli degani.
Hasan - yaxshilik, ezgulik degani, Husayn Hasanning erkalatib aytilgani,
Muhsin - yaxshilik qiluvchi degani.
G'urob - qarg'a.
Muslim - bo'ysungan, itoatkor.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:44:05

364-bob. Shihob ismi haqida

848. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulullohhuzur-larida uni Shihob, deb chaqiripsharini aytdi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, sening oting Hishom bo'lsin" dedilar.

Shihob - nur, shu'la, yulduz, olov, Hishom - kamtarlik, tovozelik, uyatchanlik ma'nolarini anglatadi.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:44:59

365-bob. Al-Os ismi haqida

849. Abdulloh ibn Muti' aytdilar: "Muti'dan eshitdim: "Rasululloh (s.a.v.) Makka fathi kuni "Quraysh qabilasi bundan keyin to qiyomatgacha qatli om qilin-maydi", dedilar. O'shanda Muti'dan boshqa quraysh osiylari Islomga kirmagandilar". Uning ismi Al-Os edi. Rasululloh (s.a.v.) uni Muti' deb  nomladilar.

"œAl-Os" arab tilida' "osiy, gunohkor" degani bo'lib, Muti'ning ismi ham shunday edi. "Muti'" esa, "bo'ysinuvchi" ,"itoatkor" degan ma'nodadir. Quraysh qabilasida Mutadan boshqa yana to'rtta Al-Os ismli kishilar bo'lib, ular hali Islomni qabul qilmagandilar.

Qayd etilgan