Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609039 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 ... 116 B


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:45:19

366-bob. Ismni qisqartirib chaqirish haqida

850.  Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyish! Jabroil (a.s), senga salom yo'llamoqdalar", dedilar. Men unga ham Allohning salomi va rahmati bo'lsin, dedim. Ul zot men ko'rmagan narsani ko'rardilar".

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:45:35

851.  Ibrohim Basriy aytdilar: "Hajga borib kelgan buvim Ummu Kulsum binti Samoma menga aytib bergandilar: akalari Maxoriq ibn Samoma Ummu Kulsumga: "Oyisha (r.a.)ning oldilariga kirib, ulardan Usmon ibn Affon (r.a.) haklarida so'rab chiqing, odamlar u kishi haqida juda ko'p gapirmoqdalar", dedilar. Ummu Kulsum aytdilar: "Men Oyisha (r.a.)ning huzurlariga kirib: "O'g'illaringizdan biri sizga salom yo'lladi va Usmon ibn Affon (r.a.) haqlarida fikringazni so'ra-di", dedim. Oyisha (r.a.): "Unga ham Allohning salomi va rahmati bo'lsin. Usmon ibn Affon (r.a.) haqida bo'lsa, men shunga guvohmanki, mana shu uyda, issiq bir kecha-da Payg'ambar (s.a.v.)ga Jabroil (a.s.) vahiy olib tush-gan edilar, Usmon (r.a.) ham shu yerda edilar. Payg'am-bar (s.a.v.) Usmon (r.a.)ning yelkalariga urib: "Yoz, ey, Usm", degan edilar. Alloh taolo Rasululloh (s.a.v.) tili bilan shunday yuksak darajaga ko'targan odam (Usmon) albatta yaxshi odamdir. Kimki Usmon (r.a.)ni so'ksa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar.

U kishi haqida ko'p gapirmoqdalar deyishdan murod yomon gaplardir.Bu o'rinda "o'g'illaringizdan biri" deyilishiga sabab, Alloh taolo Qur'onda bildirgani kabi Rasululloh (s.a.v.)ning ayollari barcha mo'minlarning onalari bo'lganliklari uchundir.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:45:52

367-bob. Zahm ismi haqida

852.  Bashir ibn Nuhayk aytdi: "Bashir ibn Hasosiy (r.a.)ning ilgariga ismi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borguniga qadar Zahm edi. "Sening isming nima?" - deb so'radilar Rasululloh (s.a.v.). "Zahm", deb javob berdi. Rasululloh (s.a.v.) buni eshitib: "Yo'q, sening isming Bashir bo'lsin", dedilar. Men bir kuni Rasululloh (s.a.v.) birga edim, ul zot: "Ey, Hasosiy! Sen Allohdan rozi bo'lginki, qaysidir yaxttti ishing uchun u seni O'zining Rasuli bilan birga bo'lmoqqa muyassar etdi", dedilar. "Oga-onam sizga fido bo'lsin. Allohdan hech bir shikoyatim yo'q. U har bir xayrli ishga meni yo'lladi", dedim. Biroz yurgach, mushriklarning qabristoni yonidan o'tdik. "Mana bular barcha xayrli ishlardan yuz o'girib o'tdi-lar", dedilar. So'ngra musulmonlarning qabristoni yonidan o'tayotganimizda: "Bular esa, barcha xayrli ishlarni qildilar", deb marhamat qildilar. Shu orada qabrlar ustida poyabzali bilan yurgan bir odam ko'rindi. "Ey, sabtiya kiyib olgan odam! Poyabzalingai yechib tashla!" - deb buyurdilar. U ham tezda poyabzalini yechib tashladi .

853-hadis mazmunan 852-hadisning takrori, bu hadis Hasosiyning xotini Laylodan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:46:16

368-bob. Barra degan ism haqida

854.  Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Juvayriyaning ismlari Barra edi, Rasululloh (s.a.v.) uni Juvayriya, deb nomladilar".

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:47:11

855.  Abu Hurayra aytdilar: "Maymunaning ismlari Barra edi, Payg'ambar (s.a.v.) unga Maymuna ismini berdilar".

Mazkur hadis mazmuni Bashir ibn Ma'bad Sadusiqdan rivoyat Qilingan 793-hadisda ham bor.
Maymuna - baxtli, qutlug'.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:47:30

369-bob. Aflah ismi haqida

856.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan rivoyat qildilar: "Xudo menga umr bersa, inshoalloh, ummatlarimni dan qaytaraman", dedilar. Roviy A'mash: "Rafi' ismi haqida gapirgan yo gapirmaganlarini bilmayman", dedi. Odamlar: "Barakot bu yerdami?" - deb so'raganda. "Bu yerda emas", deb javob beriddi. (Bu bilan ism emas, so'zning ma'nosi nazarda tutilmoqda). Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlarigacha bu ismlarni taqiqlamadilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:47:57

857.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ya'lo, Baraka, Nofi', Yasor, Aflah va shunga o'xshash ismlar quyishdan qaytarishni xohladilar. So'ngra1 sukutga cho'mdilar va boshqa hech narsa demadilar.

Qayd etilgan


Laylo  03 Oktyabr 2006, 11:48:31

370-bob. Raboh ismi haqida

858.  Umar   ibn Xattob (r.a.) aytdilar: "Payg'ambar (s.a.v.) ayollaridan alohida o'targan vaqglarida Rasululloh (s.a.v.)ning yonimdagi xodimyaari Rabohta: "Ey, Raboh, Rasululloh (s.a.v.)dan kirishim uchun izn so'ra", dedim".

Qayd etilgan


Muslima_subh  03 Oktyabr 2006, 20:01:55

371-bob. Payg'ambarlarning ismlari haqida

859.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening ismimni (go'daklarga) qo'yinglar, lekin mening kunyam bilan hech kimni chaqir-manglar. Men Abulqosimman" , dedilar.

1.  Ummatlariga bo'lgan buyuk marhamatlari sababli ularga qiyinchilik bo'lishini o'ylab (F.s).

2. Bu hadis mazmuni, vallohu a'lam, shunday: arablarda Raboh ismi uchramaydi. "Raboh" ismi ibroniycha bo'lib, arablar go'daklarga bu ismni qo'ymaydilar, ammo bu ismni qo'yish man' etilmagan. Modomiki, Payg'ambarimiz xodimlaridan birining ismi Raboh ekan, bu ism joriydir

3.Ya'ni men faqatgina Qosim ismli farzandim bo'lganligi uchungana emas, balki Alloh tomonidan dunyoviy va uxroviy ishlarda taqsimotchi qilib yuborilganim uchun azaliy qismat taqozosi bilan Abulqosimman

Qayd etilgan


Muslima_subh  03 Oktyabr 2006, 20:07:55

860.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bozorda yurgan edilar, bir kishi: "Ey, Abulqosim", dedi. Ul zot unga qaradilar. U kishi: "Ey, rasulalloh, men sizni chaqirmagandim", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Mening ismimni qo'yinglar, kunyam bilan kunyalanmanglar", dedilar".

Qayd etilgan