Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609050 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 ... 116 B


Muslima_subh  03 Oktyabr 2006, 20:11:54

861.  Yusuf ibn Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga Yusuf nomini berdi-lar, quchoklariga olib, boshimni siladilar".

Qayd etilgan


Muslima_subh  03 Oktyabr 2006, 20:14:14

862.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Ansorlarimizdan birining xonadonida o'g'il tug'ilib, ismini Muhammad qo'ymoqchi bo'ldi". Shu'ba Mansurning hadisida shunday deb rivoyat qildi: "Ansorlardan biri o'g'lini ko'tarib Rasulullohning huzurlariga keldi", dedi. Sulaymon aytgan hadisda esa, bunday: "Uning bir o'g'li bo'lib, ismini Muhammad, deb atashni istagan edi". Ra-sululloh (s.a.v.): "Ismimni ism qilib qo'yinglar, ammo kunyamni olmanglar, chunki, men adolatli taqsim qiluvchi bo'lib keldim va shuvday qilyapman", deb marhamat qildilar. Roviy Husayn ham shunday deb naql etgan.


Qayd etilgan


Muslima_subh  03 Oktyabr 2006, 20:18:34

863.  Abu Muso (r.a.) aytdilar: "O'g'lim tug'ilgach, Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga keltirdim. Rasululloh (s.a.v.) uning ismini Ibrohim qo'yib, xurmo chaynab, u bilan chaqaloqning tanglayini ko'tardilar. So'ng o'g'limga barakotli umr tilab duo qildilar". Bu Abu Musoning to'ng'ich o'g'li edi.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:09:16

372-bob. Hazn ismi haqida

864.  Sa'id ibn Musayyib otasidan, u bobosidan rivoyat qildi: (Sa'idning bobosi Hazn) Payg'ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganida undan: "Isming nima?" ~ deb so'radilar. "Hazn", dedi. Ul zot: "Endi isming Saxl bo'lsin", dedilar. U: "Men otam qo'ygan ismni o'zgartirmayman", dedi. (Ibn Musayyib aytadi: hali hamon uyimizdan g'am-anduh arimaydi).

"Hazn"ning ma'nosi "g'am-anduh", shuning uchun Rasululloh uni o'zgartirishni aytganlarini hamda so'zlari qabul bo'lmay, yerda qolishining oqibati qanday bo'lishini anglatilmoqchi.

865-hadis mazmuni 864-hadisda aynan takrorlangan.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:10:31

373-bob. Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning ism va kunyalari

866.  Jobir (r.a.) aytdilar: Bir xonadonda farzand tug'ildi. Ismini Qosim deb qo'ydi. Ansorlardan biri: "Senga Abulqosim kunyasini bermaymiz, bu kunya bilan seni ulug'lamaymiz", dedi. Farzand ko'rgan ota Rasululloh (s.a.v.)ga borib bu haqda arz qildi. Rasululloh (s.a.v.): "Juda yaxshi aytibdi, ismimni ism kilib qo'ying, lekin kunyamni ism qilib qo'ymang, chunki men Qosimman".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:10:52

867.  Ibn Xanafiya aytdilar: "Hz. Ali (k.v.): "Ey, Allohning Rasuli, sizdan keyin farzandimga ismingizni yoki kunyangizni qo'ysam bo'ladimi?" - deb so'radilar. "Ha", deb javob berdilar ul zot".

868-hadis 866-hadisning mazmunan takrori. 869-hadis ham Anas ibn Molikdan rivoyat tsshingan bo'lib, 860-hadisning takroridir, Abu Huray-radan rivoyat tsilingan 859-hadisda ham, Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan 860 va 862-hadislarda ham shu mazmun ifoda etshgan.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:11:10

374-bob. Mushrik ham kunyasi bilan chaqiriladimi

870. Usoma ibn Zayd aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh ibn Ubay ibn Salul qatnashayotgan bir yig'inga bordilar. O'shanda u hali Islomni qabul qilmagandi. U: "Yig'ilishimizga zarar yetkaz-ma", dedi. Rasululloh (s.a.v.) Sa'd ibn'Ubodaning oldiga borib: "Eshitdingizmi, Abu Habobning nima deganini?" - dedilar va bu bilan Abdulloh ibn Ubay ibn Salulni nazarda tutdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:12:07

375-bob. Go'daklarning kunyasi haqida

871.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) biznikiga kirdilar. Kichkina ukamga Abu Umayr degan kunya (laqab) berdilar. Uning bir chumchug'i bo'lib, uni o'ynab o'tirardi. Bir kuni chumchug'i o'lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) uyimizga kirib ukamni xafa bo'lib turganini ko'rdilar va: "Unga nima bo'ldi?" - deb   so'radilar. "Uning chumchug'i o'lib qoldi", deyishdi. Shunda ul zot: "Ey, Abu Umayr, chumchuqqa nima bo'ldi?" dedilar .

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:13:02

376-bob. Tug'ilmagan bolaga kunya berish haqida

872.  Ibrohim (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Abdulloh Alqama tug'ilmasidan oldin unga Abu Shibl, deb kunya qo'ygandilar .

873-hadis mazmuni 872-hadisning takroridir.1  Bu hadisning mazmuni 178-bobdagi 389-hadisda qisman o'tgan, U hadis ham Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan edi. 389-hadisda "maynachang", deyilgan edi.2 Alqama ibn Qaysning xojasi va ustozi Abdulloh ibn Mas'ud ko'zda tutilgan. Alqamaning otasi ham Abdulloh ibn Mas'udning Quli edi, ammo ularning do'stligi ham bo'lgan, shuning uchun uning tug'iladigan bolasiga hali tug'ilmasdanoq Abu Shibl, ya'ni Sherbachchaning otasi, deb kunya bergan bo'lsalar kerak, vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:13:26

377-bob. Ayollarning kunyasi haqida

874-hadis mazmuni 875-hadisda keladi.

875. Abdulloh ibn Zubayr aytdilar: "Hz. Oyisha "Yo Rasulalloh! Boshqa ayollaringizni kunyalagan ekansiz. Meni ham kunyalamaysizmi? - dedilar. Rasululloh Abdulloh ibn Zubayr (r.a.)ni (ya'ni meni) ko'rsatib: "O'g'ling bilan kunyalan", dedilar.

Ya'ni kunyang Ummu Abdulloh bo'lsin.

Qayd etilgan