Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608659 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 116 B


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:57:17

887. Hishom otasidan shunday naql qilgan: "Oyisha onamiz huzurlarida Hasson ibn Sobitni so'kishgan edi, "Uni so'kmangiz, chunki u Rasululloh (s.a.v.)ni mudofaa qilardi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:57:39

382-bob. Go'zal va yomon she'rlar haqida

888-hadis 882-hadisning aynan takroridir.

889.  Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "She'r so'zining qandayligiga qarab belgilanadi: yaxshisi yaxshi so'z, yomon, qabihi esa, axloq-siz so'z kabidir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:59:20

890.  Urva naql qildi: "Hz. Oyisha (r.a.) dedilar: "She'rning yaxshisi ham bo'ladi, axloqsizi ham. Yaxshisini oling, axloqsizlarini tashlang".

891-hadis 342-bobdagi 815-hadsjing takrori, faqat bunda roviy aniq emas. 892-hadis 883 va 885-hadislarning takrori, fadat bundaAnas ibn Sari' deyil-gan, tahrirda Asvad nomi Anas bo'lib xato ketgan bo'lishi mumkin. 383-bobdagi 893-hadisda 346-bobdagi 822-hadis mazmuni takrorlangan, faqat bunda Rasu-lumoh (s.a.v.): Umayyaning she'rlaridan uning yaqinda musulmon bo'lishji angla-sa bo'ladi", deb marhamat qildshar. 384-bobdagi 894-hadis 884-hadisning tak-Rori, faqat bu hadis Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:00:01

385-bob. Shoirlarga ergashmoq haqida

894. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning ushbu: "Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashurlar. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi? O'zlari qilmagan narsalarni gapirishlarini ham?" (26:224, 225, 226) - degan oyatlari tushgach, unga ushbu istasno oyati ham tushdi" - deb "Shuaro" surasining 227-oyatini o'qidilar.

385-bobning 896-hadisi ham 894-hadisning takroridir.386-bob. Bayonning jozibador, sehrli usuli haqida

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:15:45

896. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kishi yoki bir a'robiy Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga keddi va ochiq, go'zal jumlalar bilan so'zladi. Payg'ambar ^s.a.v.) (uning gaplarini yoqgirib): "Bayon uslubida ham joziba bordir, ba'zi she'rlar hikmatdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:17:25

897.  Amr ibn Salomdan rivoyat qilindi: Abdulmalik ibn Marvon farzatstsiga Sha'biyni tarbiyachi qilib olib keddi va: "Ularga she'r (san'atini) o'rgatginki, el ichida bu borada mashhur bo'lsinlar; ularga go'sht berginki, yuraklari baquvvat bo'lsin; ularning sochlarini olib turginki, bo'yinlari mustahkam bo'lsin; ular bilan odamlarning sharaflilari yonida o'tirginki, toki ular bilan munozara qila bilsinlar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:21:24

387-bob. She'rdan ham karih ko'rilgan narsalar haqida

898.  Hz.Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) "Insonlarning eng katta gunohkori qabilasini hajv qilgan shoir va otasini inkor qilgan (undan kechgan) odamdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:23:13

388-bob. Ko'p gap haqida

899.  Ibn Umar  (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida Mashriqdan ikki xatib (notiq) kelib nutq so'zladi, so'ng Rasululloh (s.a.v.)ning xatiblari Sobit ibn Qays (r.a.) gapirdi, odamlarga ikki xatibning gaplari yoqdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) turib so'zladilar va: "Ey, insonlar, qisqa so'zlang, chunki gaplarni bezab gapirish shaytondandir", dedilar". So'ng: "So'zning ham sexri bor", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:24:56

900.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi xalifa Umar (r.a.) ishtirok etgan bir yig'inda nutq so'zladi. Uzoq, ezmalanib gapirdi. Hz. Umar (r.a.):"Ezmalanib gapirmoq shaytondandir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:26:07

901.  Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar hammangiz masjidlaringizda to'planing, qaysiki masjidda qavm to'la ravishda to'plangach, meni chaqi-ringlar", deb marhamat qildilar. Bizning masjidimizda birinchi bo'lib qavm to'plandi. Rasululloh (s.a.v.)ni taklif qildik. Ul zot kelib o'tirishlari bilan bir kishi: "Allohga hamd aytamiz, ammo bu hamd uchun na oldimizda bir maqsad bor, na ortidan keladigan bir manfaat bor", dedi.Rasululloh (s.a.v.) uning bu gapidan ozorlanib, mas-jiddan o'sha zahotiyoq chiqib ketdilar. Biz ham xafa bo'lib bir-birimizga qarab qoldik. Bildikki, Rasululloh (s.a.v.) boshqa bir masjidga ketganlar, ortlaridan izlab bordik va bir masjidda o'tirganlarini ko'rib, biz.ham o'sha masjidga kirib o'tirdik. "Istaganini oldiga, istaganini ortiga qo'ygan Allohga hamdlar bo'lsin, haqiqatda jozibador so'zlar bor", dedilar Rasululloh (s.a.v.). So'ng bizlarga haqiqatdan ta'lim berdilar.

Qayd etilgan