Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608762 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 ... 116 B


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:58:51

923.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hurmatga sazovorlikni siz nima deb o'ylaysiz? Alloh taolo hurmatga sazovorlik, oliyjanoblikni bayon qilib bergan:sizlarning hurmatlirog'ingiz taqvodorroshngizdir. As-lzodalik, oqsuyaklikni nima deb o'ylaysiz? Aslzoda-likda eng afzalingaz xulqi eng go'zal bo'lganingizdir".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:08:13

402-bob. Arvohlar guruh-guruh askarlardir

924. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) ning: "Arvohlar guruh-guruh askarlardir. Ular-dan (ruhlar olamida) tanishganlari bu dunyoda ham bir-birlari bilan hamkorlashadilar, gaplari gap-lariga to'g'ri keladi, (U yerda) tanishmaganlari esa, bu dunyoda ham o'zaro ixtilofga boradilar", deganla-rini eshitdim".

925-926-hadislar 924-hadisnjg aynan takrori bo'lib, 925-hadis ham hz. Oyishadan boshqa so'z qurshshshida ifoda etilgan, 926-hadis Abu Huray-radan rivoyat tsilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:09:17

403-bob. Taajjublanganda "Subhanalloh" deyish haqida

927. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Bir cho'pon qo'ylarini qo'riqlab turganda, bir bo'ri hujum qilib bir qo'chqorni olib ketdi. Cho'pon uning ortidan tush-ganda bo'ri unga qarab: "Qo'ylaringning mendan boshqa cho'poni yo'q bo'lgan dahshatli, og'ir kunda ularga kim qarab turadi?" - deydi". Shunda odamlar "Subhanalloh!" - deb yubordilar. Rasululloh (s.a.v.): "Bunga men, Abu Bakr va Umar   ishonamiz", dedilar".Kimdir biron ajabtovur rivoyatni yoki hikoyani yoxud voqeani ayt-sa, ajablanish va ishonmaslik ma'no-sida "Subhanalloh", deb qo'yi-ladi. Rasululloh (s.a.v.) suhbatdoshlariga voqeani aytib berganlari-da ular nshonqiramay "Subhanalloh" dedilar.

Rasululloh (s.a.v.) shuning uchun ham ularning ajablanishiga chandon e'tibor bermay "Bunga men, Abu Bakr va Umar ishonamiz", deb gapni muxtasar qildilar .

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:10:33

928.  Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir janoza paytida qo'llariga bir narsa olib tuproqni titdilar va: "Sizlardan har biringazning do'zahdan va jan-natdan joyi hozirlangan", dedilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, biz taqtsirimizga ishonib amalni tark etamizmi?" - deb so'radilar. Ul zot: "Amal kdling, zero har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yi-ladi". Yana dedilar: "Kimki saodat ahlidan bo'lsa, unga saodat amallari osonlashtirib qo'yiladi, kimki badbaxtlardan bo'lsa, unga badbaxtlik ishlari oson kdlib qo'yiladi". So'ng ushbu oyatlarni o'qidilar:   "Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa, va (Allohdan) qo'rqsa, hamda go'zal (narsa)ni tasdiq eda, bas, unga osonlikni muyassar qilurmiz" (92:5-7).

Har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yiladi; ya'ni taqdirida jannatiyligi bitilgan bo'lsa, saodat yo'li, do'zaxiyligi bitilgan bo'lsa zalolat va sharorat yo'liga solinadi.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:11:43

404-bob. Qo'l bilan yerni silash haqida

929. Usayd ibn Abu Usayd onalaridan rivoyat qildilar. Onalari aytdilar: "Men Abu Qatoda (r.a.)ga: "Nimaga siz boshqa odamlarga o'xshab Rasulullohdan hadis rivoyat qilmaysiz?" - deb so'radim. Abu Qatoda (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.): "Kimki yolg'on hadisni menga nisbat bersa, u do'zahda yonboshi bilan yotishi uchun (joy-ini) tekislayversin", deb qo'llarini bilan yerni silab ko'rsatganlarini eshitganman", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:11:54

405-bob. Sannon haqida

905-hadis. Abdulloh ibn Mag'fal Muzaniy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sannondan qaytarganlar va: "U ovda biror hayvonni o'ldirmaydi, dushmanni qiyratolmaydi, u faqat kuzni chiqaradi va tishni sindiradi", deganlar.
Arablarda qadimdan sannon bo'lgan, lekin hozirgi rogatkadan farqli ravishda ko'rsatkich barmoq bilan o'rta barmoqqa sannon bog'lab tosh va shunga o'xshagan narsalar otganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 06:38:48

406-bob. Shamolni so'kmaslik haqida

Mazkur kitobning 298-bobi ham ana shunday sarlavhalangan, bobdagi 741-hadis ham Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan. Bu sarlavha va hadis mazmunini takroran keltirishimizning sababi, voqea va sabab to'liq yoritilgan.

931. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Makka yo'lida sha-mol turdi. Hajga borayotganlar orasida Umar ibn Xattob (r.a.) ham bor edi. Shamol tezlashgandan tezlashdi. Umar (r.a.) atrofidagi kishilarga: "Shamol nimadir?" - dedi. Odamlardan ba'zilari bir nimalar deyishdi, anglab bo'lmadi. Mening xayolimga lop etib bir gap keldi. Umar (r.a.)ga yaqinlashib:"Shamolga taalluqli savo-lingiz menga endi tushunarli bo'ldi, men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitganman: "Shamol Alloh rahmatidandir, u rahmat keltirishi ham, azob kelgirishi ham mumkin. Aslo shamolni so'kmangiz".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 06:39:02

407-bob. "Yomg'ir falon sababli yog'adi", deyish haqida

932.  Zayd ibn Xolid Juhaniy aytdilar:  "Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiyada bomdod namozini kechasi yoqqan yomg'irdan so'ng bizga imom bo'lib o'qidilar. Namozdan keyin Rasululloh (s.a.v.) odamlarning oldiga kelib: "Bilasizlarmi, Rabbingiz nima dedi?" - deb so'radilar. Ular: "Alloh va Rasuli bilguvchiroqdir", deb javob berishdi. Ul zot: "Alloh taolo: "Bandalarimdan ba'zisi mo'min bo'lib, 5sha ba'zilari kofir bo'lib tong otgaradi, kimki "Yomg'ir Allohning fazlu marhamagi sababli yog'adi", desa, U Menga inonib yulduzlarga kofir bo'lgan bo'ladi. Yana kimdir: "Yomg'ir mana shu-shu sabablarga ko'ra yog'adi", desa u Menga kofir bo'lib, yudduzlarga iymon keltirgan bo'ladi", deya marhamat qildi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 06:39:37

408-bob. Bulutni ko'rgan kishi nima deyishi haqida

933.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (osmonda) bulugai ko'rsalar, hovlidan uyga, uydan hovliga kirib chiqaverardilar va yuzlari o'zgarardi. Yomg'ir yog'gandan keyingina o'zlariga kelardilar". Oyisha (r.a.) bu holatlarini o'zlariga aytganlarida, ul zot (s.a.v.): "Qaerdan bilaman, balki Alloh azza va jalla aytgani-dek bo'lar: "Bas, qachonki, ular o'sha (azob)ni o'z vodiylariga qarab kelayotgan bir (qora) bulut holida ko'rishgach: "Bu bizlarga yomg'ir keltiruvchi bulutdir", dedilar. Yo'q, u o'zlaringiz uchun qistagan narsa bo'rondirki, unda (sizlarga atalgan) alamli azob bordir" (46:24).

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 06:42:02

409-bob. Shumlanish haqida

934.   Ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shumlanish shirkdir. Holbuki, ba'zi narsalardan shumlanish tuyg'usini ozgina bo'lsa ham qalbidan kechirmagan kishi yo'q. Alloh bu tuyg'uni tavakkul bilan bartaraf qildi", deb marhamat qildilar.

Ya'ni shumlanishning o'rniga tavakkul qilishga buyurdi .

Qayd etilgan