Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608771 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 116 B


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:33:37

91. Abu Hurayra (r,a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kuni nabiralari imom Husaynni o’pdilar, shu vaqtda huzurlarida Aqra' ibn Hobis (r.a.) o’tirgan edilar. U kishi: "Mening o’nta bolam bor, ulardan bittasini ham o’pgan emasman", dedilar. Janob Rasululloh(s.a.v.) unga qaradilar-da: "Marhamatlik bo’lmagan kishiga Alloh taolo ham marhamat nazari bilan qaramaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:33:59

51-bob. Farzandlarga odob o’rgatish haqida

Odob barcha yaxshi va ezgu xislatlarni o’z ichiga oladi. "Adab" - chaqirmoq ma'nosida bo’lib, kishilarni yaxshilikka da'vat qilgani, yomonlikdan qaytargani uchun shu xislat "odob", deb atalgan .

92.   Valid ibn Numayir (r.a.) aytishlaricha, o’tmish kishilar bolalarning solih-qobil bo’lishlari Alloh taoloning tavfiqi bilan bo’ladi, ammo ularga odob-axloq o’rgatish otalari vazifasidir, der ekanlar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:37:02

93.   Bashir ibn Sa'd (r.a.) o’z o’g’lilari Nu'mon ibn Bashirni ko’tarib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilarda: "Yo Rasulalloh! Men shu o’glim Nu'monga falon-falon narsalarni berdim, siz shunga guvoh bo’ling", dedilar. Rasululloh (s.a.v,): "hamma bolalaringga ham shunday narsalarni berdingmi?" — deb so’radilar. Bashir: "Yo’q, faqat Nu'monning o’zigagina berdim", degan edilar, Rasulullo? (s.a.v.): "Shunday qilgan bo’lsang men bunga guvoh bo’la olmayman, boshqa odamlarni guvoh qil!" - dedilar. Keyin:
"Farzandlaringning hammasi senga bir xilda yaxshilik qilishlarini xohlaysanmi?" - dedilar. U kishi:  "Albatta, shunday bo’lishlarini xohlayman", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Unday bo’lsa,  Nu'monning o’zigagina berib, boshqalarini mahrum qilishing durust emas", dedilar.
Imom Buxoriy Rasululloh (s.a,v.)nish1 "Men bunga guvoh bo’lmayman", degan so’zlaridan, boshqalar guvoh bo’lgan taqdirda, bolalaringdan bittasi - o’sha Nu'monga hamma narsangi berib, boshqalariga bermasang ham bo’laveradi. degan ma'no tushunilmasin, dedilar.

Bu o’rinda guvoh bo’lmayman, deyishdan murod adolatsiz taqsimotga guvoh bo’lish insofdan tashqari, insofdan tashqari ishlar paygambarlik xislatlariga yotdir, degan ma'nodir. "Boshqalarni guvoh qil", deyishdan murod - agar  juda ham shu ishni qilmoqqa qasd qilgan bo’lsang, u holda adolatsizlikka tarafdor insofsiz odamlarni topa qol, deganidir.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:37:14

52-bob. Ota farzandlariga yaxshilik qilishi haqida

94. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Alloh taolo qur'oni karimda yaxshi bandalarni abror, deb maqtadi, chunki  ular otalariga yaxshilik qilganlaridek, bolalariga ham yaxshilik qilgan edilar. Sening bo’yningda otangning haqi bo’lganidek, bolangning ham haqi bor", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:37:34

53-bob. Marhamatsiz kishiga marhamat qilinmaydi

95. Abu Said (r.a.) rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): "Marhamat ?ilmagan kishiga marhamat qilinmaydi", dedilar.

96-97-hadislarda 91-hadis mazmuni takrorlangan, faqat ular Jobir ibn Abu Usmon (r.a.)dan rivoyat qilingan. 90-hadis mazmuni esa, 98-hadisda aynan takror kelgan, u Hz. Oyisha (r.a)dan rivoyat qilingani. 99-hadis mazmuni ham 90-hadis kabi, ammo uni Abu Usmon Najdiy Hz. Umar (r.a.)dan rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:38:07

54-bob. "Rahmat yuz bo’lakdir"

 100. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat kdgshndi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh taolo marhamatni yuz  bo’lak qilib yaratdi-da, undan to’qson to’qqiz bo’lagini o’zida qoldirib, bir bo’laginigina yer yuziga tushirdi. Mana shu bir bo’lak ra?mat bilan hamma maxluqotlar bir-biriga rahm qilishadi, hatto ot ham o’z toychogiga tegib ketmasin deb ayab, oyoqlarini yuqoriga ko’tarib turadi", degan so’zlarini eshitdim".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:38:27

55-bob. Qo’shnichilikning ahamiyati haqida

101. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Jabroil qo’shni haqiga rioya qilish to’grisida menga shu qadar ko’p vasiyat (toshpiriq) qildilarki, men uni hatto molimga ham merosxo’r qilib qo’ysalar kerak, deb o’yladim", - dedilar".

Qushni haqi - quldan kelgancha unga yaxshilik ?ilish, masalan, hadyalar berish, kurganda ochiq yuzlik bilan muomala qilish, ahvolidan xabar olib turish, iloji boricha moddiy yordam berishdan, agar modsiy yordam  qulidan kelmaganda, unga ozor beradigan ishlarni qilmaslikdan iborat. Rasululloh (s.a.v.) bergan ta'limotga ko’ra, qo’shnichilikda din va millat tanlanmaydi, barcha tengdir .

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:38:34

102. Abu Shurayx Hizoiy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Har kim Alloh taologa va qiyomat kuniga ishonsa, qushnisiga yaxshilik qilsin, mehmonini hurmat qilsin va shirin so’zli bo’lsin. Agar aytadigan  yaxshi so’zi bo’lmasa, unda gapirishdan tilini saqlasin" dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:38:57

56-bob. Qo’shni haqi tugrisida

103.  Miqdom ibn Asvad (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan: "Zino nima?" - deb
so’radilar. Ular: "Zino qilish harom, uni Alloh taolo va uning Rasuli harom deb ataganlar, deyishdi. Rasu-lullo? (s.a.v.): "Kishi o’nta xotinni zino qilgani qo’shnisining xotinini zino qilgani gunohidan  engilroqdir", dedilar. Yana Rasululloh (s.a.v.): "O’grilik to’grisida nima deysizlar?" - dedilar. Ular: "O’grilik - harom, uni Alloh taolo va uning Rasuli harom deb ataganlar", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): "Unta xonadondan o’grilik qilishi bitga qo’shni uyidan o’grilik qilishdan yengilroqdir", dedilar".


57-bobdagi 104-hadis mazmuni 101-hadisda bor, ammo bundagi hadis Hz. Umar (r.a.)dan rivoyat qilingan, 105-hadis ham takror, faqat bunda Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning qo’y so’yganda yahudiy qo’shniga ham go’shtdan ulush berdingmi, deb ayolidan ikki bor so’raganligi ta'kidlangan. 106-hadis 101-hadisning aynan takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:39:19

58-bob. Qaysi qo’shni yaqinroq bo’lsa...

107. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yo Rasululloh! Mening ikkita qo’shnim bor , hadyani shulardan qaysi biriga berishim kerak?" - deb so’raganimda, "qaysi bittasining eshigi senga yaqinroq bo’lsa, o’shanga berasan", dedilar".

108-hadis 107-hadisdagi aynan takrori.

Qayd etilgan