Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610094 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 116 B


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:15:13

947.  Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki aksirsa, "Alhamdulillah" desin. Shunday desa, unga birodari yoki do'sti "yarhamu-kalloh" desin. Unga do'sti "yarhamukalloh" desa, u "yahdi-kumullohu va yuslihi balakum", deb javob qaytarsin".

"Yarhamukalloh" - Alloh senga marhamat qilsin. "Yahdikumul-lohu va yuslihi balakum" - Alloh seni hidoyatga yo'llasin va barcha ishlaringni isloh qilsin.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:15:31

417-bob. Musulmonning vojiblari haqida

948.  Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Musulmon kishi-ning birodari zimmasida olti xil vojib bor, Agar shulardan birortasini tark qilsa, zimmasidagi haqni bermagan bo'ladi: uni uchratib qolsa, salom bermoq; chaqirsa qabul qilib bormoq; aksa ursa, sog'lik tila-moq; kasal bo'lsa, borib ko'rmoq; vafot eda, janoza-siga bormoq; maslahat so'rasa, (to'g'ri) maslahat bermoq".

949-hadisda yuqorida mazmun qisman takrorlangan bo'lib, hadisni ri-voyat qilgan Abdulloh Mas'ud (r.a.) musulmon kishining zimmasidagi vo-jibni oltita emas, to'rtta, deb ko'rsatgan.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:15:44

950. Baro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: "Alloh Rasuli (s.a.v.) bizga yetti narsani buyurib, yetti narsadan qaytardilar. Buyurganlari ushbudir:1) Xastani ziyorat qilmoq; 2) Janozada ishtirok etmoq; 3) Aksirganga rahmat tilamak; 4) Qasam ichgan kishining qasamiga rioya qilmog'i; 5) Mazlumga yordam bermak; 6) Salomni yoymoq; 7) Chaqirgan joyga bormoq.Quyidagi ishlardan qaytardilar:1) Oltin uzuklar taqmoq; 2) Kumush idishlar tut-moq; 3) Ulov ustiga ipak matodan yopinchoqlar yop-moq; 4) Ipak matodan libos kiymoq; 5) Gul solin-gan qalin ipak gazlama ishlatmoq; 6) Gul solingan nafis gazlama ishlatmoq; 7) Har turli ipak kiyim kiymoq.

Abu Hurayradan rivoyat qilingan 951-hadis 948-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:15:59

418-bob. Aksa urib: "Alhamdulillah" deganni eshitgan kishi haqida

952. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Kimki aksa urgan kishining "Alhamdulidlah" deganini eshitib, "Alhamdulillahi Rabbil 'alamin 'ala kulli halin" desa, hech qachon tish og'rig'i va quloq og'rig'ini ko'rmaydi".

Ya'ni Alloh taologa har qanday holatda ham shukr aytaman.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:16:28

419-beb. Aksirganni eshitgan odam nima deydi

953-954-hadislar 945 va 947-hadislarning aynan takrori.

955. Abu Jumra (r.al.) aytdilar: "Men Ibn Abbos (r.a.)ning aksirganga: "'afanallohu va iyyakum mina-n-nari, yarhamkumulloh" deganlarini eshitganman".

Ya'ni "Alloh bizni va sizni do'zax olovidan asrasin, Alloh sizni o'z rahmatiga olsin".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:16:37

956. Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o'tirgandik. Bir kishi aksa urib "Alhamdulillah" degandi, Rasululloh (s.a.v.) unga: "Yarhamukalloh", dedilar. Boshqa bir odam aksa urdi, unga indamadilar. U: "Ey, Rasulalloh! Boyagi kishiga aytganingizni nega menga aytmadingiz?" - dedi. Ul zot: "U odam aksirib, Allohga hamd aytdi, sen esa aytmading", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:16:51

420-bob. Aksirgan "Alhamdulillah"demasa, duo aytilmasligi haqida

957-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

958.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Payg'ambar (s.a.v.) huzurlarida ikki kishi o'tirgan bo'lib, ularning biri ikkinchisidan obro'liroq edi. O'sha obro'lisi aksa urdi, hamd aytmadi, Ul zot ham unga sog'liq tilamadilar. Na-rigi odam aksa urib "Alhamdulillah" degandi, Rasululloh (s.a.v.) unga salomatlik tiladilar. Obro'lisi: "Men oldingizda aksa urdim, sog'lik tilamadingiz, boshqa odam aksa urganda tiladingiz", dedi. Ul zot: "U odam Allohni esladi, men ham uni esladim, sen esa Allohni unutding, men ham seni unutdim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:17:18

421-bob. Aksa uruvchining holati haqida

959. Nofi' (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) aksa urganlarida "yarhamukalloh" deyilsa, "yarhamu-na va iyyakum, yag'firu lana va lakum", der edilar".

Ya'ni Alloh bizni ham, sizni ham rahmat qilsin, bizni ham, yeizni ham kechirsin (t.).

960-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:17:44

961.  Iyos ibn Salama (r.al.) otalaridan rivoyat qiladilar: Bir kishi Payg'ambar (s.a.v.) huzur-larqda aksa urdi, Ul zot "yarhamukalloh", dedilar. So'ng yana aksa urgandi, Paygambar (s.a.v.) "Bu shamollab qolibdi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:17:54

422-bob. "Alhamdulillah" deganga rahmat tilamak haqida

962.  Makhul Azdiy (r.al.) aytdilar: Men Ibn Umar (r.a.)ning yonlarida edim. Masjid tomondan bir kishi aksa urdi. Shunda Ibn Umar: "Agar "Alhamdulillah" degan bo'lsang, Alloh senga rahmat qilsin", dedilar.

Qayd etilgan