Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610101 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 ... 116 B


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:18:12

423-bob. "Ob" demaslik haqida

963.  Mujohid (r.al) aytdilar: Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning o'g'li aksa urib, "06", dedi. Ibn Umar: "Ob nima? - deb so'radilar va o'zlari aytdilar: - Shaytonlardan birining ismi bo'lib, aksa va hamdning orasida turadi".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:18:28

424-bob. Bir necha marta aksa urgach...

964-hadis 961-hadisning aynan takroridir.

965. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir musulmon yoningda bir, ikki va uch karra aksa ursa, rahmat tilagan, uchtadan ko'paysa, bu aksirish shamollash belgisidir".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:18:38

425-bob. Agar yahudiy aksa ursa...

966. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Yahudiylar Rasululloh (s.a.v.)ning "yarhamukalloh" deyishlariga umid qilib, oddilarida aksa urishardi. Ul zot (s.a.v.): "yahdikumullohu va yuslihu balakum", der edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:18:50

426-bob. Erkak kishi aksa urgan ayolga salomatlik tilashi haqida

967. Abu Burda aytdilar: "Abu Muso (r.a.)ning oldi-lariga kirdim. U kishi qizlari Ummu Fazlning uylarida edilar. Men aksa urgandim, Abu Muso menga sog'lik tilamadilar. Ummu Fazl aksa urgandilar, ularga salomatlik tiladilar. Bu haqda onamga gapirib berdim. Abu Muso onamning yonlariga kelganida onam: "O'g'lim aksa urganida sog'lik tilamabsiz, Ummu Fazl aksa ur-gavda esa, unga sog'lik tilabsiz", dedilar. Shunda Abu Muso: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning: "Sizlardan biror-tangiz aksa urib, hamd ayda, unga salomatlik tilang, agar Allohga hamd aytmasa, salomatlik tilamang", de-ganlarini eshitgandim. O'g'lim aksa urib, hamd aytmadi, men ham unga sog'lik tilamadim. U ayol aksa urib, hamd aytgandi, men ham unga salomatlik tiladim", dedilar. Onam: "Barakalla, yaxshi qilibsiz", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:18:59

427-bob. Esnash haqida

969. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringizga esnoq kelsa, iloji boricha esnog'ini bosishga harakat qilsin", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:19:27

428-bob. "Labbay" deb javob bergan kishi haqida

970.  Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Men Rasulul-loh (s.a.v.)ning ortlaridan kelayotgandim. Rasululloh (s,a,v,): "Ey, Muoz", dedilar. "Labbayka va sa'adayka", (Buyuring, amringizga muntazirman) deb javob berdim. So'ngra*yana xudtsi shunday deb uch marta aytdilar, keyin: "Allohning bandalari ustidagi haqini bilasanmi? Bandalarning Unga hech nar-sani sherik qilmay ibodat qilishlaridir". So'ng biror soat yo'l yurilgach, "Ey, Muoz", deb chaqirdilar. Men "Labbayka va sa'adayk", dedim. Ul zot: "Agar bandalar buni bajargan taqdirda Alloh ustidagi haqlari nimaliginy bilasanmi? Alloh ularni azoblamasligidir".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:19:42

429-bob. Birodari uchun o'rnidan turgan kishi haqida

971. Abdulloh ibn Ka'b (u kishi otalari Ka'b ibn Molik (r.a.) ko'r bo'lib qolganda yetaklab yurgan edilar) aytdilar: "Men (otam) Ka'b bin Molikdan Tabuk g'azotiga Rasululloh (s.a.v.) bilan birga qatnasha olmaganliklarini, so'ng ul zot (s.a.v.) Ka'bning kechirilishini Allohdan so'raganliklarini eshitdim: "Rasululloh (s,a.v.) Alloh bizni kechirganligi haqida bomdod namozi vaqtida xabar berdilar. Shundan keyin odamlar to'p-to'p bo'lib kelib, meni tavba(m qabul bo'lgani) bilan qutlashar: "Allohning tavbasi senga muborak bo'lsin!"  deyishardi. Bu to masjidga kirgunimcha davom etdi. U yerda odamlar orasida Rasululloh (s.a.v.) bor edilar. Shu payt Talha ibn Ubaydulloh (r.a.) o'rnidan turdi va tez yurib kelib meni tabrikladi. Xudo haqi, muhojirlardan undan boshqa hech kim mening istiqbolimga turmadi. Men Talhaning bu ishini aslo unutmayman".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:19:51

972. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Qurayza qabilasining odamlari Sa'd ibn Muozning hakam lik qilishiga rozi bo'ldilar. Unga odam jo'natildi, eshakka minib keldi. U masjidga yaqinlashtanda Rasululloh (s.a.v.): "Turing, eng yaxshingiz yoki sayyidingizni kutib oling", dedilar. So'ng: "Ey, Sa'd, bular sening hakamligangga rozi bo'lishdi", dedilar. Shunda Sa'd: "Men bularning qurol tutib, urushganlari uchun ularni qatl etishga va bolalarini asir qilishga hukm qilaman", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Sen Allohning hukmi bilan hukm qilding" yoki "Sen malaklar olami-dagi hukm bilan hukm qilding", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:19:57

973.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Hech kim sahobiylar uchun Rasululloh (s.a.v.)chalik sevimli bo'lmagani holda, ul zot (s.a.v.)ni ko'rganlarida o'zlari yoqgirmas-liklarini aytganlari uchun o'rinlaridan turishmas edi".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:20:10

974. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men gapirishda, suhbatlashishda va Fotima bilan muloqotda Rasululloh (s.a.-v.)ga o'xshash hech kimni ko'rmaganman. Payg'ambar (s.a.v.) Fotima kelganini ko'rsalar unga peshvoz chiqib, salomlashib, uni o'pardilar, keyin qo'lidan ushlab joylariga o'tqazardilar. Fotima ham agar Rasululloh (s.a.v.) unikiga borsalar salom berib, ul zotga peshvoz chiqardi va o'pib qo'yardi. Payg'ambar (s.a.v.) vafotlaridan oldin xastalanganlarida oddilariga Fotima kirdi, salom be-rib, ul zotni o'pib qo'ydi. Ul zot uning qulog'iga nimadir deb aytdilar, u yig'ladi, yana nimadir degandilar, bu safar kuldi. Men ayollarga: "Hech qachon bugungidek xursandchilikni mahzunlikka yaqin holda ko'rmaganman. Fotima barcha ayollardan ko'ra ham fazilatliroqdir", dedim. Fotimaning avval yig'lab, keyin kulgani sababini bi-lish uchun: "Ul zot sizga nima dedilar?" - deb so'raganjmda: "(Agar aytsam) sirni ochuvchilardan bo'lib qola-man-ku?" - dedi. Payg'ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin Fotima dedi: "Rasululloh (s.a.v.) o'limlari oldidan qulog'imga pichirlab, (tez orada) vafot etashlarini ay-tganlarida yig'ladim. So'ng yana qulog'imga shivirlab oila a'zolarimizdan birinchi bo'lib menga sen yetishasan, deganlarida xursatsts bo'lib kuldim".

Qayd etilgan