981. Qays ibn Osim Sa'diy (r.a) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)ning odtsilariga keldim. Ul zot (meni): "Bu odam chodirda yashovchi (ya'ni badaviy)larning sayyididir", dedilar. "Ey, Rasulalloh, mening zimmamda soilning ham, mehmonning ham haqi bo'lmagan mol qay-si?" - deb so'radim. Ul zot: "Eng yaxshi mol qirqga bo'la-di, ko'pi oltmishta, yuzta mol egasining holiga voy, faqatgana (molining) yaxshisini bergan, ortiqchasini ehson qilgan , semizini so'ygan, o'zi ham uni yeb, soilu muhtojlarga ham berganlargina butsdan mustasno", dedilar. "Ey, Rasulalloh, bu qanday ham oliyjanob xulq ekan-a, biror bir vodiy yo'qki, unda mening mollarim ko'p bo'lmasa", dedim. Ul zot: "Ulardan (sadaqa, ehson) berishda qanday yo'l tutasan?" - deb so'radilar. "Bir erkak tuya va ,bitga ikki yoshli tuya beraman", dedim. Ul zot: "Hadya berishda qanday qilasan?" - deb so'radilar. "Yiliga yuzta (tuya) beraman", dedim. Ul zot: "Voyaga yetgan urg'ochi tuyalarni qanday qilasan?" - dedilar. "Biror kishi tuya(lar)dan (birini) jilovlasa, (birov) unga mone'lik qilmaydi, u ko'ringan tuyani upshaydi", de-dim". Rasululloh (s.a.v.): "Senga moling afzalmi yoki mavoliy (voris)laringning mollarimi?" - deb so'ra-dilar. "Molim", dedim. Ul zot: "Molingdan yeganing - yo'q qilganing, (yo'qotganing) yoki berganing - sarf qilganing qoladi, qolgani esa vorislaringaikidir",dedilar. "Darhaqiqat, qaytib (uyimga) borsam, albatga mollarim sonini kamaytiraman, dedim". (Ya'ni mollaridan sadaqa qilib yuborishga ahd qildi).
Qays o'limi yaqinlashganini sezgach, farzandlarini to'pladi. Ularga: "Ey, farzandlarim, nasihatimni olin glar. Zero, mendan yaxshi nasihatchini topol-maysiz. O'lganimda aytib yig'lamang, Rasululloh (s.a.v.)ga ham aytib yig'lanmagan. Payg'ambar (s.a.v.)ning aytib yig'lashdan qaytarganlarini eshittanman. Meni namoz o'qiydigan kiyimimga kafanlanglar. Katgangazni boshliq qilib saylang, zero kattangazni boshliq qilsangaz, otangiz o'rnida ishini davom etgaradi. Bordi-yu, kichkinangazni boshliq qilib qo'ysangiz, katgalaringiz odamlarga befarq bo'lib qoladi va sizdan yuz o'giradi. Turmushingizni yaxshilang, zero bu ishda odamlarga muhtojlikdan behojatlik bor. Tilanchiliqdan saqlaning, zero u yigit kishi uchun eng oxirgi choradir. Meni dafn qilganingizda, qabrimni tekislab qo'ying. Chunki Bakr ibn Voil mahallasi bilan oramizda adovat bor. Men (uning) ahmoqpigidan omonda emasman. Bir ahmoqning bir ish qilib, diningazda nuqson paydo qilishidan xavotarda-man", dedi.