444-bobdagi 1000-hadis 429-bobdagi 974-hadisning aynan takrori.
445-bob. Qo'l o'pish haqida
1001. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "G'azotda edik, odam-lar qocha boshladilar. Biz Rasululloh (s.a.v.)ga: "Qanday odam bo'ldik, (urushdan) qochgan bo'lsak?" - dedik. O'shanda: "Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror bo'linmaga qo'shilishga borganlar bundan mustasno - Allohning g'aza-bi bilan (birga) qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur", degan oyati tushdi. (8:16) Biz: "Madinaga bor-maymiz, (toki) bizni hech kim ko'rmasin", dedik. Yana dedik: "Boraversak-chi?" Borganimizda Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozidan chiqib turgan ekanlar., biz ul zotga: "Biz qochoqlarmiz", dedik. Ul zot: "(Io'q), sizlar urushda vaziyatni o'zgartirish uchun chekinib turdingiz xolos", dedilar. Biz ul zotning qo'llarini o'pdik. Ul zot: "Men ham sizlardanman", dedilar".