Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610162 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 ... 116 B


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:43:21

450-bob. Salomni birinchi bo'lib boshlash haqida

1011.  Bashir ibn Yasor (r.a.) aytdilar: "Hech kim Ibn Umar (r.a.)dan avval salom bera olmas edi".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:43:44

1012.  Jobir (r.a.) aytdilar: "Otliq piyodaga, piyo-da esa, o'tirganga salom beradi. Piyoda yurganlarning ichida afzali esa, birinchi bo'lib salom berganidir".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:44:00

1013.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)shshg ashoblaridan biri, Muzayn o'g'illaridan bo'lgan Ag'ar (r.a.) Amr ibn Avfo o'g'illaridan bir miqtsor xurmo olmoqchi edi. Shu sababli uning uyiga shoshilib bordi. Ag'ar: "Men Rasululloh (s.a.v.) huzur-lariga bordim.Abu Bakr (r.a.) ham men bilan birga edi. Yo'lda borar ekanmiz, yo'limizda uchragan barcha odam-lar bizga salom berardilar. Abu Bakr (r.a.): "Ko'rding-mi, odamlar sendan oddin salom bermoqdalar, ularga javob qanday bo'lishi kerak - deb so'radilar va o'zlari javob berdilar. - Salom berganga alik olmoq farzdir".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:44:09

1014.  Abu Ayub Ansoriydan rivoyat qilindi: "Ra-sululloh dedilar: "Musulmon kishi birodari bilan ko'rishganda bir-biridan teskari qarab ketishi va 3 kundan ortiq arazlashib yurishi halol emas. Ularning yaxshirog'i birinchi salomni boshlaganidir".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:30:56

451-bob. Salomning fazilati haqida

1015.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir yig'inda o'tirganlarida bir kishi kelib: "Assalomu alaykum", dedi. Rasululloh: "O'nta hasanot", dedilar. Yana bir kishi keldi-da:i "Assalomu alaykum va rahmatulloh", dedi. Ul zot: "Yigirmata hasanot", deb qo'ydilar. So'ng yana bir kishi kelib: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu", dedi. Ul zot: "O'ttizta hasanot", dedilar. Shunda bir kishi yig'in-dan turib ketayotib salom bermadi. Rasululloh (s.a.v.): "Do'stingiz salomni unutayozdi, agar birortangiz odam-lar to'plangan joyga kelsangiz salom bering, joy ko'rsatilsa o'tiring, turib ketishda (yana) salom be-ring. Birinchi (salom) ikkinchisidan (savob va fazi-latga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:33:03

1016. Hz. Umar (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr (r.a-.)ning orqasidan ketayotgan edim. Bir qavmning oddidan o'tayotganda Abu Bakr: "Assalomu alaykum", dedi, ular: "Assalomu alaykum va rahmatulloqi va barokotuh", dedilar. Shunda Abu Bakr: "Bugun odamlar ko'pgana ziyodalik bilan bizdan ustundirlar", dedi".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:34:40

1017-hadis ham hz.Umar (r.a.)dan rivoyat qshshngan bo'lib, yuqoridagi hadisning aynan takroridir.

1018.  Oyisha (r.a.) onamizdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yahudiylar sizlarning salomingiz va ominingizga hasad qilganchalik bir ishda hasad qilmaganlar", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:35:09

452-bob. "As-Salom" Allohning ismlaridan biri ekanligi haqida

1019.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "As-Salom Alloh azza va jallaning ismlari-dan biridir. Alloh uni yer yuziga qo'ydi, bas, salomni o'rtangizda yoyingiz", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:35:40

1020. Ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.-v.)ning orqalarida namoz o'qiyotgandik, kimdir "Allohga salom bo'lsin", dedi. Namozdan so'ig Rasuli ak-ram (s.a.v.): "Allohga salom bo'lsin", deb  kimaytdi? Alloh Salomdir. Lekin sizlar "Attahiyyatu lillahi va-s-salovotu va-t-toyyibatu va-s-salamu 'alayka ayyuha-n-nabiy va rahmatullohi va barakatuh, Assalamu alayna va alo ibodillahi-s-solihin. Ashhadu an la ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan 'ab-duhu va rasuluh", deb ayting", dedilar". Ibn Mas'ud (r.a.): "Buni ular xuddi siz Qur'ondan bir sura o'rgan-ganingizdek o'rganar edilar", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:35:56

1021. Abu Hurayradan rivoyat qshshngan bo'lib. u 417-bobdagi 948 va Abdulloh ibn Mas'uddan rivoyat qilingan

949-hadisning takroridir.

Qayd etilgan