Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610250 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 ... 116 B


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:37:25

454-bob. Yurib ketayotgan o'tirganga salom berishi haqida

1022. Abdurrahmon ibn Shibl (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) dedilar: "Ulovdagi odam oyoqda (piyoda) ketayotganga, piyoda esa o'tirgan-ga, ozchilik ko'pchilikka salom bersin. Salomiga alik olinsa olindi, alik olinmasa ham unga hech bir (zarari) yo'q".

Abu Hurayradan rivoyat tsilingan 1023-hadis 1022-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:37:45

1024. Jobir (r.a.) aytdilar: "Agar piyoda ketayotganlar uchrashib qolishsa, ulardan birinchi bo'lib salom bergani afzaldir".

455-bobdagi 1025-hadis Abu Hurayra (r.a.)dan. 1026-hadis Fazala (r.a.)-dan rivoyat qshshngan bo'lyb, 1022-hadis mazmunining takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:38:22

456-bob. Piyoda otliqqa salom beradimi

1027. Husayn aytdilar: "Sha'biy otliq kishini uchratib qolib, birinchi bo'lib salom berdilar. Men: "Salomni nega siz boshladingiz?" - dedim. U kishi: "Men Shurayhning piyoda ketayotib birinchi bo'lib salom berganini ko'rganman", dedilar.

Yuqorilagi hadislarda otliq piyoda kishiga salom berishi vo-jibligi haqida gapirilgan edi, bu hadisda esa, Sha'biyning otliqqa salom berishi aytilib, salomni kim boshlashi muhim emas, balki, salomning o'zi muhimligi ta'kidlanmokda.

457-bobdagi 1028-1029-hadislar Fazala ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib. 1022-hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:38:52

458-bob. Kichiklarning kattalarga salom berishi haqida

1030-hadis 1022-hadisning takroridir.

1031. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kichiklar kattalarga, piyoda o'tirganga va kamchilik ko'pchilikka salom beradi", deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:39:13

459-bob. Salomning oxiri haqida

Ya'ni salomni qanday so'z bilan tugallanishi haqida. Muhammad ibn Ato (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos (r.a.) huzurlarida o'tirgandim. Bir yamanlik kishi kelib: "Assalomu alaykum va rah-matullohi va barokatuhu", dedi va yana bir narsalarni qo'shib qo'ydi. Shunda Ibn Abbos (r.a.): "Salom - barakot tilash ("va baroka-tuhu" so'zi) bilan tutallanadi", dedilar.

1032.  Ibn Zannod aytdilar: "Xorija (Ibn Zayd ibn Sobit) (r.a.) Zayd ibn Aslamning maktubigi shunday deb (javob) yozgan edi: "Assalomu alayka, ey, mo'min-lar amiri, va rahmatullohi va barakatuh va mag'firo-tuhu va toyyibi salaYootuhu".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:39:31

460-bob. Ishora bilan salom berish haqida

1033-hadis. Abu Qurra Xurosoniy aytdilar: "Men Anas (r.a.)ni bizning oldimizga kelayotganlarini ko'rdim, bizga qo'llari bilan ishora qilib salom berdilar, Hasanni ko'rdim, sariqqa belanib olgan, boshida qora salla bor edi". Asmo' (r.a.): "Payg'ambar(s.a.v.) ayollarga qo'llariny silkib salom berardi-lar", deb xabar berdilar .

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:39:58

1034. Muso ibn Sa'dning otasi Sa'ddan rivoyat qilindi: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) va Qosim ibn Muhammad (r.a.)lar yo'lga chiqdilar. Ikkisi loydan qurilgan bir kulbaga joylashdilar. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tib qolib, ularga qo'li bilan ishora qilib salom berdi va alik oddi".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:40:28

1035-hadis. Ato ibn Abu Raboh (r.al.) aytdilar: "Sahobiylar qo'l bilan salomlashishni yoqtirmas edilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:43:42

461-bob. Salomni eshittirib aytish haqida

1036.   Sobit ibn Ubayd aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) o'tirgan yig'inga bordim. Ibn Umar (r.a.): "Salom bersangiz eshittirib bering, zero u Alloh huzuridagi go'zal, muborak tahiyyotdir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:44:36

462-bob. Salom berish va alik olish uchun chiqqan odam haqida

1037.  Tufayl ibn Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilin-di: u Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan ertalab bozorga birga borishar edi. Tufayl aytdi: "Abdulloh ibn Umar(r.a.) sotuvchimi, xaridormi, miskinmi yo boshqami, kimning oldidan o'tmasin, unga salom berardi. Bir kuni Abdulloh
(r.a.)ning oldiga borgandim, u men-dan birga bozorga borishni so'radi. "Bozorda nima qilasan? Savdo-sotiqning ustida turmasang, narx surishtirmasang yoki bozorga mol chiqarmasang, bozorda o'tirmasang. Undan ko'ra o'tir shu yerda, suhbatlashamiz", dedim. Shunda Abdulloh (r.a.): "Ey, qorindor! Biz faqat uchragan kishiga salom berish uchun boramiz", dedi.

1 Imom Nasoiy (r.al) Jobir ibn Abdulloh (r.a)dan rivoyat qilgan bir hadisda aytiladi: "Yahudiylarning salomlariga alik olmangiz, alik olsangiz ham boshingizni silkish va qo'l kaf-tingizni ko'tarish bilan alik oling". Albatta, agar ikki musulmon bir-biridan salomni eshitmaydigan darajada uzokda bo'lsa, salom lafzini aytib turib, ishora bilan salomlashsa bo'ladi. Lekin salom-alikka imkoniyati bo'la turib ishora bilan salom-lapshshdan qaytarilgan. Namozda bo'lish, oradagi masofaning uzoq-ligi kabi holatlar bundan mustasno. Shuningdek qulog'i og'irlar-ga ham ishora bilan salom beriladi.
Demak, Tufaylning qorni chiqqan ekan, vallohu a'lam.

Qayd etilgan