Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610152 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 ... 116 B


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:46:16

463-bob. Yig'inga kelganda salom berish haqida

1038. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz biror yig'inga kelsa, salom bersin, qaytar chog'i ham salom bersin, zero keyingisi avvalgisidan ko'ra (savobga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar.

1039-hadis 1038-hadisning, 464-bobdagi 1040-hadis 1038-hadisning aynan takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:48:15

465-bob. Turganda salom berish kishining haqidir

1041. Muoviya ibn Kurra aytdilar: "Otam menga: "Ey, o'g'lim, biror bir yig'inda bo'lganingda uning yaxshiligidan umid qilsang va hojatint tezda ravo bo'lishini istasang, "Assalomu alaykum" degin. (Bu bylan) sen o'sha yig'indagilar dardiga sherik bo'lasan. Qaysi bir qavm to'planib, Allohni eslamay tarqasa-lar, xuddiki o'limtik eshak atrofidan tarqalgan bo'la-dilar", degan edilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:49:24

1042.  Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Kim birodarini uchratib qolsa, unga salom bersin, ular o'rtasini (ketayotganlarida) daraxt yoki bir to'siq ajrada, uchrashganlaridan keyin ham salom bersin".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:49:45

1043. Anas ibn Molik ashdilar: "Rasuli akram (sav.)ning sahobiylari to'planishganida ular o'rtalarida bir daraxg chiqib qolsa, bir toifa daraxtning o'ng tomoni-dan, boshqasi chap tomonidan aylanib o'tishar, yana uch-rashganlarida bir-birlariga salom berishar edi".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:51:00

466-bob. Ko'rishish uchun qo'liga xushbo'y narsa surish haqida

1044.   Sobit Bunoniydan rivoyat qilindi: "Anas (r.a.) tongda turib birodarlari bilan ko'rishishlari uchun qo'llariga xushbo'y narsalar surar ekanlar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:51:48

467-bob. Tanish va notanishlarga salom berish haqida

1045. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kiish: "Ey, Allohning Rasuli, keysi Islom yaxshidir?" ~ dedi. Ul zot: "(Muhgojlarga) taom berishing, tanigan va tanimaganinga salom berishingdir", dedilar".

Qaysi Islom yaxshidir - Islomdagi qaysi amal yaxshi, demoqchi (t.).

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:53:08

468-bob. Yo'l odobi

1046. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ko'cha bo'yida va baland joyda (ya'ni ko'cha ko'rinib turadigan yerda) o'tirishdan qaytardi-lar. Shunda musulmonlar: "Biz bunga chiday olmaymiz, toqatimiz yetmaydi", dedilar. Ul zot: "Modomiki, chiday olmas ekansiz, unda ko'chaning haqini berib o'tiring", dedilar. Ular: "Ko'chaning haqi nima?" - deb so'rashdi. "Ko'zni yerga qaratish (ya'ni ko'zni nomahram-lardan tiyish), yo'lovchilarga (agar adashib qolgan bo'lsa) yo'l ko'rsatish, aksa urib "alhamdulillah" degan kishiga "yarhamukalloh" deyish va salomga alik olishdir", deb  javob berdilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:53:30

1047.  Abu Hurayra: "Salomga baxillik qijan kishi eng baxil kishidir. Unga alik olmagan kishi esa, kamsi-tilgan bo'ladi. Agar (yo'dda birga ketayotgan) birodaring bilan sening o'rtangda daraxt chiqib qolsa, undan oddin salomni sen boshlay olsang, shunday qilgin", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:54:14

1048. Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning mavlosi (ozod etgan quli) Solim aytdilar: "Ibn Amrga salom berilsa, ziyodasi bilan alik olib javob kzytarardilar. Men oldila-riga kelib : "Assalomu alaykum", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatulloh", deb javob berdilar. Ozginadan keyin yana kelib: "Assalomu alaykum va rahma-tulloh", dedim. U kishi: "Assalomu alaykum va rahmatul-lohi va barakotuh", dedilar. Yana oldilariga kelib: "Assa-lomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barako-tuhu va tiyba salovotuhu", deb javob berdilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:54:30

469-bob. Fosiqlarga salom bermaslik haqida

1049.  Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.): "May ichuvchilarga salom bermangiz", dedilar.

Qayd etilgan