Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608639 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 ... 116 B


Laylo  05 Oktyabr 2006, 15:55:08

1050.  Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Sen bilan fosiq o'rtasida hech qanday hurmat yo'qdir".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:00:04

1051.  Abu Zurayq Ali ibn Abdullohning1 shahmatni yomon ko'rganlari va shunday deganlarini rivoyat qildilar: "Shahmat o'ynayotganlarga salom bermangiz, chunki shahmat qimordir". Shaxmat aqlni charxlash sifatiga ega ekanligini e'tiborga olib, hech bir shartsiz o'ynash ba'zi sahobiylar va Imom Shofi'iy nazdida joizdir. Hanafiy, Molikiy va Hanbaliy mazhablariga ko'ra haromdir.

Garov tikib o'ynash esa, shubhasiz, haromdir.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:00:41

470-bob. G'iybatchi va gunohkorlarga salom bermagan kishi haqida

1052.  Hz. Alj (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir qavmning odtsidan o'tdilar. Oralarida badbo'y atr surgan bir odam bor edi. Rasululloh (s.a.v.) ularga salom berib, haligi kishidan yuzlarini o'gardilar. U odam: "Mendan nimaga yuz o'gardingiz?" - deb so'ragan edi, : "Sening ko'zlaring orasida otashdan bir parcha bor", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:01:18

1053.  Abdulloh ibn Amr (r.a.) otasi orqali bobosidan rivoyat qildi: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldila-riga bir kishi keldi, qo'liga oltin uzuk taqqandi. Rasululloh (s.a.v.) undan yuz o'girdilar, Ul zotning yoqtirmaganliklarini ko'rgan u kishi chiqib ketib, uzugani otib yubordi va o'rniga temir uzuk taqdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga keldi. Rasululloh (s.a.v.) shunda unga: "Bu ham yomon, bu jahannam ziy-natidir", dedilar. U odam qaytib ketib, uni ham otib yubordi va kumush uzuk taqdi. Rasululloh (s.a.v.) uning bu ishiga e'tiroz bildirmadilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:03:41

1054. Abu Said aytdilar (r.a.): "Bir odam Bahrayndan kelib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib salom berdi. Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga javob bermadilar. Chunki uning barmog'ida oltin uzuk va egnida ipakdan tikilgan bir guppi bor edi. U odam xafa bo'lib uyiga qaytdi va xotiniga bo'lgan voqeani aytdi. Xotini: "Rasululloh (s.a.v.) balki egningizdagi ipak guppi va barmo-g'ingizdagi oltin uzukni ko'rib salomingizga alik olmagandirlar. Bularni yechib tashlab boring-chi, shoyal salomingizga alik olsalar", dedi. Haligi odam xotinining aytganini qilib Rasululloh huzurlariga qaytib borib salom berdi, Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga alik oldilar. "Men bundan sal vaqt ilgari huzuringizga kelib salom ber-sam alik olmagan edingiz?" - dedi haligi odam. "Bundan sal vaqg ilgari kelganingda barmog'ingda otashdan bir parcha bor edi", deb javob berdilar Rasululloh (s.a.v.). "U holda men otash parchalarini keltirib-man-da", dedi u odam
Bahrayndan olib kelgan ma'danlariga ishora qilaroq. "Olib kelgan narsalaring hech kimsaning minnatsiz toshlaridir xolos. Va ular dunyo hayotining ashyolaridir (inson hayotida ularga muhtojdir, ishlarida, tijoratqda uning foydasi bor, ammo ziynat uchun ishlatilmas)", deb marhamat qildi-lar. "Qanday uzuk taqsam ma'qul?" - deb so'radi u odam. "Yo kumushdan va yoki tunchdan1 uzuk taqsang bo'ladi yoxud temirdan bir xalqa taq"2, dedilar Rasululloh (s.a.v.).

1  Tunch - bronza.
2   1053 va mazkur hadisdan ma'lum bo'ladiki, "temirdan uzuk taqmoq harom emas, makruhdir

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:03:55

471-bob. Amirga salom berish haqida

1055. Umar ibn Abdulaziz (r.a.) Abu Bakr ibn Sulaymonga dedi: "Abu Bakr (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.)-ning xalifasi Abu Bakrdan", deb maktub bitardi. Umar ibn Xattob (r.a.) esa: "Abu Bakr (r.a.)ning xalifasi Umar ibn Xattobdan", deb yozardi. "Amiru-l-mo'minin" iborasini birinchi bo'lib kim yoz(uvda qo'lla)gan?". Abu Bakr ibn Sulaymon shunday javob" berdi: "Menga Shifo buvim g'apirib bergandilar. (Buvim dastlabki muhojir ayollardan edilar, Umar bin Xattob (r.a.) har doim bozorga kirganlarida buvim-ning oldilariga ham kirib o'tar ekanlar). Buvim ayt-dilar: "Umar ibn Xattob (r.a.) iroqliklar hokimiga maktub yozib, ikkita pishiq, aslzoda odamni yuborish-ni, ulardan Iroq va uning xalqi haqida so'rab bilmoqchi ekanini aytdi. Iroq hokimi xalifaga Labid ibn Robi'a va Adiy ibn Xotamni yubordi. Ular Ma-dinaga keldilar. Tuyalarini masjid hovlisida cho'ktirishdi. So'ng masjidga kirib Amr ibn Os (r.a.)ni ko'rishdi. Unga uchrab: "Ey, Amr, mo'minlar amiri Umardan huzuriga kirishimiz uchun izn so'rab ber", deyishdi. Amr (r.a.) sakrab turib Umar (r.a.) huzurlariga kirdi va: "Assalomu alaykum, mo'minlar amiri!" dedi. Umar (r.a.) unga: "Ey, Ibn Os! Bu so'zni qaerdan odding? Haholda bu so'z besabab paydo bo'lmagandir?"  dedilar. Amr (r.a.): "Ha, Labid ibn Robi'a va Adiy bin Xotam kelib menga "Mo'minlar amiridan kirishimiz uchun izn olib ber", deyishdi. Xudo haqi, (xalifaga) juda to'g'ri ism topibsizlar, zero u  amir, biz mo'minlarmiz!" - dedim". Shundan keyin bu (unvon) ni yozish rasm bo'ldi".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:04:11

1056. Ubaydulloh ibn Abdulloh aytdilar: Muoviya (r.a.) xalifa bo'lgach, birinchi bor hajga keldi. Usmon ibn Xanif Ansoriy uning huzuriga kirib: "Allohning sizga salomi va rahmati bo'lsin, ey, amir!" - dedi. Shunda shomliklardan biri bundan jahli chiqib: "Amiru-l-mo'mininga salomni qisqartirgan bu munofiq kim?" - dedi. Usmon tiz cho'kib: "Ey, mo'minlar amiri, bu odamlar siz ulardan yaxshiroq biladigan ish xususida meni ayblamoqdalar. Allohga qasamki, men Abu Bakr, Umar va Usmon (r.a.)larga ham xuddi shunday salom berganman, ulardan birortalari menga tanbih bermaganlar", dedi. Muoviya o'sha gapni aytgan shom-likka qarab: "Tinchlaning, zero, gaplarining ba'zisi to'g'ri. Shomliklar bu yerga kelgunla-riga qadar yo amir shaklida xalifamizga salomni qisqartirib bermasinlar, degan edilar. Bilishimcha, siz Madina ahli zakot yig'uvchiga ham yo amir, deb xitob qilasiz", dedi.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:04:23

1057.  Jobir (r.a.) aytdilar: "Men Hajjoj huzuriga kirdim, (lekin) salom bermadim".

Hajjoj juda zolim kishi bo'lganligi uchun ham Jobir ibn Abdulloh (r.a.) salom bermagan bo'lsalar kerak. Vallohu a'lam

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:04:34

1058. Tamim ibn Hazlon aytdilar: "Men Kufa hokim-laridan kimga birinchi salom berilganini eslayman. Mug'iyra ibn Sho''ba Bobi rahbadan chiqtsi. Uning oddiga Kindalik bir kishi keddi, uni Abu Qurra Kivdiy bo'lsa kerak, deb o'ylashdi va Mug'iyraga salom berdi: "Assalo-mu alayka, ayyuhal amir, va rahmatulloh!" Mug'iyraga bu yoqmadi. U dedi: "Assalomu alaykum, ayyuhal amir, va rahmatulloh, assalomu alaykum. Axir men amirlardan birimanmi yoki yo'qmi?"
Roviy Simak aytdi: "Shundan keyin amirlik unvoni mahalliylashib ketdi".

Bobi rahba - salomxona.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:04:48

1059.  Ziyod ibn Ubayd aytdilar: "Biz Ruvayfi'ning huzuriga kirdik. U Antablus1 ning amiri edi. Shu payt bir kishi kelib: "Amirga salom bo'lsin", Ubdaning rivoyatida esa: "Sizga salom bo'lsin, ey amir!" - dedi. Ruvayfi' unga dedi: "Agar sen bizga salom berganingda edi, biz alik olardik, lekin sen Maslama ibn Muxallidga salom berding. (Maslama Misr amiri edi). Bor endi, u alik olsin!" - dedi.

Antablus - Misr Arab Respublikasi shimolidagi Iskandariya yaqinidagi shahar nomi (m.m.).

Qayd etilgan