62-bob. Sho’rboning suvini ko’paytirib, qo’shnilarga ham ulashish haqida
113. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rabibim va do’stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani buyurdilar: birinchi - Hatto agar burni va qo’l-oyoqlari kesilgan qul senga boshliq bo’lsa ham unga itoat qil;ikkinchi - sho’rbo qilsang, suvini ko’proq qilib, qo’shnilaring ahvoliga qarab, shundan minnat qilmay ularga ham ber; uchinchi - namozlarni o’z vaqtida ado qil! Agar imom namozni o’qib qo’ygan bo’lsa, sen shu namozni (uyda o’qiganing uchun) ado qilgan bo’lasan, o’qimagan bo’lsang, unga iqtido qilasanda, u sen uchun nafl namozi bo’ladi".
114-hadisda 113-hadisdagi sho’rboga suv solib qo’shnilarga ham ulashish haqidagi hadis takrorlangan.