Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609734 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 ... 116 B


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:05:13

472-bob. Uxlayotgan odamga salom berish haqida

1060.  Miqtsod ibn Asvad aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) kechalari kelib uxlab yotganni uyg'otmaydigan, uyg'oqlar eshitadigan darajadagi tovush bilan salom berardilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:06:48

473-bob. "Alloh ziyoda qilsin" deyish haqida

1061.  Sha'biy aytdilar: "Hazrati Umar (r.a.) Adiy ibn Hotamga: "Alloh ilm(ing)ni ziyoda etsin!"  dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:07:20

474-bob. "Marhabo! Xush kelibsiz!" deyish haqida

1062-hadis. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Fotima Rasululloh (s.a.v.)ga o'xshab yurib keldilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Xush kelding, qizim", dedilar, so'ng o'ng yonlariga yoki chap yonlariga o'tqazdilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:07:37

1063.  Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Ammor (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan huzurlariga kirish uchun izn so'radi. Ul zot uning ovozini tanib: "Marhabo, ey Toyyibu-l-mutoyyib!" - dedilar.

Toyyibu-l-mutoyyib - yoqimlilarning yoqimlisi yoki ko'ngil quvonchi.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:09:17

475-bob. Salomga qanday javob berish kerakligi haqida

1064.  Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Makka bilan Madina o'rtasidagi bir daraxt soyasida Rasululloh (s.a.v.) huzrularida o'tirgandik, eng shaddod va    qo'pol bir a'robiy kelib: "Assalomu alaykum", dedi Ular: "Vaalaykum", deb   javob berdilar.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:11:29

1065. Abu Jamra aytdilar: "Ibn Abbosga salom berilsa, "Vaalayka, va rahmatulloh", deb  alik olardilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:12:08

1066.  Abu Abdulloh aytdilar: "Bir kishi (Rasulullohga): "Assalamu alayka, yo Rasulalloh", dedi. Ul zot: "Vaalaykassalom va rahmatulloh", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:12:30

1067.  Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) namozlaridan forig' bo'lganlarida oldilariga bordim. Ul zotga birinchi bor islomiy salomlashishga muvofiq salom berdim. Ul zot: "Vaalayka va rahmatulloh, sen kimlardansan (ya'ni, qaysi qabila, urug'dansan)?" - dedilar. "G'ifordan", deb javob berdim".

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:13:11

1068.  Abu Salama (r.a.): "Hz. Oyisha (r.a.) dedilar: "Rasululloh: "Ey, Oyisha, Jabroil (a.s.) senga salom aytayaptilar", dedilar. Oyisha: "Va alayhissalom va rahmatullohi va barakotuhu, taro ma lo aro", dedilar. Oyisha (r.a.) bo' bilan Rasulullohni ko'zda tutgandilar", deb xabar berdilar.

Ya'ni men ko'ra olmaydigan narsalarni siz ko'rasiz.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:13:28

1069.   Muoviya ibn Qurra (r.al.) aytdilar: "Otam menga: "Ey, o'g'lim, yoningda bir kishi o'tayotib "Assalomu alaykum" desa, "Vaalayka" demaginki, bu bilan (salomingni) uning o'zigagina xos qilib qo'yasan. Balki "Assalomu alaykum" degin", degandilar".

Qayd etilgan