Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609053 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 ... 116 B


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:18:10

476-bob. Salomga alik olmagan kishi haqida

1070.  Abdulloh ibn Somit (r.al.) Abu Zarr (r.a.)ga: "Abdurrahmon ibn Ummu Hakamning yonidan o'tayotib, unga salom bergandim, hech narsa deb javob qaytarma-di", dedi. (Abu Zarr (r.a.): "Ey, birodarimning o'g'li, nima bo'pti shunga? Buning hech zarari yo'q, senga o'sha odamning o'ng yelkasidagi undan xayrliroq bo'lgan farishta javob qaytargan", dedi.

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:18:34

1071.  Zayd ibn Vahb Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilib naql qildi: "Muhaqqaq, salom Allohning ismlaridan biridir. Allohuni Yer yuziga qo'ydi. Salomni orangazda yoyinglar. Agar bir odam bir jamoatga uchrab, unga salom bersa, jamoat salomga alik olsa, o'sha jamoat darajada yuksaladi. Zero, salom bergan odam o'sha jamoatga salomni eslatab o'tadi. Agar jamoatga salom bergan odamning salomiga alik olinmasa, hech bokisi yo'q, ulardan ko'ra pokroq malaklar unga alik oladilar".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:19:10

1072.  Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Salom berish sunnat, alik olish esa, farzdir".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:21:10

477-bob. Salomga baxillik qilgan kishi haqida

1073.  Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Haqiqiy yolg'onchi qasamiga yolg'on qo'shgan odamdir, haqiqiy baxil esa, salomga baxillik qilgan kishidir. Namozdagi o'g'ri (ya'ni uning arkonlarini o'rniga qo'yib bajarmay, shoshilib o'qiydigan odam) haqiqiy o'g'ridir".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:21:54

1074. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Salomini qizg'angan eng baxil odamdir. Eng ojiz kishi esa, duoda ojizlik qilgan odamdir".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:22:39

478-bob. Yosh bolalarga salom berish haqida

1075.  Anas ibn Molik (r.a.) yosh bolalarning oldidan o'tar ekanlar, salom berdilar va: "Rasululloh (sa.v.) shunday qilardilar", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:23:31

1076-hadis. Anbasa aytdilar: "Men Ibn Umar (r.a.)-ning yozuvchi-kotiblar orasidagi bolalarga salom berayotganlarini ko'rdim".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:26:23

479-bob. Ayollarning erkaklarga salom berishi haqida

1077-hadis. Ummu Honi (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ni1siga bordim. Ul zot g'usl qilayotgan ekanlar. Men ul zotga salom berdim. Ul zot: "Kim bu?" -dedilar. "Ummu Honi", dedim. Ul zot: "Xush kelibsiz", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:26:33

1078-hadis. Hasan Basriy (r.al.): "Ayollar erkaklarga salom berishar edi", deb xabar berdilar.

Qayd etilgan


Laylo  06 Oktyabr 2006, 10:26:43

480-bob. Ayollarga salom berish haqida

1079. Asmo' binti Yazid Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yonimdan o'tab qoldilar, men dugonalarim davrasqda o'tirgandim. Rasululloh (s.a.v.) bizga salom berdilar va: "Valine'matingizga (ya'ni erin-gizga) noshukrlik qilishdan saqlaningiz!" - dedilar. Men Rasululloh (s.a.v.)dan savol so'rashlikda dugona-larimdan ko'ra dadilroq edim, Rasululloh (s.a.v.) dan: "Ey, Allohning Rasuli, valine'matiga noshukrlik qilish nima degani?" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Ehtimolki, sizlardan biringaz ko'p vaqt ota-onasi bilan beva (holda) yashaydi. So'ng Alloh taolo unga bir er nasib qiladi, farzand beradi. Endi u ayol (biror narsa sabab bo'lib eridan) achchiqlansa, noshukrlik bilan (eriga): "Sizdan hech bir yaxshilik ko'rmadim", deydi", deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan