Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610138 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 ... 116 B


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:49:11

489-bob. Otasidan izn so'rab kirish haqida

1093-hadis. Muso bin Talha (r.al.) aytdilar: "Otam bilan men ham onam huzurlariga kirayotgandik. Otam kirdilar, men ham ortlaridan kirmoqchi bo'lgandim, otam ko'ksimga chunonam urdilarki, orqam bilan o'tirib qoddim. So'ng: "Izn so'ramay kirmoqchimisan?" - dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:49:22

490-bob. Kimning oldiga kirishdan qat'i nazar izn so'rash haqida

1094. Jobir (r.a.) aytdilar: "Kishi farzandining, onasining, garchi u qari kampir bo'lsa ham, aka-ukalarining, opa-singillarining va otasining huzur-lariga kirishda izn so'rashi kerak".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:49:58

491-bob. Opa-singillari oldiga izn so'rab kirish haqida

1095-hadis. Ato (r.a.) aytdilar: "Men Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan so'radim: "Singillarimning oldiga ham izn so'rab kiramanmi?" "Ha", dedilar. So'ng yana qaytib kelib: "Ikki singlim mening uyim-da yashaydi, men ularni ta'minlashni o'z zimmamga olganman, ularning oldiga ham izn so'rab kiraman-mi?" - deb so'radim. Abdulloh ibn Abbos: "Ha, nima, bo'lmasa ularni yalang'och ko'rishni xohlaysanmi?" - dedilar. So'ng (ushbu oyatni) o'qidilar: "Ey, imon keltirganlar! Qo'l ostingizdagi (qul va cho'ri)la-ringiz hamda balog'atga yetmagan (farzand)laringiz uch marta (huzuringizga kirishda) sizlardan izn so'rasinlar - bomdod namozidan ilgari, peshin vaq-tida (issiqtsan) kiyimlaringizni tashlagan vaqtingizda va xufton namozidan keyin, (bu) uch (vaqt) sizlarning avratlaringiz (ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlar)dir..." (22:58). (Keyin) Abdullohibn Abbos (r.a.): "Bular (ya'ni farzand, qul va cho'ri-lar) faqat mana shu avratlari
ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan uch paytdagina izn so'rashga buyurildilar", deb (ushbu oyatni) o'qidilar: "Qachonki, go'dak-laringiz balog'atga yetsa, bas ular ham xuddi o'zlaridan oldingi (balog'agga yetgan)lar kabi izn so'rasinlar!.." (22:59). Abdullohibn Abbos (r.a.): "Izn so'rash vojibdir", dedilar. Ibn Jurayj (r.a.) esa: "Har bir odamning oldiga kirishda", deb qo'shimcha qilganlar,

492-bobdagi 1096-hadis yuqoridagi to'rtta hadisning mazmunan takroridir. "Kirish uchun uch marta izn so'rash haqida" degan 493-bobdagi 1097-hadis mazmuni quyidagi 494-bobning 1104-hadisda keladi.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:50:11

494-bob. Salom bermay izn so'rash haqida

1098. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Kimki salom bermasdan kirishga izn so'rasa, unga to salomdan boshlamaguncha izn berilmaydi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:50:40

1099.  Yana Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Agar biron kimsa biron uyga krish istagida bo'lsa, "Assalomu alaykum", demaguncha kirmasin".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:50:51

495-bob. Birovning uyiga iznsiz qaragan kishining ko'zini o'yib olish haqida

1100. Abu Hurayra (r.a) aytdilar: Rasululloh (s.a.v): "Biror kishi agar uyinga (so'roqsiz) nazar tashlasa, ko'zini o'yib olaver, senga hech qanday gunoh bo'lmaydi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:50:59

1101.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) namozda turgan edilar, bir kishi uylariga (nazar) tashladi. Ul zot o'qdonlaridan bir o'qni olib, uning ko'zini nishonga oddilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:51:09

496-bob. Qarashlik sababli izn so'rash haqida

1102. Sahl ibn Sa'd (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasuli akram (s.a.v.) eshiklaridan yashirincha qaradi. Rasulullohning qo'llarida boshlarini qashiydigan taroq bor edi. Ul zot: "Sening menga qarab turganingni bilganimda mana shu (taroq)ni ko'zingga tiqib olardim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:51:17

1103. Rasululloh (s.a.v.): "Izn so'rashlik qarash sababli joriy qilindi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:51:40

497-bob. Kishiga uning uyida salom berish haqida

1104. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Men hz. Umar (r.a.)ning huzurlariga kirish uchun uch marta izn so'radim, izn berilmagach, orqamga qaytdim. Hz. Umar (r.a.) (ishlaridan forig' bo'lgach,) meni chaqirtirib keldilar va: "Ey, Abdulloh, eshigim tagida kutib turish senga og'ir keldimi? Bilaman, odamlar shunaqa -eshigingning tagida kutib turishni yoqtirishmaydi", dedilar. Men: "Yo'q, men sizdan uch marta izn so'radim, izn berilmagach, orqamga qaytdim (biz shunga buyurilganmiz)", dedim. Hz. Umar (r.a.): "Sen buni kimdan eshitgansan?" - deb so'radilar. "Rasululloh (s.a.v.) dan", deb javob berdim. Hz. Umar (r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.)dan biz eshitmagan narsani sen eshitibsanda? Agar huzurimda ushbu so'zingga hujjat kel-tirmasang, boshqalarga.ibrat bo'lishi uchun seni jazolayman", dedilar. Men u yerdan chiqib masjidda o'tirgan bir guruh ansor sahobiylarning oldiga bordim va ulardan (o'sha hadis haqida) so'radim. Ular: "Birov bunga shubha qilmoqdami?" - deyishdi. Men ularga hz. Umar (r.a.) nima deganlarini aytdim. Ular: "Sen bilan kichigimiz Abu Said Xudriy (r.a.) bora-di", dedilar. Men bilan Abu Said Xudriy (r.a.) (yoki Abu Mas'ud (r.a.) Umar (r.a.)ning huzurlariga bordi. Abu Said (r.a.) dedi: "Biz Rasul-ulloh (s.alz.) bilan (yo'lga) chiqdik. Ul zot Sa'd ibn Uboda (r.a.)nikiga bormoqchi edilar. Bordilar va salom berib, kirishga izn so'radilar, javob bo'lmadi. So'ng ikkinchi marta salom berib izn so'radilar, yana javob bo'lmadi. So'ng uchinchi marta izn so'radilar, yana javob yo'q. Shunda  ul zot: "Biz zimmamizdagi (vazifani) ado etdik", deb qaytdilar. Shu payt Sa'd (r.a.) (chiqib) ul zotga yetib oldi va: "Ey, Allohning Rasuli, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, siz birinchi bor salom berganingizdayoq eshitgandim, o'shanda alik olsam bo'lardi-yu, lekin menga va oilam-ga ko'proq salom berishingizni xohladim", dedi". Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Men, Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.)ning hadislari borasida faqat rost gapiraman".(Shunda Umar  (r.a.)): "Albatta, lekin men (har gapga) hujjat so'rashni, ehgiyotkorlikni yaxshi ko'raman", dedilar".

Qayd etilgan