Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608920 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 ... 116 B


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:52:03

498-bob. Uyga chaqirganlik izn berganlik alomatidir

1105. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.): "Bir kishi (birov tomonidan uyiga) chaqirilsa, unga (o'sha uyga kirishga) izn berilgan bo'ladi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:52:15

1106-hadis. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Biringiz (bir joyga) chaqirilsa va u (o'sha yerga chaqirgani kelgan) chopar bilan birga kelsa, ana shu unga berilgan izndir".

1107-hadis yuqoridagi hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:52:54

1108.  Abu-l-Aloniya aytdilar: "Abu Said Xudriy (r.a.)ning huzurlariga borib salom berdim, menga izn berilmadi. So'ng (yana) salom berdim, (yana) izn beril-madi. Keyin uchinchi marta salom berdim, (bu safar) ovozimni balandlatdim va: "Assalomu alaykum, ey, ushbu xonadon egalari", dedim, (biroq) yana javob bo'lmadi. (Keyin) bir chekkada o'tirib turdim. Ichkaridan bir bola chiqib: "Kiring", dedi. Men uyga kirdim. Abu Said Xudriy (r.a.) menga: "Agar yana qo'shimcha qilganingda, senga izn berilmasdi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:53:04

499-bob. Eshik oldida qanday turilishi haqida

1109.  Payg'ambar (s.a.v.) sahobiylaridan Abdulloh ibn Busro (r.a.)   aytdilar: "Rasululloh (s.a.v!) agar (biror kishining) eshigiga borib kirishga izn so'ra-salar, eshikning ro'parasida turib olmas edilar, balki izn berilishini kutib o'ng tomon yoki chap to-monda turardilar, aks holda (ya'ni, izn berilmasa) ketardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:53:15

500-bob. Chaqirilgan uy egasi chiqquncha...

1110. Abdurrahmon ibn Muoviya ibn Huday otalaridan rivoyat qiddilar: "Men hz. Umar ibn Xattob (r.a.) huzurlariga kelib, kirishga ijozat so'radim. "Chiqqunlaricha o'sha yerda kutib turing", deyishdi. Men eshikka yaqinroq bir yerga o'tirdim. So'ng (hz. Umar (r.a.) oldimga chiqdilar va (ichkaridan) tahoratga suv so'rab, tahorat oddilar. So'ng oyoqlariga mash tortdilar. Men: "Ey, mo'minlar amiri! Bu bavldanmi?" - deb so'radim. Hz. Umar (r.a.): "Bavldan yoki
boshqasidan", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:53:28

501-bob. Eshikni taqqilatish haqida

1111. Anas ibn Molik aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ning eshiklarini tirnoq bilan taqqilatilar edi".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:54:04

502-bob. Ijozat so'ramay kirish haqida

1112 Safvon ibn Umayya (r.a.) Rasulullohga Fath kuni sut, tarra va hadyalar olib keldilar. Rasuli akram (s.a.v.) vodiyning tepasida edilar. (Safvon (r.a.) aytdilar): "Men salom ham bermadim, izn ham so'ramadim, shunda ul zot: "Qayt orqangga, "Assalomu alaykum, kirsam maylimi?" - deb ayt!" - dedilar". O'shanda Safvon (r.a.)ning Islomni qabul qilgan kezlari edi.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:54:24

1113. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "(Birovnikiga) nazar tashlashga izn yo'qdir", dedilar".

Fath kuni - Makka fath qilingan kun.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:54:41

503-bob. "Kirsam bo'ladimi?"  desa-yu, salom bermasa...

1114. Ato (r.a.) aytdilar: "Abu Hurayra (r.a.): "Agar birov: "Kiraveraymi?" - desa-yu, salom bermasa: "Yo'q, kalit bilan kelmaguningcha (ruxsat berilmaydi) degin", dedilar", Men: "(U) salommi?" - deb so'radim. "Ha", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:55:22

1115. Bani Omir qabilasidan bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Kirsam bo'ladimi?" - dedy. Rasuli akram (s.a.v.) joriyaga: "Kelgan odamga chiqib ayt, "Aesalomu alaykum, kirsam maylimi?" - desin, chunki u chiroyli izn so'ramadi", dedilar. U odam aytdi: "Men u zotning gaplarini joriya odtsimga chiqmasidan oldin eshitdim, (u chiqqach): "Assalomu alaykum, kirsam maylimi?" - dedim. Ul zot; "Vaalaykum, kir" dedilar. Men kirib (ul zotga): "Qanday narsa (din) keltirdingiz?" " deya so'radim. Ul zot: "Faqat ezgulikdan olib keldim: hech qanday sherigi yo'q yolg'iz Allohga ibodat qilishingaz, Lot va Uzzoga ibodat qilishingizni tashlashingiz uchun yuboridtsim. Bir kecha-kunduzda besh mahal namoz o'qiysiz. Bir yilda bir oy ro'za tutasiz, ushbu bayt (Ka'ba)ni ziyorat qilib haj qilasiz. Boylaringiz mollaridan kambag'allaringazga berasiz", dedilar. Men: "Siz bilmaydigan biror ilm bormi?" - deb so'radim. Ul zot: "Alloh (barcha narsani) yaxshiroq bilguvchidir. Faqat Allohga ma'lum ilmlar bor. Beshta narsa borki, uni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi: "Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi to'g'risida) bilim bordir. U (xohlaganicha) yomg'ir yog'dirar va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon er-taga nima qilishini bilmas. Biror jon qaerda o'lishini ham bilmas..." (31:34).

Qayd etilgan