Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610089 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 ... 116 B


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:55:38

504-bob. Ijozat qanday so'ralishi haqida

1116.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga kirish uchun ijozat so'rab, dedilar: "Allohning Rasuliga salom bo'lsin, sizlarga salom bo'lsin, Umar   kiraversinmi?"

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:56:15

505-bob. "Kim bu?" deganda, "Men" deyish haqida

1117.  Jobir (r.a.) aytdilar: "Men otam zimmalaridagi qarz bo'yicha Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga keldim, eshikni taqqilatdim. Ul zot: "Kim bu?" dedilar. "Men", dedim. Ul zot go'yo buni yoqtirmaganday: "Men, men!" deb qo'ydilar".

118-hadis 350-bobdagi 805-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:56:56

506-bob. Izn so'raganga "Salom berib kiring", deyilsa

1119.  Abdulloh ibn Jud'on aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) ahli baytlari huzuriga kirish uchun izn so'radilar. "Salom bilan kiring", deyishdi. Ibn Umar (r.a.) ular huzuriga kirmasdan qaytdilar".

Demak, oila a'zolarining huzuriga kirganda ham salom berib kirish kerak ekan. Abdulloh ibn Umar (r.a.) qaytib kelib salom bergan holda izn so'rasalar kerak, vallohu a'lam (m.m).

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:57:19

507-bob. Uylarga nazar solish haqida

1120-hadis 502-bobdagi 1113-hadisning takrori.

1120. Muslim ibn Nazir aytdilar: "Bir kishi Huzay-fa (r.a.)ning huzurlariga kirish uchun izn so'rab, (ichkariga) alangladi va: "Kirsam maylimi?" - dedi. Huzayfa "O'zingdan ilgari ko'zing kirib bo'ldi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:57:26

1121 hadis mazmunida 488-bobdagi 1091 va 491-bobdagi 1095-hadislar takrorlangan.

1121. Anas ibn Molik r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir a'robiy Rasululloh (s,a,v,)ning uylariga kelib, eshik tirqishidan mo'raladi. Ul zot bir o'q yoki uchli kaltakni olib a'robiyning ko'zini o'yib olish uchun unga otdilar. U (eshikdan nari) ketdi. Ul zot: "Agar (joyingda) turganingda ko'zingni o'iib olardim", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:58:03

1124.  Ammor ibn Sa'd atTujibiy aytdilar: Umar ibn Xattob (r,a.): "Kimki (begona) uyning teshigidan beijozat mo'ralasa, u fosiqdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:58:10

1125.  Savbon (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qilganlar: "Ruxsat berilmaguncha birovning uyiga qaramoq hech kimga halol emas, agar qarasa, iznsiz kirgan hisoblanadi. O'z-o'zini ta'minlay olmagan odam jamoatga imom bo'la olmaydi. Agar kimsaning tik turishga quvvati yetmasa. namozga tik turmasin".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:58:37

508-bob. Uyga salom berib kirishnig fazilati haqida

1126. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Uchta (narsa borki, uni qilganlarning) har biri Allohning himoyasidadir, tirikligida Alloh unga kifoya qiladi, o'lsa jannatga kiradi: kimki uyiga salom berib kirsa, u Allohning himoyasidadir. Kimki masjidga chiqsa, u ham Allohning himoyasidadir. Kimki Alloh yo'lida jihodga chiqsa, u ham Allohning himoyasidadir".

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:58:45

1127.  Jobir ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Agar uyingga, ahling huzuriga kirsang, ularga Alloh huzuridan (kelgan) pokiza va muborak salom ber". Abu Zubayr (r.a.) aytdilar: Men (Jobir (r.a.)ning) faqat Allohning ushbu so'ziga ishora qilayotganini sezdim: "Qachon sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz yoki o'sha (ibora)ni qaytaringiz..." (4:86).

Qayd etilgan


Doniyor  07 Oktyabr 2006, 06:59:27

509-bob. Uyga kirishda Alloh zikr qilinmasa u yerda shayton in qurishi haqida

1128.  Jobir (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Kishi uyiga kirishda va ovqatlanishda Alloh azza va jallani zikr qilsa, shayton: "Sizlarga qo'noq (boshpana) ham, kechki taom ham yo'q", deydi. Agar kishi uyiga kirishida Allohni eslamasa, shayton: "Boshpanaga erishdingiz", deydi. Agar u ovqat payti Xudoni yodiga olmasa, shayton: "Boshpanaga ham, kechlik taomga ham erishdingiz", deydi".

Qayd etilgan