1168. Sayf ibn Vahb aytdilar: "Abu Tufayl mendan: "Necha yoshga kirding?" - deb so'radilar. Men: "33 yoshga", deb javob berdim. Abu Tufayl: "Senga Huzayfa ibn Yamon (r.a.)dan eshitgan hadisni aytib beraymi? Xasafa jangchilaridan Amr ibn Sulay' degan bir kishi bo'lib, uning o'z to'dasi bor edi. O'sha paytda men sening yoshingda edim. Biz Huzayfa (r.a.)ning oldiga - masjidga keldik, men qavmning oxiriga borib o'tir-dim. Amr to'g'ri borib Huzayfaning oddida turib: "Qanday tong ottirding?" (yoki "Kunni qanday o'tkazding?"), ey, Abdulloh?" - dedi. U: "Xudoga shukr", dedi. Amr: "Sendan bizga yetib kelgan qanday hadislar ekan, (ey, Huzayfa)?" - deb so'radi. Huzayfa: "Mendan nima yetib kelibdi, ey, Amr?" - dedi. "Men eshitmagan hadis-lar", dedi Amr. Huzayfa (r.a.): "Xudo haqqi, agar men eshitgan hadislarimni sizga aytadigan bo'lsam, mana shu kechaning bir qismigacha kutardingiz. Lekin, ey, Amr ibn Sulay', agar Qaysning Shomni egallashini ko'rsang, alhazar, alhazar! Allohga qasamki, u Allohning mo'min bandalarini faqat qo'rqitadi yoki o'ldiradi. Xudo haqi, ularga shunday zamonlar keladiki, u paytda katta gunohdan ham qaytarilmaydilar". Amr: "Alloh seni rahmatiga olsin, qavmingga nima qilding?" - dedi. U: "Bu mening ishim", dedi".