Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610068 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 ... 116 B


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:35:26

539-bob. Oxirida o'tirish haqida

1174.  Jobir ibn Samura (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga borsak, birimiz eng oxirida o'tirar edik".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:35:53

540-bob. Ikki kishining o'rtasini yorib o'tmaslik haqida

1175. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi ikki odamning orasini ularning iznisiz yorib o'tishi halol emas", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 05:59:57

541-bob. O’tirganlarning ustidan hatlab o'tish haqida

1176. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.)ning orqasidan (xanjar) sanchilgan paytda men u qotilni tutganlar orasida edim, uni hovliga olib chiqdik. Hz. Umar (r.a.) menga: "Ey, birodarimning o'g'li, borib meni kim yaralagani-ni, mendan boshqa yana kimni yaralaganini bilib kel", dedilar. Men ketdim, (u haqda) xabar berish uchun kelsam, uy (odamlar bilan) liq to'la ekan. Odamlar ustidan hatlab o'tgim kelmadi  yosh bola edim, (shu yerda) o'tirdim. (Hz. Umar (r.a.) odatda) bir kishini biror ish bilan jo'natsalar, (natijasini) aytib qo'yishni buyurardilar. (Hozir) u kishini o'rab olishibdi. Ubay ibn Ka'b (r.a.) kelib dedi: "Xudo haqi, mo'minlar amiri agar Allohdan duo qilib so'rasa, Alloh taolo uni qutqaradi va ummatning boshiga yana qayta keltirib qo'yadi. Hatto, ushbu ummat bilan bog'liq shunday-shunday ishlarni qilardi". So'ngra Ubay ibn Ka'b (r.a.) mu-nofiqlarning ism va kunyalarini birma-bir sanadi. Men: "Aytganlaringni hz. Umarga yetkazaymi?" - deb so'radim. "Yetkazishingni xoxlaganim uchungi-na bularni aytayapman", dedi Ubay ibn Ka'b (r.a.). Men undan ruhlanib, o'rnimdan turdim, odamlardan hatlab o'tib, hz. Umar (r.a.) boshlari yoniga o'tir-. dim. "Siz meni shu-shu narsa(larni bilish uchun) yuborgandingiz, siz bilan shuncha (13 ta) odam yara-langan, qotil hovuzcha yonida tahorat olayotgan Kulaybni ham yaralabdi, Ubay ibn Ka'b Allohga qasam ichib shunday-shunday dedi", dedim. Hz. Umar (r.a.): "Ubay ibn Ka'bni chaqiring", dedi. Chaqirildi. (Ubay ibn Ka'b yetib kelganda hz. Umar undan): "Nima deyapsan?" - deb so'radilar. Ka'b: "Shunday-shunday, deb aytayapman", dedi. Hz. Umar: "Yo'q, Alloh-ga qasamki, duo qilmayman! Ammo Alloh Umarni kechirmasa, u badbaxt bo'lib qoladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:00:07

1177. Sha'biy aytdilar: "Bir kishi Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning oldilariga keldi, kelayotib oldidagi qavm ustidan hatlab o'tayotgan edi, to'xtatib qolishdi. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "U odamni o'z holiga qo'yinglar", dedilar. U odam kelib oldilarida o'tirgach, "Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan narsangni menga ham bildir", dedilar, U: "Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deyayotganlarini eshitdim; "Haqiqiy musulmon boshqa musulmonlar uning tilidan va qo'lidan salomat bo'lgan odamdir. Muhojir esa, Alloh taolo qaytargan narsalardan uzoq bo'lgan kishidir", dedi"'.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:00:44

542-bob. Odamlarning yaxshisi do'stining yonida o'tiradi

1178.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) dedilar: "Menim-cha, odamlarning eng yaxshisi yonimda o'tirganidir".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:00:58

1179.  "Nazarimda, odamlarning eng yaxshisi yonim-da o'tirish uchun odamlar orasidan asta-sekin odim-lab kelganidir", dedilar yana Abdullohibn Abbos (r.a).

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:01:29

543-bob. Kishi qo'shnisi tarafga oyog'ini uzatib o'tirishi haqida

1180.  Kasir ibn Murra aytdilar: "Masjidga juma kuni kirdim. Avf ibn Molik Ashja'iyni halqada o'ti-rib, oyog'ini oldiga uzatib olganini ko'rdim. U meni ko'rib, oyoqparini yig'ishtirdi, so'ng: "Nima uchun oyog'im-ni uzatib o'tirganimni bildingizmi? Solih kishi (ya'ni, siz) kelib o'tirishi uchun", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:02:01

544-bob. Kishining jamoat ichida turib tuflashi haqida

1181. Hari ibn Amr Sulamiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) Minoda yoki Arafotda ekan-liklarida oldilariga bordim. Odamlar atroflarini o'rab olishgan edi. A'robiylar kelishdi. Ul zotning muborak yuzlarini ko'riboq: ""Bu muborak chehradir", deyishdi. Men: "Ey, Allohning Rasuli, mening guno-himni Alloh taolodan so'rab bering", dedim. Rasulul-loh (s.a.v.): "Allohim, bizni avf et", dedilar. Men aylanib kelib: "Men uchun Alloh taolodan mag'firat so'rang", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, bizni kechir!" - dedilar. Men yana aylanib kelib: "Mening uchun istig'for so'rang", dedim. Ul zot yana: "Allohim, bizning gunoxlarimizni mag'firat qil!" - dedilar. So'ng tupuklarini qo'llari bilan ketkazib oyoq kiy-imlari (tagiga) surdilar. Atrofdagilarning biron-tasiga zarar yetkazishni istamadilar".

Hadislarning mazmunidan aniq bo'lyaptiki, odamlar ustidan hatlab o'tish odob doirasida emas, lekin juda muhim xabarlar-ni, gaplarni aytish uchun shuvday qilinsa, bokisi yo'qdir.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:02:24

545-bobdagi 1182-1183-hadislar 467-bobdagi 1046-hadisning takrori, faqat 1183-hadis Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qshshngan.

546-bob. Oyoqlarini quduqqa solib o'tirish haqida

1184. Abu Muso Ash'ariy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kuni hojat bilan Madina devor-laridan biriga chiqdilar. Men ham izlaridan chiqdim. Ul zot binoning ichiga kirganlarida men uning eshi-gi oldida o'tirdim va: "Bugun garchi buyurilmagan bo'lsam ham Rasululloh (s.a.v.)ning eshik og'asi bo'la-man", dedim. Ul zot hojatdan qaytib, quduq labiga keldilar. Boldirlarini ochib, oyoqlarini quduq ichi-ga soddilar. Shu payt Abu Bakr Sidtsiq (r.a.) kelib, kirishga izn so'radilar. "Sizga Rasululloh (s.a.v.) izn bergunlaricha kuting", dedim. U kutib turdi. Men Rasuli akram (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey, Rasulalloh, Abu Bakr huzuringizga kirish uchun izn so'ra-moqda", dedim. Ul zot: "Unga izn ber va jannat xushxabarini unga yetkaz!" - dedilar. A.bu Bakr (r.a..) ki-rib, Rasululloh (s.a.v.)ning o'ng tomonlariga o'tirdi. U ham boldirlarini ochib, quduq ichiga osiltirib oldi. Hz. Umar (r.a.) keldi. "Payg'ambar (s.a.v.) izn bermagunlaricha joyingizda turing", dedim. Rasuli akram (s.a.v.): "Ayt, kirsin va unga jannat xushxaba-rini ber!" - dedilar. Hz. Umar (r.a.) ul zotning chap yonlariga o'tirdi. Hz. Umar (r.a.) ham boddirini ochib, oyoqlarini quduqqa tashlab oldi. quduq labi to'lib u yerda bo'sh yer qolmadi. So'ngra hz. Usmon (r.a.) keldi. "Ul zot izn bermagunlaricha turib turing", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Unga izn ber va jannat xushxaba-rini berish bilan birga unga kelajak balolarini1 ham ayt", dedilar. Usmon (r.a.) ular bilan o'tirgani joy topa olmagach, burilib, ularga qarama-qarshi, quduqning qirg'og'iga o'tirdi va boddirini ochib, oyoqla-rini quduqqa tiqtsi. Men akam ham kelishini istar-dim. Allohdan uning kelishini so'rab duo qildim. Lekin ular turgunlaricha ham akam kelmadi. Ibn Mu-sayyib aytdilar: "Bu avvalgi uch zot (Rasululloh (s.a.v.), Abu Bakr, Umar (r.a.)larning qabrlari ham birga bo'ldi, Usmon (r.a.)ning qabrlari esa, ulardan alohida bo'ldi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:02:37

1185. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) kunning qaysidir vaqtida uylaridan chiqdilar. Na ul zot menga bir narsa dedilar, na men ul zotga bir narsa demasdan Bani Qaynuqo' bozori-gacha keldik. Keyin Fotima (r.a.)ning hovlisida o'tir-dilar. Hasanni ko'zda tutib: "Kichkina, shu yerdami-san, shu yerdamisan, kichkina?" deb chaqirdilar. Foti-ma (r.a.) bolasini bir oz ushlab qoldi. So'ng bolakay chopib keldi. Rasululloh (s.a.v.) uni quchib o'pdilar, so'ng: "Allohim, Sen bu bolani ham, buni sevganni ham sevgin", - dedilar".

Kelajak balolar, deyish bilan Rasuli akram (s.a.v.) hz. Us-mon (r.a.)ning xorijiylar tomonidan qatl etllishlarini ba-shorat qilganlar, vallohu a'lam.

Qayd etilgan