Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608328 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 116 B


Umarbek  11 Avgust 2006, 09:01:05

Imom Ismoil al-Buxoriy

AL-ADAB AL-MUFRAD


Al-adab al-mufrad



Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 630 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish


MUNDARIJA

Ota-onaga e’tibor, hurmat: 1-24 boblar
Qarindoshchilik, silayi rahm: 25-38 boblar
Tarbiya, mehr va oqibat: 39-54 boblar
Qo'shnichilik: 55-70 boblar
Karam, yaxshilik qilish: 71-72 boblar
Yetimni tarbiya qilish: 73-81 boblar
Qo'l ostidagilarga yaxshi munosabat haqida: 82-107 boblar
Yaxshilik va o'zaro yordam: 108-123 boblar
Ochiqyuzlilik, tabassum va hazil: 124-127 boblar
Maslahat va mashvarat: 128-130 boblar
O'zaro muhabbat va yaxshi xulq: 131-135 boblar
Saxiylik, baxillik va qizg'anchiqlik: 136-141 boblar
Ko'ngil shodligi, la'nat va duoibad: 142-149 boblar
Gap tashuvchilik: 150-152 boblar
Maqtash va e'zozlash: 153-158 boblar
Ziyoratning fazilati: 159-161 boblar
Kishi sevgani bilan birgadir: 162 bob
Yoshi ulug'larni hurmatlash, kichiklarni izzatlash: 163-173 boblar
Maxluqlarga marhamatli bo'lish: 174-178 boblar
Odamlar orasida yaxshilik tarqatish: 179-185 boblar
Nasablar, qavmni sevish: 186-187 boblar
Araz va adovat: 188-192 boblar
Salomlashish, maslahat, o'rnak: 193-196 boblar
Makr, aldov, so'kinish: 197-202 boblar
Aybni yuziga aytish, tuhmat, mazax: 203-206 boblar
Isrofgarlik: 207-208 boblar
Turar-joylarni ta'mirlash, binolar 209-216 boblar
Muloyimlik va nazokat: 217-221 boblar
Molni tejash, zulm: 222-225 boblar
Kasalni ko'rish, bemorlik: 226-246 boblar
Yaxshi ko'rish, takabburlik, o'ch olish: 247-252 boblar
Qahatxchilik, tajribalar, ittifoq: 253-256 boblar
Aka-uka tutinish va islomiy ittifoq: 257-258 boblar
Rahmat va baraka: 259-264 boblar
Sir saqlash, halimlik, zulm va haddan oshish: 265-268 boblar
Hadyani qabul qilish va hayo: 269-271 boblar
Duo va salovat: 272-304 boblar
G'iybat qilish: 305-308 boblar
Mehmondorchilik 309-317 boblar
Yaxshi va yomon xulqlar, holatlar: 318-353 boblar
Ismlar, kunyalar va laqablar: 354-378 boblar
Adab haqida: 379-380 boblar
She'rlar va shoirlar: 381-387 boblar
Gapirish va masxara: 388-395 boblar
Yaxshi axloqlar, zulm va adovat: 396-405 boblar
Tabiat hodisalari: 406-408 boblar
Shumlashish: 409-414 boblar
Aksirish va esnash, tik turish, o'tirish: 415-439 boblar
So'rashish, quchoqlashish, o'pish: 440-447 boblar
Salomlashish: 448-481 boblar
Hijob oyati, mahram vaqt: 482-485 boblar
Izn so'rash: 486-512 boblar
Zimmiy, ahli kitob va mushriklarga salom: 513-523 boblar
Maktub yozish: 424-533 boblar
O'tirish va yotish odoblari: 534-576 boblar
Uyqu va uxlash odobi: 577-594 boblar
Xatna va boshqa marosimlar: 595-606 boblar
Gigiyena: 607-608 boblar
Qimor va nard: 609-617 boblar
Turli mavzular: 618-645 boblar

Qayd etilgan


Umarbek  11 Avgust 2006, 21:57:23

1-bob. Ota-onaga e'tibor haqida

Janobi rabbil olaminning: "Biz Hamma insonni ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik" (29:8 ) degan oyati karimasi haqida

1. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan qiladigan amallarimizdan Alloh taologa eng sevimlisi qaysi, deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Farz namozlarni o’z vaqtida o’tish", -dedilar. Men: "Undan keyin qaysi?" - desam, Rasululloh: "Usdan keyin Alloh taolo yo’lida jihod qilish",   dedilar. Abdulloh ibn Mas'ud: "Rasulullohdan men shularnigina so’radim. Agar savolimni davom ettiraversam, Rasululloh (s.a.v.) hammasiga javob beraverardilar".

2.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Alloh taoloning rozi bo’lishi otaning rozi bo’lishiga va uning g’azabi ham otaning g’azabiga bog’liqdir", dedilar .

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2006, 11:29:26

2-bob. Onani rozi qilish haqida

3.  Bahz ibn Hakim (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: "Rasulullohdan: "Ey,
Rasulalloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo’ladi?" - deb so’radim. "Onangga", dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: "Onangga", deyaverdilar. To’rtinchi marotaba  so’raganimda: "Otangga va yaqin bo’lgan qarindoshlaringga", dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2006, 11:30:01

4. Ato ibn Yasor (r.a) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos (r.a.) oldilariga bir kishi kelib: "Men bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi. Jaxlim chiqib, u xotinni o’ldirgan edim. Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?" - deb so’radi. Shunda Abdulloh: "Onang barhayotmi?" - deb so’radilar. U: "Yo’q, vafot etganlar", degan edi, Abdulloh: "Unday bo’lsa Alloh taologa tavba qil va toqating boricha toat-ibodat qilib, unga yaqin bo’lishga harakat qil", dedilar". Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so’radingiz", deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini bilmayman. Shuning uchun onang tirikmi, deb so’ragan edim",dedilar".Ya'ni onasi tirik bo’lib, bola haqida duo qilgan bo’lsa, odam o’ldirishdek katta gunoh bo’lsa ham, o’z fazlu karami bilan avf  qilishidan umid qilardim, demoqchi bo’lsa kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2006, 11:31:22

3-bob ham "Ota-onaga yaxshshik va e'tibor", deb atalib, undagi 5-6-hadislarda aynan 1-2-hadislardagi mazmun takrorlangan.

4-bob. Ota-ona zulm qilsa ham, ularga yaxshilik qilaverish haqida

7.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh taolo undan rozi bo’lmaydi", dedilar. Shunda bir kishi: "Agarda ota-onalar bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?" - deb so’radi. Abdulloh: "Agar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak", dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2006, 11:32:49

5-bob. Ota-onaga muloyim gapirish haqida

8. Taysala ibn Mayyos (r.a.) aytdilar: "Men Najda ibn Omir Xorijiyning ashoblari bilan bo’lib gunohlar qildim. Shularni o’zimcha katta gunoh deb hisoblab, Abdulloh ibn Umar (r.a.)ga borib aytdim.Shunda Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bular katga gunoh emas, katta gunohlar to’qqiztadir, ular: Alloh taologa shirk keltirish, odamni o’ldirish, urush maydonidan qochish, afifa xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo, yetimlar molini yemoq, Alloh taoloning borligini inkor qilish, odamlarni masxara qilish, kamsitish, ota-onani xafa qilib yig’latish - mana shular katta gunohdir", dedilar. Keyin Abdulloh ibn Umar menga qarab: "Ey, Taysala! Sen do’zaxdan qo’rqib jannatga kirishni xoxlaysanmi?" - dedilar. Men: "Jannatga kirishni albatta xohlayman", deganimda, u kishi: "Ota-onang tirikmi?" - deb so’radilar. Men: "Otam vafot etgan, ammo onam borlar", dedim. Abdulloh (r.a.): "Katta gunohlardan o’zingni saqlaganingdan keyin onangga qattiq gapirmasang, uning osh-ovqatini berib tursang, albatta jannatga kirasan", dedilar".

Yamomalik Najda ibn Omir (yoki Uvaymir) Abu Hanifa mazhabiga e'tiqod quygan kishi edi. U xavorijlar ya'ni adashgan oqim) boshlig’i bo’lib, ularning e'tiqodicha, kishilar uchun imom (xalifa yoki amir) bo’lishi shart emas. Odamlarning o’zlari haqni nohaqdan ajrata bilishlari va o’z-o’zlarini, jamiyat yo’nalishini boshqara bilishlari kerak (Muhammad Abu Zuhra, "Al-Mazohib al-Islomiya", 33-bet).

Qayd etilgan


Umarbek  12 Avgust 2006, 23:29:34

9. Qur'on-i karimdagi Alloh taoloning rahimlilik yuzasidan ota-onangga kamtarlik qanotingni qoqib tur (17:24), mazmunidagi so’ziga Hishomning otasi Arat ibn Zubayr (r.a.): "Ota-onang nimani istasa, o’shani ijro qilishdan chekinish qilma", deb tafsir qilgan edilar.

Qayd etilgan


Umarbek  12 Avgust 2006, 23:31:39

6-bob. Ota-ona haqini ado qilish haqida

10. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bolaning otasi birovning quli bo’lgan bo’lsa, uni xo’jasidan sotib olib ozod qilmaguncha, uning haqini ado qilgan bo’lmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:21:45

11.  Abu Muso Ash'ariy (r.a.)ning o’gli Abu Burda (r.a.)ning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) bir yamanlik odam o’z onasini opichlab, xonai Ka'bani tavof  qildirib yurganini ko’rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o’qirdi:

Onai zorim uchun bo’ynimni eggan tevaman.
Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam.
U shuni o’qib turib Abdullohga qaradida, ey, Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila olmadimmi, deb so’radi. "Yo’q, bu xizmating seni tug’ish vaqtida onangni qiynab tutgan to’lg’oqlarining bittasiga ham barobar emas", dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar (r.a.) xonai Ka'bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakat namoz o’qib olib, menga qarab: "Ey, Abu Muso Ash'ariyning o’g’li! Mana shu yerda o’qiladigan ikki rak'at namoz o’zidan ilgarigi gunohlarga kafforat bo’ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:23:25

12. Abu Murra aytdilar: "Marvon ibn Hakam Madinadan biror joyga safarga ketganida o’z o’rniga Abu Hurayra (r.a.)ni qoldirib ketardi. Abu Hurayra (r.a.) Zu-l-Hulayfada turib, o’zlari bir xonada onalari boshqa xonada yashardi. Abu Hurayra (r.a.) qachon o’z xonalaridan tashqariga chiqadigan bo’lsalar, onalarining eshigi oldiga kelib salom berardilarda: "Meni yoshligimda tarbiyat qilganingiz uchun sizga Alloh taoloning rahmati bo’lsin", der edilar. Onalari ham u kishining salomlariga javob qaytarib: "Katta bo’lganingda menga yaxshilik qilayotganing, roziligimni olayotganing uchun senga ham Alloh taoloning rahmati bo’lsin", - der edilar. Abu Hurayra (r.a.) tashqaridan qaytib kelganlarida ham ona-bola o’rtasida shu muomala takrorlanardi".

Abu Murra - Abu Tolibning qizi Ummu Xonining yoki Aqilning ozod qilgan quli edi .

Qayd etilgan