Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608868 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 116 B


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:25:59

13. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay'at qilishga keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo’lmay, xafaliqdan yig’lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen hozir ota-onang oldiga bor! hijrat qilaman deb ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo’ldim, deb ularni xursand qil", - dedilar".
Abu Murradan rivoyat qilingan 14-hadis 13-hadisshng mazmunan takrori, ammo unda Abu Hurayra (r.a.)ning asp ismi sharifi Muso ibn Ya'qubdan eshitgani bo’yicha Abdulloh ibn Amr ekashigi eslatshgadi.

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:34:53

7-bob. Ota-onaga oq bo’lish haqida

15.  Abu Bakra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi?" - deb uch martaba so’radilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, aytib bering", deyishdi. "Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo’lish", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) shu vaqtda yonboshlab o’tirgan edilar, keyin yaxshilab o’tirib oldilarda: "Ogoh bo’linglar! Shu katta gunohlardan biri yolg’on gapirmoq, tuhmat qilmoqdir", dedilar. Shu oxirgi so’zlarini shu qadar ko’p takrorladilarki, men ichimda Rasululloh (s.a.v.) charchadilar, endi gaplarini to’xtatsalar ham bo’lardi, dedim".

Ota-onaga oqq bo’lish - ota-onaga ozor berish, xafa qilish va buyruqlarini bajarmaslikdan iboratdir. Ularning farzandga seni oq qildim, deyishlari shart emas, dillari og’rishining o’ziyoq farzandning oq bo’lganidir .

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:38:43

16.  Mug’ira ibn Shu'ba (r.a.)ning kotiblari Varrod aytdi: "Hz. Muoviya (r.a.) Mug’iraga: "Rasululloh (s.a.v.) dan eshitgan hadislaringdan menga yozib yubor", deb xat yozdilar. Shu xatga javoban Mug’ira: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitdim: ko’p savol so’rashdan, molni zoe qilishdan va asossiz gaplarni og’izdan og’izga naql qilib yurishdan qaytarar edilar” degan hadis-ni Mug’ira aytib turdilar va men yozib berdim"

Ko’p savol so’rashdan murod  biror ehtiyoj bo’lmay turib tilanchilik qilish yoki hayotda uchramaydigan voqea va masalalarni so’rash yoxud kishi o’ziga tegishli bo’lmagan behuda xabarlarni surishtirib yurish kabilardir. Ammo molni zoe qilish esa, uni noo’rin, dunyo va oxirat uchun ham foydasi tegmaydigan joylarga sarflashdan iboratdir, binobarin, isrofgarchilik Alloh taolo oldida gunoh xisoblanadi ).

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:40:31

8-bob. Ota-onasiga la'nat o’qiganga Allohning la'nati bo’lsin

17.  Abu Tufayl Omir ibn Vosila (r.a.) aytdilar: Hazrat Ali (k.v.)dan so’ralganda, Hz. Ali (k.v.):
"Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning o’zimizga xos aytgan gaplari faqat mana shu qilichimning qinidagilardir", dedilarda, undan bir sahifa qog’oz chiqardilar. Bu sahifada: "Alloh taolodan bo’lak narsalar nomiga atab biror jonliqni so’ygan kishiga, ota-onasiga la'nat o’qigan kishiga va shariatda bo’lmagan narsalarni din nomidan paydo qilganlarga yo’l bergan kishiga ham Alloh taoloning la'-nati bo’lsin", degan hadisi sharif yozilgan ekan.

Bu  hadisda aytilgan tafsilot 27-?adisda keladi. Ota-onaga la'nat o’qish ularni so’kishdan va
Allohning la'nati esa, o’z rahmatidan mahrum qilishi demakdir .

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:42:47

9-bob. Gunoh bo’lmagan hollarda ota-ona amriga itoat qilish haqida

18.  Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga quyidagi to’qqizta amalni buyurdilar va dedi-larki: "Garchi majaqlanib ketsang ham yoki o’tda yondirilsang ham Alloh taologa shirk keltirma, farz namozni qasddan tark qilma, uni qasddan tark qiluvchi kishilardan Alloh taoloning zimmasi ajraydi. Mast qiladigan harom ichimliklarni aslo ichma, chunki ular hamma yomonliklarning kalitidir. Ota-onangga itoat qil, agar ular dunyodan voz kech desalar ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qil! Garchand ishboshi bo’lgan odamdan ko’ra o’zingni shu amalga munosibroq deb bilsang ham ular bilan amal talashma (itoat qil). Yoningdan askarlar qochsa ham va o’zing halokatga uchraydigan bo’lsang ham urush maydonidan qochma! qo’lingda bor mol-mulkingdan qaramog’ingdagi ahlu -ayollaringga sarf qil! Xotin va bolalaringga kaltak ko’tarma, to’g’ri yo’ldan  yurmasa, bola-chaqalaringni Alloh taoloning qahri-g’azabiga duchor bo’lishlari bilan qo’rqit".

Alloh taolo zimmasining ajrashi uni o’z panohida saqlamasligiga ishora Qur'onda aytilishicha, urish yo’li bilan bo’lsa hamki, ularga odob-axloq o’rgat, bo’ysunmaslaridan qo’rqsang nasihat ?al, nasihatni qabul qilmasalar, ularni o’zingdan chetlat va shunda ham bo’lmasa,urish bilan ularni qo’rqit, tahdid qil.

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:44:17

19-hadis 13-hadisning aynan takrori, faqat unda jihod qilmoqchi bo’lgan kishiga Rasululloh "Ota-onangni rozi qil", deb aytganlar.

20. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga jihodga borishni talab qilib bir kishi keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onang tirikmi?" - deb so’radilar. U kishi: "Ha, ota-onam borlar", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onang uchun jihod qil!" - dedilar".Ya'ni mushriklar bilan qonli urushga chiqish shart emas, eng maqbuli keksa ota-onaga xizmat qilish, ularni rozi qilib, duolarini olish, tirikchiliklaridan xabardor bo’lib turishing o’zi sen uchun jihoddir.

Jihodni faqat qonli urush ma'nosida tushinish Qur'on-i karim va hadis-i sharif ma'nolarini noto’g’ri anglashga olib keladi, binobarin, jihod faqat qonli urush emas, nafs sharoratini yengash, axloqiy buzilishlarga qarshi kurasha bilish ham jihodga kiradi .

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:45:34

10-bob. Ota-ona duosini olmay jannatga kirib bo’lmas

21. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xor bo’lsin, xor bo’lsin, xor bo’lsin!" - deb o’n martaba takror qildilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasululloh, kimni aytayapsiz?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o’zini do’zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini", dedilar.

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:49:17

11-bob. Ota-onasini rozi qilgan kishining umri uzoq bo’lishi haqida

22. Saxd ibn Muoz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo nasib bo’lib, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi", dedilar"

Bandaning umri azaldan taqdir qilingan. Bu o’rinda umrning uzoq bo’lishi degan gap farovonlikka, rizqning mo’lligiga, dunyoviy ishlarning barakali bo’lishiga ishoradir.
Tubo - jannatdagi bir daraxt nomi .

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:55:29

12-bob. Mushrik ota uchun Allohdan afv so’ramaslik haqida

23. Abdulloh ibn Abbos(r.a.) aytdilar: "Alloh taoloning: "Rabbingiz, Uning O’zigagina ibodat
qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf"!.." dema va ularni jerkima. Ularga (doimo) yoqimli so’z ayt! Ular-ga mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: "Ey, Rabbim! Meni (ular) go’daklik chog’imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qil-gin"(17:23, 24), degan oyatlarning hukmi "Tavba" surasidagi: "Na payg’ambar va na mo’minlar mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo’lsa ham - ularning do’zax ahli ekanlari ma'lum bo’lgandan keyin – istig’for (gunohlarini kechirishni) so’rashlari joiz emas", degan oyat bilan nasx qilingan (9:113)", dedilar".

Uff - jerkish, sendan bezor bo’ldim, degan ma'noda.

Qayd etilgan


Umarbek  13 Avgust 2006, 00:56:51

13-bob. Ota-ona mushrik bo’lsa ham yaxshilik qilish haqida

24. Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Alloh taolo Qur'oni karimdagi to’rt oyatni mening haqimda tushirdi. Onam: sen Muhammaddan ajralmaguningcha men hech narsa yemayman ham, ichmayman ham, deb qasam ichgan edi. Shunda Alloh taolo: "Agar ular (ya'ni ota-onang seni o’zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo’rlasalar, u holda ularga ito-at etma!.." Ammo ularga yaxshilik qilaverish buyurilgan. (31:15). Ikkinchi oyat: g’azotda olingan o’lja mollar ichida bir qilich menga yaxshi ko’rindi. Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan shu qilichni menga bering, deb so’raganim-da, Alloh taolo: "Sizdan (ey, Muhammad!)
o’ljalar haqida so’raydilar...", degan "Anfol" surasining 1-oyatini tushirdi. Uchinchi: men betob bo’lib qolgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) ahvolimni so’ragani keldilar. Shunda men: "Yo, Rasulalloh, men mollarimni taqsim qilib qo’ymoqchiman. Shundan yarmini Alloh taolo yo’liga vasiyat qilsam bo’ladimi?" - deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, bo’lmaydi", dedilar. "Bo’lmasa ularning uchdan birini vasiyat qilsam", deganimda Rasulullo? (s.a.v.) sukut etdilar. Mana shundan keyin mollarimning uchdan birini vasiyat qilish joiz bo’ldi . To’rtinchi: ansorlardan bir nechtasi bilan o’tirib ichkilik ichdik. Shunda ulardan bittasi tevaning iyagi bilan mening burnimga urdi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borganimda, Alloh taolo ichkilikni harom qilib oyat tushirdi (2:219) , dedilar.

1 Vasiyat haqida oyat yoq, bu haqdagi hukm Rasululloh hadislari bilan sobit bo’lgan .
2 Bir qator mufassirlar ichkilikning ma’n etilishi uch bosqichdan iborat ekanligini ko’rsatib o’tganlar. "Umar ibn Xattob .

Qayd etilgan