40-bob. Payg’ambar do’stlari
75. Rifa'at ibn Rofi' (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Umar ibn Xattob
(r.a.)ga: "Mening oldimga qavmlaringni yigib kel", deb buyurdilar. Hz. Umar (r.a.) ularni to’plab
Rasululloh(s.a.v.)ning eshiklari oldiga qo’yib, o’zlari Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib: "Yo
Rasululloh! qavmlarimni olib keldim", dedilar. Bu voqeadan xabardor bo’lgan ansorlar eshitib:
"Qurayshlar haqida biror vahy (oyat) kelgan bo’lsa kerak", deb uni eshitish va ko’rish uchun ulardan bir qancha kishi ul janob huzurlariga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) uylaridan chiqib, ularning o’rtasida tik turdilar-da: "Oralaringizda begona kishilar bormi?" - deb so’radilar. Hz. Umarning qavmlari: "Ha, oramizda muohada qilishgan kishilarimiz, singlimizning o’gli va ham ozod qilgan qullarimiz bor", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Muohada qilishgan kishilar, singlimizning o’gli hamda ozod qilgan qullarimiz hammasi o’zimizniki va sizlar quloq solasizlar: Qaysilaringaz Alloh taolodan qo’rquvchiroq bo’lsa, shular mening yaqinlarimdir. Agar sizlar shunday bo’lsalaringiz yaxshi, aks holda oqibat nima bo’lishini o’zlaringaz o’ylab ko’ring! qiyomat kuni odamlar (yaxshi) amallar bilan kelganda sizlar og’ir yuklarni (gunohlarni) ko’tarib kelmang, u vaqtda Alloh taolo sizlardan yuz o’giradi", dedilar. Shundan. keyin Rasululloh muborak ikki qo’llarini ko’tarib, qurayshlar boshiga qo’ydilar: "Ey, odamlar! quraysh qabilasi ishonchli kishilardir, kim ularga zulm va yomonlikni ravo ko’rsa, Alloh taolo uni ikki burni bilan yerga to’ntaradi", deb shu so’zni uch bor qaytardilar.
Ikki burun bilan to’ntarish - demak, Alloh taolo benihoya xor qiladi demak .