Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608647 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 116 B


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:47:28

120.  Bir xotin hz. Oyisha (r.a.)ga kelib "Er xotiniga yaqinlik qilishni ko’ngli tusab qolganda, xotinining jahli chiqib yoki kayfi choh turganidan erining talabini qabul qilmasa, gunohkor bo’ladimi?" - deb so’radi, hz. Oyisha (r.a.): "Albatga gunohkor bo’ladi. hatto shundoqki, agar er egar ustida o’tirgan chog’ida xam xotinidan talab qilib qolsa, u yo’q demasligi kerak", dedilar. U xotin yana hz.Oyishadan: "Xotin xayz ko’rgan bo’lsa, uyida o’zi bilan eriga faqat bitta to’shak yoki bitta ko’rpadan bo’lak yotadigan narsasi bo’lmasa, eri undan talab qilganda xotin nima qilsin?" - deb so’radi. hz. Oyisha: "U vaqtda xotin ostki kiyimni kiyib olib, eri bilan yotaveradi. Ammo eri bo’lsa, uning maxsus eridan bo’lak a'zolaridan istaganicha foydalanish joizdir. Men senga Rasululloh (s.a.v.) bilan qilgan ishimizni ochiq aytib bera qolay. Rasululloh (s.a.v.)ning men bilan bo’ladigan kechalarida qo’l tegirmonida ozgina arpani tortib, undan non yopdim. Rasululloh (s.a.v.) uyga kirdilarda, eshikni qulflab, uydagi namoz o’qiydigan joylariga bordilar. Rasululloh (s.a.v.)ning odatlari uxlash oldidan eshikni qulflash, suv solinadigan meshning og’zini ip bilan bog’lash, taom suziladigan  idishlarni yerga to’ntarib, chiroqni o’chirib qo’yish edi. Shularni qilib bo’lgandan keyin yotar edilar.Shunda men Rasululloh (s.a.v.) namozlarini o’qib bo’lsalar, nonlarini oldilariga qo’yaman, deb kutib yotab uxlab qolibman. Rasululloh namozni o’qib bo’lib sovuq qotdilar shekilli yonimga keldilarda, meni uyg’otib: "Meni isitib qo’y", dedilar. Men: "E Rasululloh! Men xayz ko’rib qoldim", degan edim, Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, ikki soningai och", dedilar. Men ikki sonimni ochdim. Rasululloh (s.a.v.)
muborak yuzlari va boshlarini sonlarim ustiga qo’yib yotib ozgina isinib uxladilar, ana shu vaqtda qo’shnimizning uyda boqadigan qo’yi uyimizga kirib, nonni olib ketdi. Uning og’zidan nonni olib qolish  uchun qilgan harakatimdan Rasululloh (s.a.v.) uyg’ondilarda: "Mayli, undan qolgani ham kifoya qiladi, qo’yi to’g’risida gapirib qo’shningga ozor bermagin!" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:48:59

67-bob. Qo’yning pochasi bilan bo’lsa ham qo’shniga hadya berish haqida

121. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir kishining yomonligi va ozor berishidan qo’shnisi tinchimaydigan bo’lsa, u jannatga kirmaydi", deganlar

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:49:23

122.  Amr ibn Muoz buvisi Havvodan rivoyat qilishicha, Rasululloh? (s.a.v.): "Ey, musulmon xotinlar! Agar qo’shningizdan qo’yning pochasidek bir arzimas narsa chiqsa ham taxqirlamasin", dedilar.

Qo’shni xotinlarning bir-birlariga ozmi-ko’pmi narsalar berib turishlari o’zaro munosabatlarni yaxshilab boraveradi. Hadisga ikkinchi ma'no ham berilishi mumkin: hech kimsa qo’shnidan chiqqan narsani "Shu arzimaydigan narsani berdimi!" - deb taxqirlamasin, chunki har kim o’z himmati va qudratiga yarasha hadya qiladi. Hadya oz bo’lgani uchun uni mensimaslik o’rtada adovatni qo’zg’atadi.
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 123-hadis mazmuni 122-hadisning aynan

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:56:43

68-Qo’shnidan shikoyat qilish haqida

124. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga kelib: "Yo Rasululloh! Mening bir qo’shnim bor, u menga ko’p ozor beradi", deb shikoyat qildi. Rasululloh(s.a.v.) unga: "Uyingga borib hamma buyum, asbob-uskunalaringni ko’chaga chiqarib qo’y", deb maslahat berdilar. U Rasululloh (s.a.v.) buyurganlaridek uyidagi narsalarini ko’chaga chiqarib qo’ydi. Odamlar yig’ilib: "Bu nima, nima hodisa bo’ldi?" - deb so’rashganda, u bo’lgan voqeani ularga aytib bergandan keyin, ular: "O’z qo’shnisiga ozor bergan bunday qo’shniga Alloh taoloning la'nati bo’lsin!" - deb duoibad qila boshladilar. Bu mojarodan xabardor bo’lib qolgan o’sha yomon qo’shni o’zi kelib uzr so’radi va: "Yuklaringni uyingga kirgizib qo’yaver! Bundan keyin senga sira ozor bermayman", deb qasam ichdi.

125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:56:59

125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat qilingan.

126. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ilgari janoza namozi o’qiladigan yer
(maqomi Ibrohim)da oq kiyim kiygan bir kishi bilan ro’baro’ o’tirgan vaqtlarida bir odam o’z
qo’shnisidan ko’rayotgan zulmdan shikoyat qilgani kelib, maqomi Ibrohim bilan Rukni Yamoniy o’rtasida o’tirdida: "Yo Rasululloh! Ota-onam sizga fido bo’lsin, yoningizdagi oq kiyim kiygan kishi kim edi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "Uni  sen ko’rdingmi? Senga ko’p yaxshilik, barakotlar. kelibdi, u Hazrat Jabroil edilar. Jabroil (a.s.) menga qo’shnichilik haqida ko’p ta'kid qildilar, hatto men qo’shnilarni bir-biriga merosxo’r qilish haqida Alloh taolodan vahiy keltirdilar shekilli, deb gumon qildim", dedilar".

[iMaqomi Ibrohim - Harami sharif ichida, Ka'baning o’ng tarafidaga kichik bir yer, rukni Yamoniy esa, ushyug o’ng tarafidagi burchak nomi.[/I]

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:57:11

69-bob. Qo’shnini ko’chib ketishga majbur qilgan kishi haqida

127.  Savbon (r.a.) aytdilar: "Ikki kishi bir-biri bilan uch kundan ortiq arazlashib yurib, bittasi vafot etsa yoki ikkalasi ham yarashib olmay, shu holda o’lsa, albatta, ikkisi ham Allohning qahriga yo’liqadi. Qaysi bir qo’shni o’z qo’shnisiga zulm qilib, uni o’z hovlisidan chiqib ketadigan holatga keltirsa, albatta halokatga uchraydi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:58:25

70-bob. Qo’shni yahudiy bo’lsa ham...

128. Mujohid (r.a.) aytdilar: "Ibn Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning yonida edim. Quli bir qo’yni so’yish uchun sudrab olib ketayotgan edi. "Ey, yigit! - dedi Ibn Amr. - qo’yni so’yganing zahoti ulush berishni yonimizdagi yahudiy qo’shnimizdan boshlash esingdan chiqmasin!" Yonimizda turgan bir odam: "Yahudiyga ehson qilasanmi? Alloh seni isloh qilsin!" - dedi. Abdulloh ibn Amr: "Rasululloh (s.a.v.) qo’shniga ehson qilishlikni tavsiya etganlarini eshitganman, shunchalar ko’p tavsiya qilganlarki, hatto qo’shni bizga merosxo’r bo’ladimikin, deb o’ylab qolganmiz". deb javob berdi .

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:58:38

71-bob. Karam Haqida

129.  Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Sahobiylar Rasululloh (s.a.v.)dan: "Odamlarning eng karimi kim?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning eng karimi Alloh taolodan qo’rquvchirog’idir", dedilar. Ular: "Yo Rasululloh, biz uni so’ramadik", deyishdi. Rasululloh: "Odamlarning karimrog’I Hazrat Ya'qub payg’ambar o’g’li va Ibroxim xalilullohning nabirasi Hazrat Yusuf payg’ambar  (a.s.)dirlar", dedilar. Ular yana: "Bizning savolimiz bu haqida  ham emas edi", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): "Siz arablarning ma'dani qabilalari haqida so’rayotgan bo’lsan-giz kerak, jo?iliyat zamonida kim yaxshi bo’lgan bo’lsa, Islom dinini qabul qilib, uni yaxshi o’rganib va shunga muvofiq amal qilsa, ularning yaxshi nomi karimliklari davom etaveradi", - dedilar.

Karam so’zi ko’p ma'noni o’z ichiga oladi. Karam insonga xos bo’lgan viqor va fazilatlar, barchaga ma'qul keladigan fel-atvorni ifoda etadi. Karam to’grisida savol bergan sahobiylarning maqsadlariga Rasulullohtushunib turgan bo’lsalar ham musulmon kishilar uchun avzal karamning yuqori qismi bo’lgan taqvoni eslatdilar. Keyin nasabi paygambarlardan bo’lgan Yusuf (a.s.)ni zikr etdilar, chunki arablar nasabning diniy tomoniga e'tibor bermay, faqat hukmronlik va mol-mulkda ustunlikni nazarda tutar edilar. Savol berayotganlar uchinchi bor takrorlapshlarida Rasululloh (s.a.v.) maqsadni anglatib, shunda ham asosiy e'tiborni dinga qaratish keraklshmni uqtirdilar. Din bu o’rinda taqvogina emas, goya va vijdon hamdir .

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 06:58:56

72-bob. Yaxshiga ham. Fojirga ham yaxshilik qilaverish haqida

130. "Ehson (ezgulik)ning mukofoti fakat ehson (ezgulik)dir" (55:60), degan aqidaga Muhammad ibn Alj(ibn Xanafiya): "Bu oyati karima mazmuni yaxshi kishiga ham, fojirga ham shomildir", deb izoh bergan edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:01:03

73-bob. Yetim tarbiyalaganning fazilati haqida

131. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Beva xotinlar va miskinlar ro’zgoriga (yordam qilish uchun) harakat qiluvchi kishi Alloh taolo yo’lida jihod qiluvchilar va kunduzi ro’zador, kechasi ibodat bilan mashgul bo’ladigan kishilardek savobga egadir", dedilar".

74-bobdagi 132-hadis mazmuni 89-hadisning aynan takroridir, faqat 132-hadis to’qridan to’gri Hz.Oyisha (r.a.)ning o’zlaridan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan