Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608272 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 116 B


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:32:17

82-bob. Mamluklarga yaxshi munosabat haqida

156. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning dardlari og’irlashgan vaqtida menga: "Ey, Ali! Menga hayvon kuragidan olib kel, men ummatlarim zalolatga tushmaydigan narsalarni yozdiraman", dedilar. Men esa, kurakni olib kelgunimcha Rasulullohning olamdan o’tib qolishlaridan qo’rqib: "Yo Rasulalloh! Aytadigan gaplaringizni men yodimda saqlab qolaman", dedim. Shu vaqtda Rasulullohning muborak boshlari mening bilagim bilan yelkam ustida edi. Rasululloh (s.a.v.)shunda: "Namozni o’z vaqtida o’qinglar, zakotni beringlar hamda qo’l ostingizdagi kishilarga yaxshi qaranglar", deb vasiyat qildilar va jonlari chiqqunga qadar shunday so’zlarni aytib, oxirida "Lo iloha illalloh,Muhammadu-r-Rasululloh" kalimasiga guvohlik berishga buyurdilarda: "Kim shu kalimaga ko’ngil bilan guvohlik bersa, Alloh taolo uning jasadini do’zax o’tiga harom qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:32:41

157. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Birov sizni uyiga taklif qilsa boring, hadya qilinsa, qabul qiling va musulmonlarni urmang", dedilar.Taklif xoh ziyofatga, xoh biror to’yga bo’lsa (basharti u yerda ichkilik kabi buzuq ishlar bo’lmasa) unga  borish lozim. hadya berilganda uni hazm qilib ketmay, iloji bo’lsa yaxshiroq biror narsa berish albatta
yaxshiroqdir. Shar'iy yoki qonuniy hukm bilan bo’lmasa, musulmonlarni va shu jumladan qaramog’idagi  kishilarni nohaq urish albatta haromdir .

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:33:04

158.  Hz. Ali (k.v.) Rasululloh (s.a.v.)ning so’nggi so’zlari shunday bo’ldi, deb xabar qildilar: "Namozni kanda qilmang, namozni kanda qilmang. Qaramog’ingizdagi kishilarga yomon munosabatda bo’lishdan Allohdan qo’rqing!"

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:02:37

83-bob. Qaramog’idagi kishilarga yomon qarash haqida

159. Abu Dardo (r.a.)dan rivoyat qilindi. U zot aytdilar: "Baytariy hayvonlarni qanday yaxshi bilsa, biz sizlarni undan ko’ra ham yaxshiroq bilamiz. Yaxshilaringazni ham, yomonlaringizni ham bilib oldik. Kimki odamlarning yaxshiligidan umidvor bo’lib, yomonligidan amin bo’lib yuradigan bo’lsa, u yaxshi kishi. Ammo yaxshiligidan umid uzib, yomonligidan qo’rqib yuradigan bo’lsa va ozod qilgan quliga yaxshilik va yordam qilmasa, u yomondir".

Baytariy - mol do’xtiri demoqchi (t.).

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:10:26

160.  Abu Umomadan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Kimki (qo’lidagi bor narsalaridan) kishilarga bermasa, (safarda ovqatimga hamroxlarim sherik bo’lmasin deb) ovqatini o’zi yesa va qulini uradigan bo’lsa, u kishi Allohning ne'matvorligani inkor qiluvchidir".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:10:34

161. Hasan Basriy aytdilar: "Bir kishi o’zining qul bolasiga tevani sug’orib kelishni buyurganda, bola uxlab qolib, xo’jasining buyruqini bajara olmagan ekan. Shunda u bolaning yuziga cho’q otgan, qul bola qochib borib quduqqa yiqilgan. U erta bilan Hz. Umar huzurlariga bordi. Hz. Umar bolaning yuzidagi cho’gning asarini ko’rib, uni ozod qilib yuborishni buyurdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:11:01

84-bob. Cho’rini a'robiyga sotib yuborish haqida

162. Amr (r.a.) aytdilar: Hz. Oyisha (r.a.) o’zlarining bir cho’rilariga: "Men vafot etganimdan keyin sen ozodsan", deb qo’ygan edilar. "Bir kun Hz. Oyisha betob bo’lib qoldilar. Shunda akalarining o’gillari sudanlik yoki Hindistonlik bir lo’li tabibga u zotning dardini aytilganda, tabib: "U kishi sehrlanganlar, u zotni o’z cho’rilari sehr ?ilgan", dedi. Tabibning so’zini Oyishaga aytilganda, u kishi cho’rini chaqirib so’radilar. Cho’ri esa sehr qilganini e'tirof qildi. Hz. Oyisha (r.a.): "Nima uchun bu ishni qilding, endi bundan keyin sen sira cho’rilikdan qutilmaysan", dedilarda, "Buni cho’rilariga yomon qaraydigan a'robiylarga sotib yuboringlar", deb buyurdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:12:16

85-bob. Xizmatkorning gunohini kechirish haqida

163.  Abu Umoma (r.a.) aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.) ikkita qul bolani olib keldilarda, birini Hazrat Aliga berib: "Buni urma, chunki biz kelganimizdan buyon uning namoz o’qishini ko’rdim. Namoz o’qiydigan kishini urishdan Alloh meni qaytargan", dedilar. Ikkinchisini Abu Zarr (r.a.)ga berib: "Bunga yaxshilik qil, xayrixoh bo’l", dedilar. Abu Zarr u qul bolani ozod qilib yubordilar. Rasululloh (s.a.v.) Abu Zarrga: "Qul bola qalay?" - deb so’raganlarida, u kishi: "Bunga xayrixoh bo’l, degan edingiz, men uni ozod qilib yubordim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:12:25

164.  Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Madinaga kelgan
vaqtlarida u kishiga xizmat qiladigan xodim yo’q edi. Otam Abu Talha mening qo’limdan ushlab
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib borib: "Yo Rasululloh! Anas ziyrak, bola, sizga xizmat qilib
yursin", deb meni Rasululloh (s.a.v.)ga topshirdilar. Men vafotlariga qadar Rasululloh (s.a.v.)ga
safarlarida ham, safarda emas vaqtlarida ham xizmat qildim. Birorta ishni noo’rin qilib
qo’yganimda Rasululloh (s.a.v.): "Nega buni shunday qilding?" va bir ishni qilmay qo’ygan bo’lsam ham: "Nega buni qilmading?" - deb aytgan emaslar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:12:35

86-bob. Qul o’g’irlik qilsa

165. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Agar mamluk o’girlik qilsa, uni yigirma tangaga bo’lsa ham sotib yubor", dedilar.

Qayd etilgan