124-bob. Kishilarga ochiqyuzlilik bilan harash haqida
247. Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) bilan uchrashib, u kishidan Tavrotda Rasululloh (s.a.v.)ning sifatlari haqida yozilgan gaplarni menga aytib bersangiz, deb so’radim. U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning Qur'onda aytilgan sifatlari dan ba'zisi Tavrotda ham bor, dedilarda, "Ey, Pay-hambar! Darhaqiqat. Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga) guvoh bo’luvchi, (jannat haqida) xushxabar beruvchi va (do’zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik", deb "Ahzob" surasidagi 45-oyatni o’qidilar. (Yana Tavrotda shunday sifatlangan): "O’qish va yozishni bilmaydigan xalqlar (arablar)ni muhofaza qiluvchi qilib yubordim", deyilgan. Unda yana: "Ey, Muhammad! Sen mening bandam va elchimsan. Men senga o’zimgagana tavakkul qiluvchi, deb nom qo’ydim. Sen badxulq va qo’pol muomalalik, yomonlikka yomonlik qaytaruvchi emas, balki yomonlikni kechiruvchi, afv qiluvchisan. Sen Ibrohim xalilullohning o’zidan keyin buzilgan va o’zgartirilgan dinini barpo qilib, arablar "Lo iloha il-lolloh" kalimasini aytib, shu kalima bilan ko’r ko’zlarini, garang quloqlarini va yaralangan dillarini ochmaguncha dunyodan ketmaysan", deyilgan, dedilar".