Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 435914 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 116 B


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:27:49

125-bob. Tabassum qilish haqida

251. Qays (r.a.) aytdilar: "Jobir ibn Abdulloh (r.a.) shunday deganini eshitdim: "Men musulmon bo’lganimdan beri Rasululloh (s.a.v.) meni qachon ko’rsalar, tabassum qilardilar. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Yamanliklarning eng yaxshilaridan bo’lgan bir kishi mana shu eshikdan kirib keladi, uning yuzida farshitalik belgisi bor", degan ekanlar, shu vaqtda eshikdan Jobir kirib keldi (ya'ni men kirib keldim)".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:28:14

252. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning ovozlarini baland chiqarib kulganlarini sira ko’rmadim, u zot faqat tabassum bilangina kular edilar. Rasululloh (s.a.v.) bulut ko’rsalar yoki shamolni tursa, yuzlarida xafalik alomatlari sezilardi. Shunda men: "Yo Rasululloh! Odamlar bulutni ko’rganda yomg’ir yoqsa kerak, deb xursand bo’ladilar, ammo shunday paytda sizning yuzingizda xafalik alomatini ko’raman", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Bulutda biror azob bo’lmasligidan menga kim kafolat beradi? qaysi bir qavmlar shamol bilan azoblangan. Ba'zi qavmlar bulutni ko’rganda bu bulut bizga yomg’ir olib keladi, deb xursand bo’lib turgan vaqtlarida yomshr o’rniga azob kelib qolgan", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:28:25

126-bob. Kulish haqida

253. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sa.v.): "Tovush chiqarib kulishni kam qil! Chunki ko’p kulish dilni vayron qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:28:37

254-hadis 253-hadisning takrori va u ham Abu Hurayra (m.)dan rivoyat qilingan.

255.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir qancha sahobiylar   kulishib o’tirishgan vaqtida Rasululloh (s.a.v.) chiqib qoldilar-da: "Jonim qudrat qo’lida bo’lgan Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilamanki, men biladigan narsalarni bilganingizda, albatta, oz kulib, ko’p yig’lagan bo’lardingiz", deb chiqib ketdilar. Sahobiylarning kulgisi yig’iga aylandi. Shunda Rasululloh(s.a.v.)gaAllohtaolo: "Ey, Muhammad, nima uchun bandalarimni noumid qilasan?" - deb vahiy qildi. Rasululloh (s.a.v.) ularning oldiga qaytib chiqdilarda: "Ey, ummatlarim! Sizlarga shodlik bo’lsin! To’g’ri so’z bo’lingaz, o’rta yo’lni tanlangiz!" - dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:28:54

127-bob. Rasulullohning yurishlari

256.  Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan hadis rivoyat qilgan vaqtlarida: "Menga ikki kiprigining mo’yi o’siq va ingichka, ikki beli oq, kelayotganda va ketayotganda ham to’ppa-to’g’ri yuradigan zot so’zladilar. Birorta ko’z u zotdek kishini ko’rmagan va aslo ko’rmaydi ham", deb Rasululloh (s.a.v.)ni ta'riflar edilar.

Beli oq degani - ich tomoni, yuragi toza, oq ko’ngilli ma'nosida.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:29:13

128-bob. Maslahat so’raladigan kishi amin bo’lishi kerakligi haqida

257. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abul Haysam (r.a.)dan: "Sening xodiming bormi?" - deb so’radilar. U kishi: "Yo’q", deb javob qilganlaridan keyin: "Unday bo’lsa bizga asirlar kelganida bir kelib ket", dedilar. Asirlar kelgandan keyin Abul Haysam ham keldilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.):  "Mana shu ikkita asirdan birini o’zingga tanlab ol!" - dedilar. U kishi: "Yo RasulAlloh! O’zingiz men uchun tanlab bera qoling!" - dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Maslahat so’ragan kishi albatta amin bo’ladi. Mana bu asirni olaqol, men uning namoz o’qiyotganini ko’rdim, unga yaxshi qara", dedilar. Keyin Abul Haysamning xotinlari: "Siz Rasululloh (s.a.v.)ning "Bunga yaxshi hara", degan buyruklarini faqat asirni qullikdan ozod qilish yo’li bilangana bajarasiz", degan edi, AbulHaysam: "Unday bo’lsa men uni ozod qildim", dedilar. Shusda Rasululloh(s.a.v.): "Alloh taolo har bir payg’ambar yoki uning xalifasini xalqqa yuborganda, albatta ularning ikkita sirdon maslahatguyi bo’ladi. Ulardan biri yaxshilikka buyursa, ikkinchisi unga yomonlikni tavsiya qiladi va shunday qilishdan tortinmaydi. Mana
shunday yomon maslahatgo’y sirdondan saqlanib qolgan kishi boshqa yomonliklardan saqlanadi",dedilar".

Bu yerda Abu-l-Haysamning xotinini aqlli, yaxshi maslahatgo’y ekan, deb yaxshi sirdon maslahatgo’yiga o’xshatadilar.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:29:24

129-bob. Mushovarat haqida

258.  Amr ibn Dinor (r.a.) Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qildilar: "Alloh taoloning "Ishda ular
(Sahobiylar) bilan maslahatlashgin" degan (3:109) oyatiga Ibn Abbos "ba'zi" so’zini qo’shib, "Ba'zi ishda ular bilan maslahatlashgin", deb o’qidilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:29:32

259.  Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "qaysi bir jamoat (biror ishda) boshqa kishilardan maslahat so’rasa, albatta ularning ko’ngli eng yaxshi fikrga yo’l olgan bo’ladi", dedilarda: "Ularning ishi o’rtalarida maslahat bilan bo’ladi", degan (42:38) oyatini o’qidilar.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:29:41

130-bob. Noto’g’ri maslahat beruvchining gunohi haqida

260. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men aytmagan so’zni kim o’zidan to’qib mening nomimdan aytsa, u kishi do’zaxdan joyini olaversin" hamda "Bir musulmon birodari maslahat so’raganda noto’g’ri maslahat bergan kishi unga albatta xiyonat qilgan bo’ladi va kim birovga hujjatsiz, asossiz, noto’g’ri fatvo bergan bo’lsa, uning gunohi o’sha fatvo bergan kishi ustiga tushadi", dedilar".

Qayd etilgan


Muslima_subh  28 Sentyabr 2006, 18:00:10

131-bob. Kishilar orasidagi muhabbat haqida

261. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening nafsim qo’lida bo’lgan zot nomi bilan qasamyod qilaman, sizlar musulmoni komil bo’lmaguningizcha jannatga kira olmaysiz. Musulmoni komil bo’lishingiz uchun bir-birlaringizga muhabbat qo’ymoqingiz shart. O’rtalaringizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni oshkora beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya'ni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi", dedilar".

262-hadis aynan shu mazmunda Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan