326. Asmo' binti Yazid (r.a.) dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Men sizlarga eng yaxshilaringizni aytib beraymi?" - dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, aytib bering", deyishdi. "Ular shunday kishilarki, qachon ko'rinsalar Alloh taoloni eslatadilar. Eng yomonlaringizni aytsam, ular chaqimchilik bilan yurib do'stlar orasini buzuvchi, begunoh odamlarga buzuqlik, halokat va mashaqqatga mubtalo bo'lishlarini izlovchi kishilardir", dedilar".
Ya'ni ular qachon kishilar orasiga kirsalar, darhol amri ma'ruf va naxyi munkar qiladilarda, beparvo bo'lgan odamlarni ogohlantirib, Rabbi-l-izzat tomonga moyil bo'lishga da'vat qiladilar. Allohni eslatadilar so'zvdan murod, vallohu a'lam, shu bo'lsa kerak .