Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 435952 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 116 B


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:27:54

329.  Ibn Jurayj Ato ibn Abi Raboh (r.a.)dan rivoyat qiddi, u kishi: "Fohishani oshkor qilgan kishiga boshqalarga ibrat bo'lsin uchun jazo berish kerak", der edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:28:07

152-bob. Odamlardan ayb izlagan kishi haqida

330.  Abu Tihyo Hakim Sa'ddan rivoyat qilindi, u kishi: "Men hz. Alvdan: "Sizlar buzuq ishlarni qil-gan kishini uyaltirish uchun uning aybini oshkora qiluvchi va sirni ochuvchi bo'lmang, chunki orqalaringizda sizni mashaqqatga soluvchi, xafa qiluvchi bolalar va uzoq vaqt davom ladigan turli fitna va mashaqqatlar bor", degan gaplarni eshitdim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:28:17

331. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Sen bir birodaringaing ayblarini zikr qil-moqchi bo'lsang, avval o'z ayblaringni esla!" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:28:32

332.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Qur'ondagi "O'zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax qilmangiz" (49:11) deyilgan oyatni "bir-biringizga ta'na qilmang", deb tafsir qildilar.

Ya'ni kishilarni mazax qilsangiz, sizni ham mazax qiladilar, birovga ta'na qilsangaz, sizga ham ta'na qiluvchilar topiladi

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:28:43

333.  Abu Jubayra ibn Dahhok (r.a.): "Bir-birlaringizni laqablar bilan atamangiz" (49:11), deyilgan oyati karimasi Bani Salama qavmi haqida kelgan", dedilar. Yana u kishi "Bizda har bir kishining ikkitadan ismi bo'lgan. Rasululloh (s.a.v.) bizning qavmga kelgandarida "Hay, falonchi", deb bir kishini chaqirdilar, shunda odamlar: "Yo Rasulalloh! Uni bu ismi
bilan chaqirsangiz xafa bo'ladi", deyishdi.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:28:57

334.  Akrama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos yoki Abdulloh ibn Umar ikkalalaridan biri ikkinchilarini taomga da'vat qiddi. U kishining joriyalari xizmat qilib turgan paytida uni "Hoy, zoniya", deb chaqirdilar. Shunda u kishining hamtovoqlari: "Unday demang! Joriya sizning ta'nangiz uchun bu dunyoda had urolmasa ham, qiyomat kuni albatta had uradi", dedilar. Joriyani zinokor degan kishi: "Agar u haqiqatda zinokor bo'lsachi?" - degan edilar, u kishi: "Alloh birovlarni yomon ibora bilan so'kinuvchi hamda so'kishga odat qilgan kishini sevmaydi, deydilar". Bu oxirgi so'zni aytgan kishi Ibn Abbos edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:29:05

335.  Abdulloh ibn Mas'ud aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min kishi odamlarni ta'na qiluvchi, uyaltiruvchi, kishilarga la'nat yog'diruvchi, yomon iboralar bilan so'kinuvchi va uyatsiz, tili achchiq bo'lishi ham mumkin emas", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:31:04

153-bob. Maqtash haqida

336. Abu Bakra Nuffayyi' ibn Horis (r.a.) aytdi: "Rasuli amin (s.a.v.) huzurlarida bir kishi ustida gap bo'ldi va uni kimdir maqtadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Uni shunday maqtashing bilan bo'ynini uzib qo'yding", dedilar. Va shu gaplarini necha marta takrorladilarda, keyin: "Agar bittangiz bir birodarini (haqiqatdan bor bo'lgan xislatlari bilan) maqtamoqchi bo'lsa, mening fikrimcha, bu shunday odam, degan so'zni avval aytib qo'ysin. Chunki uning haqiqiy
holini Alloh taolo o'zi biladi. Bandalar bir-birlarini Alloh taologa bu kishi albatta pok, deb hukm qilib bermoqlari durust emas", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:31:11

337.  Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir odam ikkinchi odamni oshirib maqtayotganini eshitsalar: "Sen u odamni halok qilding" yoki "Sen o'sha odamning belini sindirding", der edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:31:18

338.  Ibrohim Taymiy otalaridan rivoyat qildilar, u kishi: "Biz hz. Umar ibn Xattob oldilarida o'tirgan edik, shunda bir kishi ikkinchi kishini o'zining yuziga maqtadi. Hz. Umar: "Bu kishini sen halok etding. Alloh taolo seni ham halok etsin", deb duoibad qildilar". (Kishining yuziga maqtashda halokat borligi uchun hz. Umar u kishini duoibad qishdilar).

Qayd etilgan