Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 435949 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 116 B


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:31:26

339.  Ibn Aslamiy ham otasidan rivoyat qilib, hz. Umarning shunday deganlarini xabar qildi: "Odamlarni oshirib maqtash ularni bo'g'izlashdir". Muhammad ibn Zayd bu so'zlarning ma'nosini tushuntirib: "Maqtalgan odam maqtovchining gapiga ishonib g'ururlanadi, o'ziga bino qo'ayadi va natijada halok bo'ladi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:31:41

154-bob. Kishi o'zi ishongan odamni maqgashi haqida

340. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v,): "Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Abu Ubayda ibn Jarroh, Ubayd ibn Huzayr, Sobit ibn Shammos, Maoz ibn Amr ibn Jumux, Muoz ibn Jabal (r.a.)larni: "Bular hammasi juda yaxshi odamlar", deb maqtadilar va "falonchi falonchilar" deb yetti kishining nomini tilga olib: "Bular yomon kishilar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:31:52

341. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi. U kirmasdan avval Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z qabilasining yomon farzandi", dedilar. U huzurlariga kirgandan keyin, yaxshi muomala qildilar. U kishi chiqib ketgandan keyin yana bir kishi kelib ruxsat so'ragan-da, Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z qabilasining yaxshi kishisi", dedilar, lekin unga avvalgi kishiga qilgan muomalalaridek yaxshi muomala qilmadilar. U ham chiqib kettatsdan keyin men: "Yo Rasulalloh! Siz falonchi kelganda yomon odam deb, lekin o'ziga yaxshi muomala qildingiz. Ammo ikkinchi kishini avval maqgadingiz-u, lekin huzuringizga kirganda avvalgisqdek muomala qilmadingaz?" - deb so'radim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyisha! Yomon odamlarga yaxshi muomala qilmoq baloning oldini olmoqtsir", deb javob berdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:33:15

155-bob. Maqtovchilar betiga tuproq sochish haqida

342.  Abu Muammar (r.a.) aytdilar: "Bir kishi tik turib amirlardan bittasini maqgadi. Shunda Miqdom ibn Asvad uning yuziga tuproq sochdilarda, Rasululloh (s.a.v.) ortiqcha maqgovchilarga shunday tuproq sochmog'imizni buyurganlar, dedilar".

343-hadis yuqoridagi hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:33:29

344.  Rajo ibn Abi Rajo (r.a.) aytdilar: "Men bir kuni Mahjon Aslamiy (r.a.) bilan basraliklar masjidiga bordim. Burayda Aslamiy masjid darvozalaridan biri oldida o'tirgan ekan. Hazil qilishga o'rgangan Burayda masjidda namozni uzoq o'qiyotgan Sakba-ni Mahjonga ko'rsatib: "Sen ham shu Sakbadek namoz o'qiysanmi?" - deb so'radilar. Mahjon Buraydaga javob qaytarish o'rniga Payg'ambarimiz (s.a.v.) bilan bo'lgan bir voqeani hikoya qilib berdi: "Rasululloh (s.a.v.)    bir kun mening qo'limdan ushladilarda, "Qani yur", deb o'zlari bilan piyoda olib ketdilar. Ikkimiz birgaliqda Uhud tog'iga chiqtsik. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga qarab turib "Ey, afsus! Bu shahar eng obod bo'lgan bir vaqtda egalari tashlab ketadilar. Shaharga Dajjol kirmoqchi bo'ladi. Lekin hamma darvozalarida farishtalar turganini ko'rib, kirolmay qaytib ketadi", dedilar. Keyin tog'dan pastga tushib masjidga bordilar. Masjidda ruku', sujudlarini yaxshilab namoz o'qiyotgan bir kishiga ko'zlari tushdida: "Bu odam kim?" deb mendan so'radilar. Men: "Bu falonchi", deb uni maqtay boshladim. Rasululloh (s.a.v.): "Bo'ldi, bunday maqtovingni uning o'ziga eshittirma, uni halok qilasan!" - dedilar. Keyin ozgina yurib hujralari (ayollarning xonasi) oddiga bordilar va muborak qo'llarini silkitib turib: "Dinimizdagi amallarning eng yaxshisi yengil va oson bo'lganidir", deb bu so'zlarni uch marotaba takrorladilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:33:51

156-bob. She'riy madhiya haqida

345. Avs ibn Sari' (r.a.)dan rivoyat qilitsdi, u kishi "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Yo Rasulalloh! Men she'r bilan Alloh taoloni va sizni maqtadim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Allohhamdni sevadi",dedilar. Keyin men she'rimni Rasululloh (s.a.v.)ga o'qiy boshladim. Shu vaqtda novcha, boshining old tomonida sochi yo'q bir kishi kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi. Shunda Rasululloh (s.a,v.) menga: "Bo'ldi, jim o'gir", dedilar. Keyin u kishi kirib Rasululloh (s.a.v.) bilan ozgina so'zlashdida, chiqib ketdi. Yana she'rimni o'qiy boshladim. U kishi yana keldi. Rasululloh (s.a.v.) yana menga "jim o'tir", dedilar. Xullas, u kishi ikki yo uch marotaba keldi. Rasululloh (s.a.v.) esa har kelganda meni jim turishga buyurardilar. Keyin men: "Yo Rasulalloh! Bu kshpi kim bo'ladiki, har kelganda meni o'qishdan to'xtatdingaz?" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu kishi botil gapni (she'rni) yaxshi ko'rmaydigan odam" , dedilar" .

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:34:10

157-bob. Shoirga sadaqa

346.   Yusuf ibn Abdulloh ibn Nujayd aytdilar: "Otamning aytishicha, Imron ibn Husayn (r.a.) oldiga bir shoir keldi. Imron unga bir narsa in'om qildi. Shunda kimdir unga: "Shoirga ne uchun ehson berdingiz?" - deb so'raganda, u: "Men o'z obro'yimni saqlash uchungina shoirga in'om qilaman", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:38:16

158-bob. Do'stingazni malol keladigan darajada e'zozlamang

347.   Muhammad ibn Sirin (r.al.)ning aytishiga qaraganda, sahobiylar: "Do'stlaringizni ularga malol keladigan darajada e'zoz qilmang", der ekanlar.

1 Roviylarning bergan xabarlariga ko'ra, bu kishi Umar ibn Xattob edilar .

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:39:00

159-bob. Ziyorat qilish haqida

348. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi do'stini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga: "Hayoting yaxshi o'tsin! Yaxshi ish qilding va jannatdan o'zing uchun joy hozirlading", deydi, deb ta'kidladilar".

349-hadisda Salmon Forsiyning nomunosib kiyinishi haqida gap boradi va ehtimolki kotiblar ko'chirishi natijasida ma'no anglashilmay qolgan, shuning uchun tushirib qoldirildi.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:40:17

160-bob. Ziyoratchining duosi

350.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ansorlardan birining xonadoniga kirdilarda, taom yedilar.   Keyin chiqib ketayotganlarida: "Bu yerga bir joynamoz keltirsanglar", deb buyurdilar. Shunda bir sholchaga suv sepib keltirildi. Unda nafl namoz o'qib, xonadon haqiga duo qilib ketdidar".

Qayd etilgan