165-bob. Gapni ham. ishni ham yoshi ulug' kishi boshlaydi
364. Rofi' ibn Xudayj va Sahl ibn Abi Xasma (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Sahl bilan Muhayyasa ibn Mas'ud (r.a.)lar Xaybarga kelib u yerdagi xurmozor ichiga kirib ketishdi. Shu yerda Abdulloh ibn Sahl o'ldirildi. Shunda Abdurrahmon ibn Sahp bilan ibn Mas'udning ikki o'g'li - Husaya va Muhayyasalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib Abdulloh ibn Sahlning o'ldirilganligi haqida xabar berishdi. Gapni ularning eng kichigi bo'lgan Abdurrahmon boshlagan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Kattarog'ingiz gapirsin", dedilar. Ular bo'lgan voqeani bayon qilib bo'lgach, Rasululloh (s.a.v.): "Birodaringazni o'ldirgan kishi noma'lum bo'lgani uchun sizlardan ellik kishi Abdulloh ibn Sahlni yahudiylar o'ldirgan, deb qasam ichsin", dedilar. Ular: "Yo Rasu-lalloh! Biz uni yahudiylar o'ldirganini ko'rgan emasmiz", deyishdi. Rasululloh: "Unday bo'lsa, yahudiylardan ellik kishi uni biz o'ldirgan emasmiz, deb qasam ichadi", deganlarida, ular: "Biz yahudiylar qasamiga ishonmaymiz, chunki ular kofir, yolg'ondan qasam ichmoqtsan qo'rqmaydilar", deganlaridan keyin Rasululloh baytul-moldan uning xunini to'ladilar". Sahl Abi Xasma: "Men o'sha tevalardan biggasini uchratdim. U meni tepdi", dedilar.