Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608660 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 116 B


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:26:30

174-bob. Yer yuzidagi maxluqlarga marhamatli bo'l

377.  Hz. Umar dedilar: "Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmaydi, kechirmaydigan kishi kechirilmaydi, tavba qilmagan kishidan tavba qabul qilinmaydi, haromlardan hazar qilmagan kishi muhofaza etilmaydi".

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:27:01

378.  Qurra ibn Ilyos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: Bir kishi: "Yo Rasulalloh! Men qo'y so'yaman, lekin unga o'zimning rahmim keladi", dedi. Unga Rasululloh (s.a.v.): "Ko'yga rahm qilsang, Alloh taolo senga ham rahm qiladi", deb shu so'zlarini ikki martaba qaytardilar, deb hikoya qiladilar.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:27:21

379. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Men rostgo'y va rostgo'yliklariga ishonilgan Abulqosim - Rasululloh (s.a.v.)dan: "Rahm-shafqat bad-baxt kishidan bo'lak hech kimdan tortib olinmaydi", degan so'zlarini eshitgan edim", dedilar.

380-hadis 375-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:28:30

175-bob. Ahli ayollarga rahmdil bo'lish haqida

381.  Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) ahli ayollarga juda rahm-dil kishi edilar. Ibrohim degan o'g'lilari Madinaning bir chekkasiga sut emish uchun yuborilgan edi. Bolaga sut emizadigan xotinning eri izxir yoqib tirikchilik qilardi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan unikiga borganimizda, uyning ichi tutun bilan to'lganiga qaramay Rasululloh (s.a.v.) bolani o'par va bo'yini iskar edilar", dedilar.

Izxir - Arabistonda o'sadigan xushbo'y o't, o' yoqilg'i sifatida ham, tom yopish uchun qamish o'rnida ham ishlatiladi.

Qayd etilgan


Muhammad  30 Sentyabr 2006, 17:29:18

382. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi yosh bolasini quchoqlagan holda olib keldi. Rasululloh (s.a.v.) undan: "Bolangga rahm qilasanmi?" - deb so'raganlarida u: "Albatta rahm qilaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen shu bolangga qancha marhamatli bo'lsang, Alloh taolo senga undan ham marhamatliroq bo'ladi, chunki u hamma mar-hamatlilarning marhamatlirog'idir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:02:05

383. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi yo'lda ketayotab, qattiq taisha bo'ldi. Yo'lida bir quduq ko'rinib qoldida, uning ichiga tushib suvidan ichdi. Quduqdan qaytib chiqqan vaqtida bir it tashnaligidan hansirab, xo'l tuproq yalayotganini ko'rdi-yu, bu bechora menga o'xshash tashna ekan, deb o'yladida, qayta quduqqa tushib, maxsisiga suvdan to'ldirib chiqib itga ichirdi. U kishining qijan ishi Alloh taologa maqbul bo'lib, gunohini kechdi", dedilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasulalloh! Hayvonlarga qilingan yax-shiligimiz uchun ham bizlarga savob bo'ladimi?" deb so'rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Har bir yumshoq jigarga qilingan yaxshilik uchun savob bo'ladi", dedilar".

Yumshoq jigar - tirik jonivor ma'nosida. Bu hadis mazmunidan shariatda o'ldirishga buyurilgan ilon, chayon kabilardan bo'lak hamma jonivorlarga yaxshilik qilish va ozor bermaslik kerakligi namoyoi bo'ladi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:02:37

384.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir xotin urg'ochi mushukni ochlikda saqlab o'ldirganligi uchun do'zaxga tushdi. Xudo bilsin, bu mushukni qamab qo'yganingda na taom va na suv bermading yoki yerdagi hasharotlardan tutib yemog'i uchun o'z holiga qo'ymading, deb azoblansa kerak", deb marhamat qildilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:02:53

385. Abdulloh ibn Amr Oss (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga rahm qilsangiz, Alloh taolo ham sizning xato va gunohlaringizni yashiradi. So'z suzgichlariga va o'zlari bilib turib qiladigan yomon ishlarida davom etaveradigan kishilarga Ham vayl bo'lsin", dedilar".

Vayl - xafalik, azob, halokat va do'zax ma'nosida ishlatiladi. So'z suzgichlari, ya'ni, sirni suzgichga o'xshab o'z ichida saqlamay, tashqariga chiqarib yuboradigan kishi .

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:03:55

386. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim rahmdil bo'lib, hatto so'yiladigan hayvonga ham rahmi keladigan bo'lsa, qiyomat kuni Alloh taolo unga marhamat qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:04:09

177-bob. Hummaraning tuxumini olish haqida

Hummara - hajmi va shakdla chumchuqqa o'xshavdigan bir qush nomi.

387. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) bir joyga borgan edilar. Shu yerda bir kishi hummaraning tuxumini oldi. Rasululloh u qushning o'z ustlarida qanot qoqib turganini ko'rib, "Bu qushni kim ranjitdi?" - deb so'radilar. Shunda u kishi: "Yo Rasulalloh, men uning tuxumini olgan edim" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "U jonivorga rahm qil, tuxumini o'z joyiga qaytarib qo'y", dedilar.

Qayd etilgan