Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608682 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:04:30

178-bob. Qushlarni qafasda saqlash haqida

388.  Hishom ibn Urva (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi : "Ibn Zubayr Makkada bo'lgan vaqtlarida shunga guvoh bo'ldilarki, sahobiylar qushlarni qafasda ko'tarib olib yurishar ekan".

389-hadis 134-bobdagi 271-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:04:46

179-bob. Odamlar orasida yaxshilik tarqatish haqida

390. Aqaba ibn Mu'zit (r.a.)ning qizi Ummu Qulsum (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning: "Kishilar orasini tuzatshp, sulhga keltirish uchun "yaxshiliklarini gapiradigan kishini yolgonchi deb aytilmaydi", degan hadislarini eshitab rivoyat qiladilar. Ummu Qulsum: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan odamlar orasini isloh qilish uchun yolgon so'zlash, er o'z xotinining ko'nglini ko'tarish uchun unga yolg'ondan va'da qilish va xotin erining muhabbatini o'ziga jalb qilish uchun ba'zan yolg'on gaplarni so'zlash, mana shu uch holatdan bo'lak vaqtda kishilar orasida bo'ladigan yolgon gaplardan hech biriga ruxsat berganlarini eshitmadim", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:04:57

180-bob. Yolg'on gapirmoq durust emas

391. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Rost gapiringlar, chunki rostgo'ylik yaxshiliklarga boshlaydi va bu yaxshiliklar esa jannatga yo'llaydi. Kishi rost gapiraversa, u Alloh taolo huzurida juda rostgo'y deb yozilib qoladi. Yolg'on gapirishdan o'zlaringizni saqlang, chunki yolg'on gapirish hamma buzuqliklarga olib boradi, buzuqlik esa do'zaxga yo'llaydi. Kishi yolg'on gapiraversa, Alloh huzurida yolg'onchi bo'lib yozilib qoladi", deganlar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:05:22

392. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Xoh chindan, xoh hazil tariqasida yolg'on so'zlamoq ham, biror narsa va'da qilib, uni amalga oshirmaslik ham durust emas", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:05:33

181-bob. Odamlarning ozoriga sabr etmak haqida

393.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan riyuyat qilindi. U kishi "Nabiy muxtaram (s.a.v.): "Kishilarga aralashib, ulardan yetadigan ozorga sabr kdlgan mo'min banda beradi-gan ozorlarga chidamay, ularga aralashmay yuradigan kishilardan  yaxshiroqtsir", deganlar", deb xabar qildilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:05:44

182-bob. Aziyatga sabr etmak haqida

394. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Odamlardan eshitadigan ozorga Alloh taolodan ko'ra chidamlirog'i yo'q. Odamlar Alloh taoloning bolasi bor, deb g'iybat qiladilar. Shunga qaramay Alloh taolo ularga sihat-salomatlikni va rizqparini beraveradi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:06:24

395.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har vaqtdagidek g'animatlarni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: "Vallohi, billohi, bu taqsim Alloh rizosi uchun qilingan taqsim emas", dedi. Men bu gapni albatta Rasululloh (s.a.v.)ga yetkazaman, deb huzurlariga borganimda sahobiylar bilan o'tirgan ekanlar. Ansoriyning gapini sekin quloqpariga aytdim, u zotga og'ir tushdi, g'azablandilar, ranglari ham o'zgarib ketdi. Hatto men bu xabarni yetkazmasam bo'lar ekan, deb afsus qildim. Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) bundan ham ko'proq ozor chekkan bo'lsalar ham sabr qilgan edilar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:06:35

183-bob. Munosabatlarni tuzatish haqida

396.  Abu Dardo (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Men sizga namozdan, ro'zadan va sadaqadan ham darajasi ortiqroq narsani aytib beraymi?" - dedilar. Sahobiylar: "Aytib bering, yo Rasulalloh", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "U esa kishilarning orasi tuzuk bo'lishidir. Uning buzuq bo'lishi hamma yaxshi narsalarni taroshlaguvchidir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:06:59

397.  Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Qur'ondagi "Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni tuzatingiz", (8:1) degan oyatida mo'minlarning Allohdan qo'rqishi zarurligi va munosabatlarini tuzatishlari kerakligi ta'kidlangan".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:07:13

184-bob. So'zingga ishonuvchi kishiga yolg'on gapirish haqida

398. Suf'yon ibn Us'yad Hadramiydan rivoyat qilindi. "Bir kishi: Rasululloh (s.a.v.)ning: "Gapingga qattiq ishonadigan birodarlaringga yolg'on so'zni aytmog'ing katta xiyonatdir", degan hadislarini eshitdim",dedilar".

Qayd etilgan