Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 435887 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:13:57

190-bob. Birodari bilan bir yilgacha gaplashmay yurgan kishi haqida

409-hadis. Abu Xarosh Aslamiy (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning: "Kishi o'z birodari bilan bir yilgacha so'zlashmay yursa, go'yo uning qonini to'kkandek bo'ladi", degan gaplarini eshitdim", dedilar.

410-hadis 409-hadisning aynan takrori bo'lib, fatsat u Imron ibn Abu Anasdan rivoyat qilingan.

191-bobdagi 411-hadis 404-hadisning aynan takrori, 412-hadis ham 'oqoridagi hadislarning mazmunan takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:40:43

192-bob. Adovat haqida

413-hadis 189-bobdagi 405-hadisning aynan takrori.

414. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Nabiy muhgaram (s.a.v.): "Qiyomat kuni Allohtaolo huzurida odamlarning eng yomonlaridan birovlarga bir yuz bilan, ikkinchilarga ikkinchi yuz bilan qaraydigan ikki yuzlamachi kishi bo'ladi", deganlarini xabar qiladilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:41:35

415. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Gumonsirashdan o'zingizni saqpang, chunki gumon bilan aytilgan gap gapning eng yolg'oni bo'ladi. Xaridorni aldash uchun o'zingiz olmaydigan molning narxini oshirmang. Bir-biringazga hasad va adovat qilmang, dunyo ishlarida sendan men o'taman, deb janjallashmang, bir-biringizga teskari bo'lmang. Ey, Allohning bandalari, hammangaz aka-uka bo'linglar!" dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:42:03

416.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Har dushanba, payshanba kunlari jannatning darvozalari ochiladi va Alloh taologa shirk keltirgan kishilardan bo'lak hammaning gunohi mag'firat qilinadi, lekin oralarida qattiq adovati bo'lgan ikki kishi yarashib olmaguncha gunohlarini o'chirishni to'xtatib turinglar, deyiladi", dedilar".

Ya'ni Alloh taolo tomonidan gunohlarini yozadigan va o'chiradigan muakkil farishtalariga: "Bular yarashmaguncha gunohlari kechirildi, deb yozib qo'yishdan to'xtab turinglar", deyiladi

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:42:39

417.  Abu Dardo (r.a.): "Sizlarga sadaqa va ro'zadan ham xayrliroq bir narsani aytaymi? Bir-biriga adovati qattiq bo'lgan yoki arazlashgan ikki kishini yarashtirmoqtsir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:42:46

418.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Uchta katta gunoh bor, kimda shu gunohlardan bo'lmasa, boshqa gunoxlarini Alloh taolo xoxlasa kechirib yuboradi. Birinchisi - Alloh taologa shirk keltirib o'lgan kishi, ikkinchisi - sehrgarlik bilan shug'ullanadigan va ularga tobe' bo'lgan kishi, uchinchisi - o'z birodariga gina va hasad qilgan kishi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:42:58

193. Salomlashish haqida

419.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki mo'minning uch kecha-yu uch kunduz gaplashmay yurishi halol emas. Uch kun o'tgach, biri ikkinchisini uchratib salom bersin, agar salomiga alik olinsa, ikkisi ham ajr topadilar, mobodo salomiga alik olinmasa, salom bergan kishi ba'zi gunohlari-dan forig' bo'ladi"; deb marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:43:23

194-bob. Bolalarni ajratish haqida

420. Abdullohibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: Otam hz. Umar (r.a.) o'g'illariga: "Erta bilan turganingizda bir-biringazdan ajrashinglar, hammangiz bir hovlida jam bo'lmang, chunki bir hovlida jam bo'lsangiz uzilishib qolishlaringazdan yoki boshqa bir yomonlik paydo bo'lishidan qo'rqaman, derdilar", deb hikoya qiladilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:43:35

195-bob. Birodari maslahat so'ramasa ham maslahat bergan kishi haqida

421.  Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir podachi atrofida suvi va o'tlari ko'p yaylov turib, suvi ham, o'tlari ham oz yerda qo'ylarini boqib yurganini ko'rib, "Ey, podachi, qo'ylaringni bu yerdan ko'ra suvi ham, o'tlari ham ko'p narigi yaylovga olib borsang bo'lmaydimi?" degani haqida men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Har bir podachi o'z qaramog'idagi mollari uchun javobgardir", degan hadislarini eshitganman", -dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:48:06

196-bob. Yomon o'rnak bo'lishni makruh ko'rgan kishi haqida

422.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Bizlar boshqa odamlarga yomon o'rnak bo'lishimiz durust emasdir, birovga hadya, tuhfa berib keyin hadyasini qaytarib oluvchi kishi o'zi qusib tashlagan qusig'ini yegan itga o'xshaydi", dedilar".

Qayd etilgan