Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608721 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:48:17

197-bob. Makr va aldash haqida

423.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min banda(lardan ba'zilari) dunyo ishlarida aldanuvchi va lekin o'zi saxovatli, munofiq esa aldovchi, makkor va xasis bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:49:16

198-bob. Koyish va so'kish haqida

424.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) vaqtlarida ikki kishi so'kishdi. Ularning bittasi so'kdi va ikkinchisi jim turdi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.) o'tirgan edilar, ikkinchisi ham uni so'ka boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) birdan o'rinlaridan turib ketdilar. Sahobiylar: "Yo Rasu-lalloh, nima uchun turib ketdingiz?" - deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Farishtalar turgani uchun men ham turdim. Bu kishi jim turgan vaqtda farishtalar avvalgi so'kayotgan kishiga raddi badal qilib turgan edi. Bu ham so'ka boshlagani uchun o'sha farishtalar o'rinlaridan turib ketdilar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:49:28

425.  Ibroxim ibn Abu Abla Ummu Dardo (r.a.)dan rivoyat qildi. "Bir kishi Ummu Dardo (r.a.) oldiga kelib: "Xalifa Abdumalik ibn Marvon huzurida bir kishi sizga ta'na qildi", deb xabar berdi. Ummu Dardo (r.a.): "O'zimizda bo'lmagan ayblar bilan tuhmat qilinsak mayli. O'zimizda yo'q madhlar bilan ko'p maqtalgan ham edik", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:49:35

426. Abdullohibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Bir kishi birodariga sen mening dushmanimsan", desa, ikkalasidan bittasi Islomdan chiqib qoladi yoki u o'sha bi-rodaridan ajrab ketgan bo'ladi". Shu hadisni Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilgan Qays degan kishi aytdi: "Keyin menga Abu Hurayra Abdulloh ibn Mas'udning shu so'zlarini aytib oxirida: "Ammo tavba kdlgan bo'lsa, bu hukmga kirmaydi", degan edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:50:01

199-bob. Bir qultum suv ichirish haqida

427.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. Shu hadis roviylaridan imom Lays: "Bu hadis Rasululloh (s.a.v.) so'zlari bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Har bir odam bolasining badanida uch yuz oltmishta mayda so'ngak va bo'g'inlar bor. Ular shu so'ngak va bo'g'inlar uchun har kuni bir sadaqa qilmokdari lozim. Har bir shirin so'z bir sadaqa, kkshi birodariga yordam qilmog'i ham bir sadaqa, unga bir qultum suv ichirishi ham bir sadaqa va kishilarga ozor beradigan yo'ddagi narsalarni chetga olib tashlash ham bir sadaqa hisoblanadi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:50:37

200-bob. So'kishish haqida

428. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir-biri bilan so'kishuvchi kishilarning aybi so'kishni avval boshlagani ustiga tushadi, basharti ikkinchisi so'kishni haddan oshirib yubormasa", dedilar".

Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 429-hadis 428-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:51:03

430. Nabiy muhtaram (s.a.v.) sahobiylaridan "Tuhmat yoki chaqimchilik nima, bilasizlarmi?" - deb so'radilar. Sahobiylar: "Buni Alloh taolo va uning Rasu-li yaxshiroq biladi", - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu - odamlarning orasini buzish uchun gapini bir-birlariga naql qilib yurishdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:51:17

431.  Yana Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo tavoze'lik bo'linglar va biringiz ikkinchi kishiga zulm qilmasin, deb menga vahy qildi", dedilar.

Tavoze' - lug'aviy ma'nosi kamtarlik, adablilik. Istilohiy ma'noda Alloh taologa bandalikni izhor qilib, buyruqlarini bajarish va qaytargan ishlaridan qaytish, boshqa kishilardan o'zini ustun bilmay, insoniylik jihatidan hammani teng huqukli hisoblab, ularning yordamiga hamma vaqt ehtiyoji borligini e'tirof qilmoqtsan iboratdir.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:51:27

201-bob. So'kishadigan ikki kishi shaytondir

432. Ayyoz ibn Hammor (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.) dan: "Yo Rasulalloh, bir kishi meni so'ksa, nima qilay?" deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bir-birini so'kuvchi ikki kishining ikkalasi ham shaytondir. Ular yomon gapni gapiradi va yolg'on so'zlaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:51:41

433. Yana Ayyoz ibn Hammor (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan urushgan va u zotga qarshi harakat qiluvchi odam edim (boshqa rivoyatda: haramiy edim). Musulmon bo'lishimdan ijari u zotga bitga urg'ochi teva hadya qilganimda qabul qilmadilar va: "Men mushriklarning tuhfa, hadyalarini makruh ko'raman", dedilar".

Haramiy - haramlik, ya'ni, Makkada yashamaydigan bir kishi Makkada (haram sharifda) turadigan odam bilan do'stlashadi. Xonai Ka'bani tomosha qilishga kelganida shu do'stining kiyimlarini kiyib va taomlarini yeb turadi va o'z kiyimini kiymaydi, taominiham yemaydi, shu do'stining kiyimida tavof qiladi.

Qayd etilgan