Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608784 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:52:02

202-bob. So'kishmoq fosiqlikdir

434. Sa'id ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Musulmon kishining so'kishishmog'i fosiqliqdir" , dedilar".                                                                                                                                                                                                                     
                                                   
Fosiqlik - to'g'ri yo'lni qo'yib, egri yo'lga kirib ketish, fosiqlik kofir va munofiq ma'nosida ham ishlatiladi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:52:15

435.  Anas ibn Molik   (r.a.) aytdshtar: "Rasululloh (s.a.v.) uyat gapni gapirmas, birovlarga la'nat o'qimas va ularni so'kmas edilar. Jahllari chiqqan vaqtda: "Unga nima bo'ldi? Manglayi tuproqqa yopishkur", deb qo'ya qolar edilar".

Manglayning tuproqqa yopishmog'i - yerga yiqilmoqqa yoki boshshsh sajdaga qo'ymoqqa kinoyadir yoki o'z ma'nosini iroda qilinmay til bilangina aytilaveradigan iboralardan biridir .

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:52:22

436.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Musulmon kishining so'kishmog'i fosiqlik va birovni o'ldirmog'i kufrdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:52:30

437. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir kishi ikkinchi kishini fosiq va kofir, deb malomat qilmasin. Agar u malomat qilgan kishi haqiqatan o'shanday bo'lmasa, fosiqlik va kofirlik malomat qiluvchining o'ziga borib tegadi", degan gaplarni eshitdim", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:52:38

438.  Yana Abu Zarr G'iforiy (r.a.) aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.)dan: "Bir kishi boshqa odamni o'zi bila turib, bu mening otam, deb da'vo qilsa, Alloh taologa kufroni ne'mat qilgan bo'ladi. Bir kishi qavmdan bo'lmay turib, men shu qavmdanman, deb da'vo qilsa, do'zaxdan o'zining joyini olaversin. Birovni kofir yoki Alloh taoloning dushmani, deb chaqirsayu, lekin u haqiqatdan shunday bo'lmasa, bu chaqiruvi uning o'ziga borib taqaladi", deganlarini eshitdim".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:52:51

439.  Rasululloh (s.a.v.)ning sahobiylaridan Sulaymon ibn Surad (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sa.v.) huzurlarida ikki kishi bir-biri bilan koyishdi. Shunda bittasining qattiqjahli chiqib, hatto yuzi qizarib, ahvoli ham o'zgardi va Rasululloh huzurlaridan chiqib ketdi. Shundan keyin Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Men bu kalimani bilaman, agar bu jahli chiqqan kishi shu kalimani aytsa, jahlidan tushadi", dedilar. Payg'ambar (s.a.v.)ning bu gaplarini kimdir unga borib aytdi va u kalima "Auzu billohi mina-sh-shaytonir rajim" ekan. "Sen shu kalimani aytgin", dedi. Shunda u: "Bor, jo'na. Men-da biror kasallik bor deb o'ylaysanmi, men maj-nunmanmi?" - deb uning gapini qabul qilmadi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:52:59

440.  Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Musulmonlardan har ikki kishining o'rtasiga (aybini bir-biriga ko'rsatmaslik uchun) Alloh taolo tomonidan parda qo'yilgan. Agar ulardan bittasi ikkinchisiga yomon gap aytsa, koyisa, haqorat qilsa, Alloh taoloning qo'ygan o'sha pardasini yirtgan bo'ladi va bittasiga sen kofirsan desa, ulardan bittasi albatta kofir bo'lib qoladi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:53:34

203-bob. Odamlarning aybini o'z yuziga aytmagan kishi haqida

  441.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir ishni qildilar va shuni qilmoqni ashoblarga ham ruxsat berdilar. Ammo ba'zi kishilar bu ish kamolotga zid deb bu ishni qilishdan bosh tortishdi. Bu gap Rasululloh (s.a.v.)ga ma'lum bo'lganidan keyin jahllari chiqdi va masjidda xutba o'qidilar, Alloh taologa hamdu sano aytib bo'lgach: "Nima uchun ba'zi odamlar men o'zim qilayotgan ishni qilishdan tortinadilar? Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilamanki, men Allohning buyruq va ta'kidlarini ulardan ko'ra yaxshiroq biluvchi va undan qo'rquvchiroqman", dedilar".hozir chiqarib bermasang, o'zingai yalang'och qilib qaray-miz", deganimizdan keyin, junlik shalvorining bog'ichini yechib undan xatni olib berdi. Biz xatni u xotin bilan birga Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib keldik. Shunda hz. Umar ibn Xattob (r.a.): "Bu Xotib ibn Abi Balta'a Alloh taologa, uning Rasuliga va mo'min-lariga xiyonat qildi, ruxsat bering, men uning kalla-sini sug'urib olaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Xotibga: "Butsday xat yozib ushriklarga
yuborishga seni nima majbur qildi?" - deb so'raganlarida, u: "Men xat yubordim, lekin bu xatda Allohga va uning Rasuliga zarari tegadigan hech so'z yo'q. Faqat siz bilan kelgan hamma muhojirlarning Makkada qolgan qarindoshlarini ximoya qiluvchilari bor. Ammo mening aslim makkalik bo'lmagani uchun u yerda turgan qarindoshlarimni himoya qiladigan kishilari yo'q. Shuning uchun mushriklar ularni himoya qilarmikan, degan umid bilan xat yuborgan edim", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Xotib to'g'risini gapirdi, axir u Badr muhorabasida qatnash-ganlardan-ku, Alloh taolo Badrda qataashgan-larga: "Endi nima ish qilsangiz ixtiyorlisiz, sizlar-ga jannat lozim bo'ldi, degan emasmi?" - dedilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) kallasini sug'urib ola-man, degan so'zlariga afsus qilib yig'ladilar va: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biluvchidir", dedilar.

Bir ishni - mazkur asar sharhdovchyasi Fazlulloh Jiyloniy izohiga ko'ra, janobi Payg'ambar (s.a.v.) uzluksiz ro'zador bo'lishlik, bir umr beva o'tishlikka qarshi chiqqanlar. Ba'zi taqvodorlarning fikricha, uzluksiz ro'zador bo'lish va o'z ayolini bo'sa qilmaslik, safarda ham ro'za tutish kerak emish. Rasululloh (s.a.v.) mana shu ishlarning aksini qildilar, ya'ni kishi uzluksiz ro'za tutmasin, uylansin, ro'zador kishi ayolini bo'sa qilsa, ro'zasi ochilmaydi va safarda tutmaslik yaxshi, deganlarida, ba'zi kishilar bu ish bilan kamolotga erishib bo'lmaydi, deb o'ylashdi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:53:46

442. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Biron odam noma'qul ish qilib qo'yganda ham Rasululloh (s.a.v.): "Nima uchun shunaqa qilding?" - deb uning yuziga solmas edilar. Bir kuni huzurlariga bir kishi kirdi. Unda o'ziga surtgan xushbo'y sariq narsaning asari bor edi. U kishi chiqib ketganidan keyin, Rasululloh (s.a.v.) sahobiylariga: "Bu odam shu xushbo'y sariq narsani surtmasa (ikkinchi rivoyatda: ishlatmasa) yaxttti edi", degan edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:54:28

204-bob. "Ey, munofiq" deyish haqida

443. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) men bilan Zubayr ibn Avom (r.a.) ikkimizni otga mindirib jo'natdilar: "Ikkalangiz Makka yo'lida, Madina yaqinidagi Xox degan boqqa borasiz. Xuddi o'sha yerga yetganingizda Xotib ibn Abi Balta'adan Makka mushriklariga yozilgan bir maktubni olib ketayotgan xotinni uchratasiz. O'sha xotinni ushlab mening huzurimga olib kelasizlar", dedilar. Biz Rasululloh (s.a.v.) tayin qilgan joylarda u xotinni tevasiga minib ketayotgan holatida uchratib: "Olib ketayotgan xatingni bizga ber!" - dedik. Xotin: "Menda hech qanday xat yo'q", dedi. O'zini va tevasini tintib ko'rdik, xat yo'q. "Rasululloh (s.a.v.) albatta yolg'on aytgan emaslar, uni hozir chiqarib bermasang, o'zingai yalang'och qilib qaray-miz", deganimizdan keyin, junlik shalvorining bo-g'ichini yechib undan xatai olib berdi. Biz xatni u xotin bilan birga Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib kel-dik. Shunda hz. Umar ibn Xattob (r.a.): "Bu Xotib ibn Abi Balta'a Alloh taologa, uning Rasuliga va mo'min-lariga xiyonat qiddi, ruxsat bering, men uning kalla-sini sug'urib olaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Xotibga: "Bunday xat yozib mushriklarga yuborishga seni nima majbur qildi?" - deb so'raganlarida, u: "Men xat yubordim, lekin bu xatda Allohga va uning Rasuliga zarari tegadigan hech so'z yo'q. Faqat siz bilan kelgan hamma muhojirlarning Makkada qolgan qarindoshla-rini himoya qiluvchilari bor. Ammo mening aslim makkalik bo'lmagani uchun u yerda turgan qarindoshlarimni himoya qiladigan kishilari yo'q. Shuning uchun mush-riklar ularni himoya qilarmikan, degan umid bilan xat yuborgan edim", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Xotib to'g'risini gapirdi, axir u Badr muhorabasida qatnashganlardan-ku, Alloh taolo Badrda qatnashganlarga: "Endi nima ish qilsangiz ixtiyorlisiz, sizlarga jannat lozim bo'ddi, degan emasmi?" - dedilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) kallasini sug'urib ola-man, degan so'zlariga afsus qilib yig'ladilar va: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biluvchidir", dedilar.

Qayd etilgan