Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608896 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:54:41

205. Musulmonni kofir demoq haqida

444.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qshshndi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir kishi musulmon birodariga qarata kofir desa, shu so'z tufayli ikkisidan biri kufrga ketadi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:54:55

445.  Ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Agar bir mo'min birovni kofir desa, ikkisidan biri albatga kofir bo'ladi. Agar kofir dedigi kishi haqiqatdan ham kofir bo'lsa, to'g'ri aytgan bo'lib chiqadi. Agar aytgani to'g'ri bo'lmasa, aytgan odamning o'zi kufrga ketgan bo'ladi".

Bu ikkita hadis mazmuni 437-438-hadislarda ham qisman bor va ular Abu Zarr G'iforiydan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:55:07

206-bob. Dushmanlar kulgisidan Allohtsan panoh so'rash haqida

446. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh taoloning yomon qazoyi kadaridan va dushmanlarga kulgi bo'lishdan panoh so'rardilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:55:26

207. Isrof

447.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlarning uchta ishin-gaz uchun Alloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azablik bo'ladi: birinchisi, ibodatai Allohning o'zigagina qilib, boshqa narsalarni unga sherik qilmasli-gangazga; ikkinchisi, Alloh taoloning dini va Kur'oniga e'tiqod qilmog'ingizga; uchinchisi, Alloh taolo sizga boshliq qilib qo'ygan kishiga xayrixoh bo'lmog'ingizga rozi bo'lsa, bo'lar-bo'lmas gapni naql qilishib yurmog'ingazga, ko'p surishtiravershplik yoki so'rashlik (gadoylik qilish) va molni noo'rin yerlarga sarf qilib zoe qilmog'ingizga g'azablanadi", dedilar".

Bu hadisning qisman mazmuni 16-hadisda ham bor.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:55:35

448.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Alloh taoloning: "Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir", (34:39) degan oyatga "isrof ham, tanglik ham qilmasdan sarflasangiz", deb izoh bergan edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:55:58

208-bob. Isrof qiluvchilar haqida

449.   Ubayd (r.a.) aytdilar: "Men Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan "isrofgar" degan so'zning ma'nosini so'raganimda, Abdulloh: "U molni nohaq yerlarga sarflaydigan kishilardir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:56:06

450. "Isrofgarchilik pirting-chirting joylarga ham molni (mablag'ni) sarflashdir", dedilar Abdulloh ibn Abbos (r.a.).

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:56:38

209-bob. Turar-joylarni ta'mirlash haqida

451. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Otam hz. Umar (r.a.) minbarga chiqib: "Ey odamlar! Turar joylaringizni tuzatinglar. Uy ilonlari sizlarni qo'rqitishdan oddin o'zingiz ularni qo'rqiting. Ilonlarning musulmonlari sizlarga ko'rinmaydi. Qasam bilan aytamanki, ilonlar bilan oramizda adovat paydo bo'lganidan buyon biz sira yarashgan emasmiz", dedilar".

Iblisga jannatga kirish man qilingan vaqtda u ilonni avrab, uning og'zida jannatga kirib olgan. Jannatga kirib olgach, Odam (a.s.)ga vasvasa qildi va hatto ayollari bilan jannatdan quvilish-lariga sababchi bo'ldi. Shundan keyin Odam (a.s.) bilan ilon o'rta-sida adovat paydo bo'ldi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:57:01

210-bob. Qurilishga sarf qilish haqida

452. Xabob ibn Arat (r.a.) aytdilar: "Har bir kishi qurilishga ruju qo'ysa gunohga botadi".

Bu yerda qurilishdan murod - o'zi va oilasiga yetarli binosi bo'la turib, maqtanish uchun ortiqcha qilinadigan binolar nazarda tutilmoqda

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:57:17

211-bob. Ishchilar bilan qo'shilishib ishlash haqida

453-hadis. Abdulloh ibn Amr (r.a.) Vahatdan kelgan akalarining o'g'lidan: "Mardikorlaring ishlayaptimi?" - deb so'raganlarida, u: "Bilmayman", dedi. Abdulloh ibn Amr: "Agar sen Saqif qabilasidan bo'lganingda mardikoring nima qilayotganini albatta bilgan bo'lar eding", dedilarda, keyin bizlarga qarab: "Kishi mardikorlari bilan birga hovlisida (ikkinchi rivoyatda: molida) ishlasa, Alloh taolo uchun ishlagan kishilardan bitgasi bo'lib hisoblanadi", dedilar.

Vahat - Toifi sharifdagi bir joy nomi.
Saqif - Toifda yashaydigan bir qabilaning nomi.

Qayd etilgan