465. Mug'ira ibn Shu'ba (r.a.)ning kotiblari Varrod aytdilar: "Hz. Muoviya Mug'iraga Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan hadislaringdan menga yozib yubor, deb xat yubordilar. Shunda Mug'ira: Nabiy muhtaram (s.a.v.) har bir farz namozning oxirida yoki undan keyin: "Lo iloha illallohu vahdahu, lo sharika lah, lahul mulku va lahu-l-hamd. Va huva alo kulli shay'in qadir, Allohumma lo mone'a limo a'taytaa va lo mu'tiya limo mana'ta va lo yanfa'u za-l-jaddi minkal-jadd" ka-limalarini aytar edilar, deb yozdilar. Yana u kishi shu xatida Rasululloh (s.a.v.) bo'lar-bo'lmas
gaplarni naqya qilib yurishdan, ko'p savol berishdan, molni noo'rin yerlarga zoe qilishdan, ona va otalarga oq bo'lishdan, qiz bolalarni tiriklayin ko'mishdan va so'ragan kishilarga bermay, olib kelaver, demakdan qaytarganlar, deb yozib yubordilar".
Kalimaning ma'nosi: Allohdan bo'lak xudo yo'q, u yolgaz, sherigi yo'q, chin egalik va hamdlar unga xosdir. Alloh taolo o'zi xohlagan narsani qilishga qodir. Ey, Alloh! Sen nimani bersang, uni hech kim man' qilolmaydi va man' qilganingni boshqalar beraolmaydi. (Dunyoda) boylikka erishgan kishilarga boyligi (oxiratda) foyda ber-maydi (bunga boshqa izohlar ham bor).
Bu hadis mazmuni 16-hadisda va 447-hadisda qisman bor.