Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609674 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:41:30

225-bob. Zulm kulfatdir

490-hadis mazmuni 476-hadisning takrori bo'lib, 476-hadis Abu Hurayra-dan rivoyat qshingan bo'lsa, bunisi Jobir ibn Abdulgohdan rivoyat qilingan.

491. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Keyingi ummatlarimda insonlik suratlarini boshqa narsalar suratiga aylangarish, zinokorlik va tuhmat qilish kabi yomon xulqlar va yer yutishlar bo'ladi. Bu ishlar avval zulm qiluvchilardan bopshanadi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:41:49

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilshgan 492-hadis 476-hadisning so'nggi jumlasini takror qilgan.

493.  Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kuni mo'min bandalar do'zaxdan qutilganlaridan keyin, jannat bilan do'zax o'rtasidagi ko'prikda to'xtatiladi va yorug' dunyoda oralarida bo'lgan turli zulmlar uchun bir-birlaridan qasos oladilar. Shu qasos olishdan tozalanib bo'lganlaridan keyingina jannatga kirishlari uchun ruxsat beriladi. Mo'min bandalarning har biri dunyodagi o'z joyiga adashmay borishda qanchalik mohir bo'lsa, jannatdagi joyiga borishda undan ko'ra ham mohirroq bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:42:01

494. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Zulmdan saqlaning, zero zulm qilgan kishi qiyomat kuni zulmat ichida bo'lg'usidir. Yomon so'z va ishdan saqlaning, zero Alloh yomon muomalalik va yomon ish qilganlarni sevmaydi. Baxillik va hirsdan saqlaning, binobarin, bu narsa sizdan ilgari o'tganlarni ham qarindoshlik rishtalarini uzishga va haromni halol deb qabul qilishga rag'batlantirgan"", dedilar".

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan 495-hadis 494-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:42:18

496. Abu Duho (r.a.) aytdilar: "Masruq bilan Shutayr ibn Shakl Abdi (r.a.)lar masjidda birga bo'lib qolishdi. U yerda halqa-halqa bo'lib o'tirgan kishilar bu ikki olim atrofiga to'planishdi. Shunda Masruq Shutayrga qarab: "Bu odamlar bizdan yaxshi gap eshit-moquchun to'planishgan bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Endi siz Abdulloh ibn Mas'uddan hadis rivoyat qilasiz, men esa qilgan rivoyatingizning to'g'riligini tasdiqlayman yoki men rivoyat qilaman, siz uni tasdiqlaysiz", dedilar. Shutayr: "Mayli, siz rivoyat qiling', men unga guvoh bo'laman!" - dedilar. Shundan keyin Masruq: Abdulloh ibn Ma'sud: "Ikki ko'z, ikki qo'l va ikki oyoqlarning zinosi bo'ladi. Bularning zinosini egalarining farji (avrati) amalga oshirib, haqiqatga chiqaradi yoki rad qilib, yolg'onchiga chiqaradi", degan so'zlarini eshitganmisiz? - dedilar. Shutayr: "Ha, bu so'zlarini men ham eshitganman", dedilar. Masruq yana: "Abdullohning Kur'oni karimdagi: "Kimki Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur" (65:2), degan oyatidan ko'ra tezroq najot topishga undaydigan oyat yo'q, degan so'zlarini siz eshitganmisiz?", deganda, Shutayr, "Ha, men ham Abdullohning shu so'zlarini eshitganman", dedilar. Masruq yana: "Abdullohning Qur'ondagi: "Ey o'ziga isrof-zulm qilgan bandalarim! Alloh taoloning rahmatidan noumid bo'lmanglar" (39:53-oyat), deyilgan oyatdan ko'ra Allohga tavakkul qilishga ko'proq undovchi oyat yo'q, deganlarini eshitgan bo'lsangiz kerak", dedilar. Shutayr: "Ha, eshitganman", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:42:34

497. Abu Zarr G'iforiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qiddilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo: "Ey, bandalarim! Men zulm qilmoqni o'zimga harom qilganman va shu zulm qilmoqni sizlarga ham harom qildim. Binobarin, sizlar bir-birlaringizga zulm qilmangizlar. Ey, bandalarim, sizlar kechayu-kunduz gunoh bo'ladigan yshlarni qilasiz. Men hech parvo qilmay, gunoxlarni kechiraveraman. Shuning uchun uni kechirmoqni faqat o'zimdangina so'rang. Ey, bandalarim, men taom bermasam hammalaringiz och qolasiz, taomni mendan so'rang! Men beraman. Men kiyim-bosh bermasam hammalaringiz yalang'och qolasiz, kiyimboshni mendan so'rang, ularni sizga men o'zimgina beraman. Ey, bandalarim! Sizlarning avvaliyu oxiringiz va insu jinlaringiz hammasi zo'r taqvodor bo'lganda ham mening molikligimga hech narsa orttirmaydi yoki hammalaringiz o'ta ketgan fojir bo'lganda ham mening mulkimdan hech narsa kamaytirmaydi. Agar hamma maxluqotim bir yerda jam bo'lib, har qaysisi o'z maqsadini so'rasa va hammasiga so'raganini bersam ham, mul-kimdan dengiz ichiga tashlangan ingichka ip shimgan suvi miqdoricha ham kamaymaydi. Ey, bandalarim! Qilgan amallaringizni o'zlaringiz uchun saqlab qo'yaman. Kim amallarida yaxshilikni uchratsa, Alloh taologa hamdu sano aytsin. Yaxshilik-ni emas, yomonlikni uchratsa, u vaqtda faqat o'zinigina malomat qilsin", deb aytgan dedilar". Roviylardan Abu Idris Xavloniy (r.a.) bu hadisni rivoyat kdlgan vaqtlarida Allohning hurmati uchun tiz cho'kib o'tirardilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:43:06

226-Kasalmand kishining kafforati haqida

498.  G'utayf ibn Horis (Sukuniy) (r.a.) xabar berdilar. Abu Ubayda ibn Jarrohning betoblik vaqtlarida bir kishi kelib: "Amirning ajru savoblari qancha bo'ldi ekan?" - deb so'radi. Abu Ubayda: "Sizlar qanday amal qilganingizda ajrga ega bo'lishingizni bilasizmi?" - dedilar. U kishi: "Tabiatimiz-ga yoqmaydigan dardga mubtalo qilinsak shunga ajr olamiz" - dedi. Shunda Abu Ubayda: "Alloh taolo yo'lida qilgan sarflaringiz va siz uchun qilingan sarflar badaliga ham ajr olasiz", dedilarda, keyin ot egarining asboblarini sanadilar, hatto ot-ulovning jilovigacha sanab berdilar. "Lekin jasadingizdagi sizlarga yetgan bu dard badaliga Alloh taolo kichik gunohlaringizni yopadi", dedilar.

Abu Ubayda jangda lashkarboshilardan bo'lganlari uchun u kishini "amir" deb xitob qilayotgan bo'lsa kerak.Ya'ni jangga borish uchun mana shu men sanagan ot asboblarini tayyorlaganingiz uchun ham ajrga ega bo'lasiz, demoqchi bo'lsalar kerak.Ya'ni dardga sabr qilgan bo'lsangiz dardga mubtalo bo'lganingiz uchun bir va sabr qilganingiz uchun ikkinchi savobga ega bo'lasiz

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:43:14

499. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir mo'min yoki mo'mina kishini uzoq vaqt biror musibatga yo'liqtirib sinaladi. U shu musibat Alloh tomonidan bo'lganini e'tirof qilib, sabr etsa, Alloh taolo huzuriga gunohlaridan pok bo'lgan holda boradi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:43:22

500.  Abdurrahmon ibn Avf otasidan rivoyat qiddi: "Salmon (Forsiy) Kinda degan joyda bir bemorni ko'rgani borganda men birga edim. Salmon bemorning xonasiga kirgach: "Senga xayrli xabarlar bo'lsin! Zero, Alloh mo'minning xastaligini O'zi uchun kafforat va savob deb qabul qiladi. Fojir xasta bo'lsa xab dori ichaveradi, ammo davo qaerdan va nimadan kelishini bilmaydi", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:43:37

501. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Agar xoh mo'mindir, xoh mo'minadir, unning badaniga, oilasiga, moliga balo Alloh taoloning oldida gu-nohi bo'lmasa, kelmaydi", deb marhamat qildilar.

502-hadis 501-hadisning takrori bo'lib, uni Muhammad ibn Amr rivo-yat qilganlar va "bolasiga", degan so'zni qo'shganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:44:04

503.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir a'robiy keddi. Nabiy muhtaram (s.a.v.) unga: "Senda bezgak kasalliga bulganmi?" - deb so'radi-lar. A'robiy: "Bezgak nima?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Teri bilan et orasida bo'ladigan harorat", degan edilar, a'robiy: "Yo'q, men unday narsani bilmayman", dedi. Keyin Rasululloh (s.a.v.): "Senda bosh og'rig'i bo'lganmi?" - dedilar. U: "Bosh og'rig'i nima?" - deb so'radi. Rasululloh (s.a.v.): "Miyada bir yel paydo bo'lib, tomirlarga uradi", dedilar. A'robiy: "Menda unday kasallik bo'lmagan", dedi. A'robiy chiqib ketgandan keyin Rasululloh (s.a.v.): "Do'zax axlidan bo'ladigan kishini ko'rmoqchi bo'lgan odam mana shu a'robiyga qarasin", dedilar".

Qayd etilgan