Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608354 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:01:46

244-bob. Bemorni ko'rgani borganda uning ayolmga qaramaslik haqida

541.  Abdulloh ibn Abi Huzayl Abu Mug'ira (r.a.) aytdi: "Abdulloh ibn Mas'ud bir necha kishilar bilan bir bemorni ko'rgani kirdilar. Bemor uyida bir xotin bo'lib, kirgan kishilardan biri unga tikilib Qarayverdi. Shunda Abdulloh: "Bu ayolga qarab gunohkor bo'lganingdan ko'zing teshilgani yaxshiroq edi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:02:04

245-bob. Ko'zi og'riganda borib ko'rish haqida

542.  Zayd ibn Arqam (r.a.) aytdilar: "Mening ko'zim og'rigan vaqtda Rasululloh (s.a.v.) ko'rgani keldilar-da: "Ey, Zayd! Agar ko'zing shu holaticha qolaversa nima qilarding?" - deb so'radilar. Men: "Shunda sabr qilgan va Alloh taolodan savob umid qilgan bo'lardim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Ko'zing shu holatida qolib, sen unga sabr qilsang va Alloh taolodan savob umid qilsang, senga beriladigan savob jannat bo'ladi", dedilar".543. Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilindi: "Mu-hammad degan kishining suhbatdoshlaridan birining ko'zidyan nur ketdi. Kishilar uni ko'rgani borishganda, u: "Bu ikki ko'zim Nabiy muhtaram (s.a.v.)ga qarashim uchun menga kerak edi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) bu dunyodan ketdilar. Endi menga shu ikki ko'zning nuri o'z joyiga kelishi uchun Tabbola kiyiklaridan bitta kiyik berishga rozi bo'lasanmi, deyilsa, men rozi bo'lmas edim", - dedi".

Tabbola - Yamandagi bir shahar nomi. Yoqut Hamaviy "Mu'jam al-butdon" ("Mamlakatlar to'plami") nomli asarida bu Tuhomadagi Tabbola bo'lmasa kerak, deydi. Ya'ni Tabbolaning arzimas bir dona kiyigi men uchun ikki ko'zimdan qiymatliroq bo'ladi yoki endi ko'zsiz hayot kechiraversam ham bo'ladi, demoqchi bo'lsa kerak

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:02:31

544.  Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Allohu azza va jalla bir bandani o'ziga sevimli ikkita a'zosi (ya'ni ikki ko'zi) bilan mubtalo qilsam, keyin u shunga sabr qilsa, badaliga jannatni beraman", degan hadislarini eshitdim".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:02:38

545.  Abu Umoma (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh taolo:   "Ey, Odam farzandi! Men sening ikkita nozik a'zoyingni (ko'zingni) olsam va shu musibatga duchor bo'lganingga sabr etsang va shunga mendan savob umid qilsang, senga jannatdan bo'lak savob berishga men rozi bo'lmayman", deydi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:02:49

246-bob. Bemorning qaysi tarafida o'tirmoq kerak?

546. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir bemorni ko'rgani borsalar uning boshi tomonida o'tirardilar. So'ngra yeggi martaba "Ulug' arshning egasi bo'lgan azamatli Alloh taolodan senga shifo bermog'ini so'rayman", deb duo qilar edilar. Agar qazo kuni yetmagan bo'lsa, u bemor dardidan shifolanib ketardi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:02:58

547.  Rabi' ibn Abdulloh aytdi: Men Hasan Basriy bilan Qutoda ibn Da'omaning dardini so'ragani bordik. Shunda Hasan Basriy Qutodaning boshi tomonida o'tirib, undan ahvolini so'radilar, keyin: "Ey, Alloh! Bu kishining diliga va dardiga shifo bergin!" - deb duo qildilar

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:03:30

247-bob. Erkak uyida nima ish qiladi?

548. Asvad ibn Yazddan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men hz. Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.) ahllari uylarida nima ish bilan shug'ullanar edilar?" - deb so'radim. Hz. Oyisha (r.a.): "Rasululloh (sa.v.) o'z ayollarining hamma xizmatiga qarashardilar va namoz vaqti bo'lganda masjidga chiqib ketardilar", dedilar".

Hirvadan rivoyat qshshngan 549-hadis, Hishom otasidan qilgan 550-hadis, Amra rivoyat qilgan 551-hadislarning barchasi Oyisha onamizdan naql qilingan bo'lib, 548-hadisning mazmuni kabidir.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:04:15

248-bob. Birovni yaxshi ko'rsa, o'ziga bildirsin

552.  Miqtsom ibn Ma'di Karib aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz birodarini yaxshi ko'rsa, yaxshi ko'rganligini unga ma'lum qilsin", dedilar".

Qars ikki qo'ldan chiqadi, deganlaridek, muhabbat ham ikki tomondan bo'lsa, davomlidir. Ya'ni biron kishi uning salohiyati, yaxshi yo'lda borayotganligi kabi hollari uchun yaxshi ko'rsa, uning ko'nglini ko'tarish va shu ishlarini taraqqiy ettirishga targ'ib qilish uchun muhabbat quyganini o'sha odamning o'ziga bildirishi kerak.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:04:29

553.  Mujohid ibn Jubayr (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning sahobiylaridan bo'lgan bir kishi meni uchratib, orqa to-monimdan kelib yelkamdan ushladilarda: "Men seni albatta yaxshi ko'raman", dedilar. Men u kishiga: "Meni sizga yaxshi ko'rsatgan Alloh taolo sizga ham o'z muhab-batini qo'ysin!" - dedim. Shunda u kishi Rasululloh (s.a.v.)ning: "Bir odam birovni yaxshi ko'rsa, yaxshi ko'rganligini uning o'ziga bildirsin", degan hadislari bo'lma-ganda, seni yaxshi ko'rganligimni o'zingga aytmagan bo'lardim, dedilar. Keyin u kishi menga uylanishni taklif qila boshladilar. "Bizda bir qiz bor, lekin uning aka-ukasi yo'q", dedilar".

"Avro" so'zi lug'atda "aka-ukasi yuq" ma'nosida ham, "aybli, axloqi yomon xotin" ma'nosida ham izohlangan.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:04:39

554.  Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki kishi bir-birini yaxshi ko'rsa, ularning afzali shu birodariga muhabbati qattiqroq bo'lganidir", dedilar".

Qayd etilgan