Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609049 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:10:26

566.  Abu Salama ibn Abdurrahmon aytdilar: "Rasu-li akram (s.a.v.)ning sahobiylari ibodatlarni aztahidil, jiddu jahd bilan ado qilardilar. Ular majlislarida ba'zan she'rlar o'qishar va johiliyat zamonida-gi ishlarini eslashar edilar. Ammo kimki Alloh taoloning amrini noto'g'ri qilishga taklif qilsa, jahllari chiqib ko'zlarining kosasi aylanib ketardi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:10:37

567.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Bir chiroyli va husndor kishi Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzurlariga keldi. U kishi: "Men husnjamolni yaxshi ko'raman va Alloh taolo xohishimga muvofiq menga bergan chiroyini o'zingaz ko'rib turibsiz. Bironta odam mana shu oyog'imdagi kovushimning ipicha ham husnda mendan ustun bo'lishini istamayman. Endi shu odat kibr hisoblanadimi?" - dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, bu kibr emas, haq so'zni tan olmaydigan va odamlarni tahqirlab, o'zini ulardan ustun hisoblovchi bunday ki-shini mutakabbir deb aytiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:10:45

568.  Amr ibn Shu'ayb o'z bobolaridan, u kishi Rasuli amin (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mutakabbir kishilar qiyomat kuni suratlari odamlar shaklida bo'lsa ham, xorlikdan kishilarni oyog'i ostida ezilib mayda chumoli hajmida bo'lib mahshargohga boradilar. Mazallat va xorlik butun vujud-larini o'rab olgan holda do'zaxdagi bo'lis deb ataladigan qamoqxonaga sudrab olib boriladi. Ustlarida lovillab olov yonib turadi. Tashnalikdan noligan vaqtlaringda do'zaxdagilarning badanidan oqqan qon yiringlar, iflos narsalardan ichiriladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:11:20

252-bob. Zulm qilgan kishidan o'ch olish va g'olib kelish haqida

569.  Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) bu zotga: "Bor, seni malomat qilgan kundoshlaringdan o'chingni ol!" - deb o'chlarini olishga ruxsat bergan edilar'.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:11:41

570. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) nyung ayollari (kundoshlarim) Rasululloh (s.a.v.)ning qgazlari hz. Fotimai Zahroni o'zlari tomonidan vakil qgalib, u zot huzurlariga yubordilar. Fotima (r.a.) kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'uradilar. Shu paytda Rasululloh (s.a.v.) mening lungim, pastki kiyim va chodirimga o'ralib, men bilan birga o'tirgan edilar. Rasululloh (s.a.v.)ning ruxsatlarizdan keyin Fotima kirib: "Xotanlaringaz faqat Oyishani demay, balki barcha ayollaringizga ham bir xilda qaramog'ingizni so'rab meni yuborishdi", dedilar. Hz.Fotimaga javoban Rasululloh (s.a.v.): "Ey, qizcham! Men sevgan kishini sen ham sevasanmi?"- deb so'radilar. Hz. Fotima: "Siz sevgan kishini men albatta sevaman", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Unday bo'lsa sen bunga (Oyishaga) muhabbat qo'ygin", dedilar. Shu bilan hz. Fotima Rasululloh (s.a.v.) huzurlarizdan chiqib ayollar oldiga bordilar va voqeani bayon qjlganlarida, ular: "Siz bizning ko'nglimizdagi maq sadni Rasululloh (s.a.v.)ga akiqroq tushuntira olmabsiz, yana qaytib boring!" - deyishdi. Hz. Fotima: "Men Alloh nomi bilan ont ichib aytamanki, bundan keyin Oyisha to'grilarida Rasululloh (s.a.v.)ga aslo gapirmayman", dedilar. Shundan keyin ular hz. Zaynab bint Jahsh (r.a.)ni yubordilar. Zaynab ham Rasululloh (s.a.-v.)ning ruxsatlari bilan huzuri oliylariga kirib, ayollarining iltimoslarini bildirdilar, meni yomonlab koyidilar va mazzamat qildilar. Shunda Zaynabga javob qaytarishim uchun menga ijozat bersalar, degan umid bilan Rasululloh (s.a.v.) ga qarayverdim. Oxiri u kishidan o'ch olishimga Rasululloh qarshi emaslikla-rini bilib olganimdan keyin shu qadar qattiq ta'na qiddimki, hatto so'zlatmay qo'ydim va g'alaba qozondim. Shunda Rasululloh (s.a.v.) tabassum qilib: "Ha, bu Oyisha, albatga, Abu Bakr Siddiqning qizlarida", deb qo'ydilar".

Mazkur hadisga bog'liq voqea shunday bo'lgan edi: Rasulullloh (s.a.v.) hz. Oyisha (r.a.)ning xonalarida bo'lgan bir kushi ul zotning boshqa zavjalari hz. Zaynab (r.a.) izn so'ramay   achchiq-langan holda kirib kelib, Rasululloh (s.a.v.)ga achchiq-tiziq gapira boshladi. Keyin esa, Oyishaga hujum qildi.. Rasululloh (s.a.v.) unga qarshi biron narsa deb og'iz och-madtsilar. Hz. Oyisha (r.a.)ga javob aytish uchun ruxsat bergan ma'noda: "Zaynab oldingda turibdi, o'chingni olaver", dedilar. Bu hadisga bog'liq voqea to'la tafsiri bilan 570-hadisda kelladi.

 2 Bu o'rindagi ota sevgan odamni sevish haqidagi fikr shu kshtobdagi 20, 21 va 22-boblardagi qator hadislar bilan musstahkamlanadi Chunki Zaynab onamiz sohibjamol va Rasuli akram (s.a.v.) nazdi-larida hurmatli bo'lib, onamiz hz. Oyisha (r.a.) bilan Rasululloh (s.a.v.)ga maqbul bo'lshtsda doim musobaqa qilishadigan ayollar edilar.Ya'ni Oyisha (r.a.) otalaridek o'tkir fikrli, ziyrak va savol-ga muloyimlik bilan darhol javob qaytara oladigan ayol deb maqtagan bo'ldilar

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:12:50

253-bob. Qahatchilik va ochlik yilida kishilarning bir-birlariga yordamlashishlari haqida

571. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Oxirgi zamonda ocharchilik bo'ladi. Shunday vaqt kimga to'g'ri kelsa, och kishilarga boshqalarni teng qilmasin (ya'ni: bularga ko'proq xayri ehson qilsin)", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:15:24

 572. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Ansorlar Rasululloh (s.a.v.)ga: "Xurmo daraxtlarimizni bizlar bilan muhojir birodarla-rimiz-ga taqsim qilib bering!" - deb iltimos qilishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q", dedilar. Keyin ular muhojirlarga qarab: "Bo'lmasa xurmoga qarash mehna-tidan bizlarni qutqazasizlar va mevalariga sizlarni sherik qilamiz", dedilar. Shunda muhojirlar: "Bu fikrlaringizni qabul qilib, shunga muvofiq amal qilamiz", dedilar".

Rasuli akram (s.a.v.) ansorlarning bu taklifini yaqinda bo'lajak futuhotlardan umid qilib va o'zlari qiynalib qolishlarini hisobga olib qabul qilmadilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:16:16

573. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob qattiq ocharchilik va og'ir musibatli bo'lgan ramoda yili eqin ekiladigan va xurmo daraxtlari o'tqazilgan hamma qishloqlarda yashaydigan arablarga teva, bug'doy va zaytun moylaridan yordam qilishda sa'y-harakat qildilar. Bu ocharchilikdan hamma qishloqlarda qurg'oqchilik paydo bo'lib, ahllarini og'ir mashaqqatga solib qo'ydi. Shunda hz. Umar tik turib: "Ey, Alloh! Bu xalqlar rizqini tog'lar boshidan yetkazgin!" - deb duo qil-dilar. Alloh rabbil olamiyn bu zotning duolarini va musulmonlarning "omin" degan tilaklarini qabul qilib, yomg'ir yog'dirdi. Shunda hz. Umar Alloh taologa hamd etib: "Alloh taolo shu musibatni ko'tarmaganda, uylarida kengchilik bo'lgan musulmonlar xonadonidan birontasini ham qo'ymay, ularga o'zlarining adadicha faqirlardan albatta kiritgan bo'lardim, toki bir kishiga kifoya qiladigan taomdan ikki kishi tanovul qilib, halokatga uchramasdi", dedilar".

Hijratning o'n sakkizinchi yili (18/639)da qurgoqchilik bo'lib, shamol tuproqni kuldek sovurgan, hatto yovvoyi hayvonlar odamlar atrofiga kelib, panoh topgan edilar. Shunda hz. Umar Rasululloh (s.a.v.)ning amakilari hz. Abbos (r.a.) bilan chiqib, Alloh taolo-dan yomg'ir talab qildilar va toki odamlar o'zlarini o'nglab olma-gunlaricha men hech narsa yemayman va ichmayman, deb qasam ichdilar. Mana shu yilni om arromada ("kul yoqqan yil") dyob ataladi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:16:30

574.  Salama ibn Akva' (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qurbonlik qilganingizdan uch kun o'tgach uyingizda shu qurbonlik go'shtidan biror narsa qolmasin", dedilar. Keyingi yili  sahobiylar: "Yo Rasulalloh! Bu yil ham o'tgan yildagidek qilamizmi?" - deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "(Qurbonlik go'shtlaringizdan) o'zlaringiz yenglar va kelajak kunlaringiz uchun saqlab ham qo'ysalaringiz bo'ladi. Chunki o'tgan yili kishilar qiyinchilikda bo'lganlari uchun men ularga yordam qilmoqlaringizni iroda qilib, yuqoridagi buyruqni bergan edim", dedilar".

"Qurbonlik go'shtidan biron narsa qolmasin" - ya'ni faqiru miskinlarga tarqatib yuborilsin.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:16:41

254-bob. Tajribalar haqida

575.  Urva ibn Zubayrdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men hz. Muoviya oldilarida o'tirgan edim. Shunda u kishi o'zlaricha nimanidir gapirdilarda, keyin ko'zlarini ochib: "Tajriba bo'lmasa kishida halimlik va aqllilik mutlaqo bo'lmaydi", dedilar va shu so'zlarini uch martaba takrorladilar".

Qayd etilgan