Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608271 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:18:24

576. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Kishi qoqilmay, toymay turib aqlli, xulqli bo'la olmaydi va har bir yaxshi-yomonni boshidan kechirmay turib hakim, olim bo'la olmaydi". 

577-hadis 576-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:18:40

255-bob. Alloh uchun taomlantirmak

578. Hz. Ali (k.v.)dan rivoyat qilindi, bu zot aytdilar: "Bir so' yoki ikki so' taomni Alloh uchun do'st tutgan birodarlarimdan bir nechasini yig'ib kelib, shularga yedirganim men uchun bozorlaringizga borib bir qul ozod qilganimdan ko'ra yaxshiroq".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:19:26

256-bob. Johiliyat zamonida tuzilgan ittifoq

579-hadis. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) aytdilar: "Men amakilarim bilan xushbo'y ishlatganlar muohadasida hozir bo'lgan edim. O'sha muohadani buzish uchun menga qizil tevalar berilsa bas, men uni buzishni xohlamayman".

Ya'ni fil voqeasidan biroz vaqt ilgari Quraysh qabilasidan kelib chiqqan tuqqizta kichik qabilalar bir joyga to'planib, asli makkalik yoki boshqa joydan kelib Makkada turib qolgan bir kishiga birov zulm qilsa, undan o'ch olmay qo'ymaslikka ittifoq tuzishdi. Shunda Abdul Mutallibning qizi Ummu Hakim ularga bir idishda xushbo'i narsa yubordi. Ular shu idishga qo'llarini tiqib turib, shu muohadani buzmaslikka Ka'batulloh bilan qasam ichishdi. Mana shu muohadani "Xilf al-mutayyibin" ("Xushbo'y idishga qo'l tiqqanlar ittifoqi") deb ataldi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:22:00

257-bob. Aka-uka tutintarish haqida

580.  Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasul akram (s.a.v.) Abdulloh ibn Mas'ud bilan Zubayr ibn Avom (r.a.)ni aka-uka tutintirdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:22:08

581.  Yana Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) mening Madinai munavvaradagi hovlimda Quraysh (makkaliklar) bilan ansor (madinaliklar) o'rtalarida ittifoq tuzdirdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:22:31

258-bob. Islom dinida ittifoq tuzish hakida

582.  Amr ibn Shuayb bobolaridan rivoyat qildilar: "Makkai mukarrama fath qilingan yili Rasululloh va'z qilmoq uchun Xonai Ka'baning zinapoyalarida o'tirib, Alloh taologa hamdu sanolar aytdilarda, keyin: "Johiliyat zamonida kimning shartnomasi bo'lgan bo'lsa, Islom uni o'zgartirmay, balki mustahkamlaydi. Makkai mukarrama fath qilindi, endi Makkadan boshqa yerga hijrat qilishning hojati yo'q", dedilar".

Ya'ni bu shartioma Islom qonuniga (silai rahm qilish, mazlum-larga yordam berish kabilarga) muvofiq kelsa, Islom dini uni o'z holicha qoldiradi, o'zgartirmaydi. Ammo unga muvofiq bo'lmasa, uni bekor qiladi.Makka fath qilinganidan avval unda mushriklar ko'p bo'lib, Islom diniga kirgan kishilar uchun uch xil hukm bor edi: 1. Makka-dan chiqib ketishga qodir kishi u yerda turaversa-yu, dishpsh oshkora qilishga va Alloh taoloning farmonlarini bemalol ijro qilishga imkoniyati bo'lmasa, Makkadan chiqib ketmog'i vojib edi.

2. O'zi hijrat qilishga qodir va shu bilan birga din amallarini bemalol ijro qilishga ham imkoniyati bor. Bunday odamlarga hijrat qilmoq mustahab; ya'ni hijrat qilsa, savobi bor, agar qilmagan taqtsirda ham gunoh bo'lmaydi. 3. Bir kishi asirlik yoki betoblik kabi uzrlari sababli hijrat qilishga imkoniyati bo'lmasa, imkoniyat toshuncha tu-raveradi. Endi Makka musulmonlar qo'liga kirib, shirkdan toza-landi, demak, bu yerdan hijrat qilishga hojat qolmaydi, musulmon-lar bu yerda ham endi Islom arkonlarini bajaraveradilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:22:44

259-bob. Ilk yoqqan yomg'ir rahmatdir

583.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bizlar Nabiy muhtaram (s.a.v.) bilan birga turgan vaqtimizda yomg'ir yog'di. Shunda Rasululloh (s.a.v.) muborak badanlaridan kiyimlarini yechib, unga yomg'ir suvini tekkizdilar. Biz: "Yo Rasulalloh! Nima uchun bunday qildingiz?" - deb so'raganimizda, Rasululloh (s.a.v.): "Chunki bu yomg'ir Allohning rahmati, u Alloh azza va jalla huzuridan yangi keddi. Undan takabburlanish uchun men shunday qildim", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:23:01

260-bob. Qo'y, echkilar barakali narsalardir

584. Humayd ibn Molik ibn Haysam aytdilar: "Men Abu Hurayra bilan Aqikdagi yerlarida o'tirgan edim. Madina ahllaridan bir qancha kishilar ulovlarga minib kelib tushishdi. Shutsda menga Abu Hurayra: "Onamga borib o'g'lingiz sizga salom aytdi va bizlarga biror taom yuborsinlar, deb iltimos qildi, deb aytgin!" - dedilar. Onalari arpa unidan yopgan uchta kulcha, ozgina zaytun moyi va tuzlarni bir idishga solib, mening boshimga ko'ydi. Ularni olib kelib oldilariga qo'yga-nimda, Abu Hurayra: "Allohu akbar, Alloh taologa hamdlar bo'lsinki, bizni non bilan ham to'ydirdi. Bundan ilgari bizning taomimiz faqat xurmo bilan suv-dangina iborat bo'lardi", dedilar. Ammo u kelgan kishilar bu taomdan sira yemay turib ketishdi. Keyin Abu Hurayra menga: "Ey, birodar! Qo'ylarishta yaxshi qara, ularning yotadigan joylarini pokiza, toza tut, tumshuqlarini tozalab tur, yoki ustlaridagi chang, g'uborlarni artib yur, yotadigan joylari atrofida namoz o'qiyver, chunki qo'ylar jannat hayvonlaridandir. Men jonim o'z ixtiyorida bo'lgan zot nomi bilan qasam ichib aytaman, bir vaqtlar keladiki, unda bir to'da qo'y o'z egasiga Marvon ibn Hakamning hovlisidan ham yaxshiroq bo'lib tuyuladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:23:09

585. Hz. Ali (k.v.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qaysi bir xonadonda bir bosh qo'y bo'lsa bir baraka, ikki bosh bo'lsa, ikki baraka va uch bosh bo'lsa, ko'p barakotlar hosil bo'ladi", degan edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:23:43

261-bob. Hayvonlar egasi uchun quvvatdir

586. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): "Kufrning boshi kun chiqar tomonda, faxrlanish va manmanlik shahardan tashqarida yashaydigan yuzlab, minglab ot va tevalari bo'lgan kishilarda bo'ladi, viqor va tavoze'lik esa qo'y egalarida bo'ladi", dedilar".

Kufrning boshi Sharq tomonda deganlari, vallohi a'lam, Sharq Arabistonga nisbatan Fors mamlakati bo'lib, u yerda majusiylik rivoj topgan davrga muvofiq aytilgan bo'lsa kerak.Ko'p ot va tevalari bo'lganlar davlatmandlik bilan g'ururlanib, boshqalarni mensimaydilar. Ammo qo'y egalariga esa, qo'ylardagi kamtarlik, saxovatlik xislatlari o'tar ekan.

Qayd etilgan