Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608797 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:23:51

587.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men itlar bilan qo'ylar haqida taajjublanaman. Qo'ylardan qancha-qanchasini har yili kishilar so'iib yeydi va qanchasi Alloh taolo yo'lida hadya-ehson qilinadi. Ammo bir urg'ochi it qancha   bola tug'adiyu, lekin hisoblab ko'rilganda qo'ylar soni itlarga nisbatan juda ko'p bo'ladi, men shunga taajjub qilaman".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:23:59

588. Abu Suf'yon Qurayshiy aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob mendan: "Ey Abu Suf'yon, senga keladigan daromad qancha?" - deb so'radilar. Men: "Ikki ming besh yuz", dedim. Shunda u kishi: "Ey, Abu Suf'yon! Qurayshning yigitlari sizlarga voliy bo'lib qolishlaridan avval sen dehqon-chilik va chorvalardan o'zingga mulk qilib ol! Chunki ular nazdida shundan boshqa yo'l bilan keladigan daromad mol hisoblanmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:24:06

589.  Abda ibn Hazi aytdilar: "Teva egalari bilan qo'y egalari bir-birlari bilan faxrlanishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) qo'y boquvchi bo'lsa-lar ham payg'ambar bo'ldilar, hz. Dovud ham podachi bo'lishlariga qaramay payg'ambar bo'ldilar va men ham Ajyoddagi ahllarimning qo'ylarini boqib yuradigan podachi bo'lganman. Shunga qaramay Alloh taolo meni payg'ambar qildi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:24:37

262-bob. A'robiylashish haqida

590.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Katta gunohlar yettitadir; shulardan to'rttasi quyidagilar: ularning birinchisi Alloh taologa shirk keltirish, so'ngra in-sonni nohaq o'ldirish, erga tekkan afifa xotinlarni zinokor deb tuhmat qilish va a'robiylashish (sahro, dashti biyobonlarga chiqib ketish)".

Islom avvalida shunday hukm joriy bo'lgan. Ammo shahar yerlar-da biror fitna bo'lib, shori' (qonun chiqaruvchi) tomonidan ruxsat berilganda sahroga chiqib ketish bundan mustasno

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:24:54

263-bob. Qishloqlarda istiqomat qiluvchi kishi haqida

591.  Savbon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Ey, Savbon! Kimsasiz va pastqam joylarda o'garma. Chunki unday yerlarda o'tirish qabr ichida o'tirish bilan barobardir". Roviy Axmad ibn Osim: "Kufr kimsasiz joylar kabidir", deb qo'shimcha qiddilar.

592-hadis ham Savbondan rivoyat qshingan bo'lib. 591-hadisning aynan o'zidir.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:25:05

264-bob. Oqar suv yoqasida o'tirmoq haqida

593. Shurayh aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.) cho'lu sahrolarga chiqarmidilar?" -deb so'radim. Hz, Oyisha (r.a.): "Albatta, ana shu oqar suvlarning oldigacha kelar edilar", deb javob berdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:26:04

594.  Amr ibn Abdulloh aytdilar: "Muhammad ibn Abdulloh ibn Usaydni ko'rib qoldim. Ustiga ixrom yopilgan hayvonga minib ketayotgan ekan. Ixrom hayvonning yelkasidan to oyog'igacha tushib turar edi. Men undan: "Nega buni hayvon ustiga yopding?" - deb so'radim. "Otam Abdullohning shunday narsa yopganini ko'rgan edim", deb javob berdi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 07:27:11

265-bob. Sir saqlamak va gap tashimaslik haqida

595. Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Abdulqoridan rivoyat qilindi, u kishi: "Hz. Umar ibn Xatgob (r.a.) ansorlardan bir kishi bilan o'tirgan edilar. Shu vaqtda Abdurraxmon ibn Abdulqori (otam) kelib, ular yonida o'tirdilar. Shunda hz. Umar (r.a.): "Oramizdagi gapni odamlarga borib aytib yuradigan kishini biz xoxda-maymiz", dedilar. Abdurrahmon hz. Umar (r.a.)ning gaplariga javoban: "Men o'zim shunday (ya'ni mendan kishilarning gapini so'raydigan) kishilar bilan o'ti-rishmayman", deganlarida, hz. Umar (r.a.): "Bu fikring noto'g'ri, ular bilan ham o'tirishaver, lekin bizning gapimizni izhor qilma (sirni saqla)", dedilar, keyin ansorlarga qarab: "Odamlar mendan keyin kimning xalifa bo'lishini mo'ljal qilishayotibdi?" - deb so'radilar. Ansorlar muhojirlardan bir necha kishilar nomini aytib shular xalifa bo'ladi deyishayotibdi.dedilaru, lekin hz. Ali (k.v.)ning is-mlari bular ichida zikr qilinmadi. Shuning uchun hz. Umar (r.a.): "Ular nima uchun Abulhasan (hz. Ali (k.v.)ni tilga olishmadi? Men Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki, agar hz. Ali ularga xalifa bo'lsa, hammalarini to'g'ri, haq yo'lda olib borishga boshqa kishilardan ko'ra munosibroq bo'lardi", dedilar".

1 Arab tilidagi "ihrom", "ehrom" va "ixrom" so'zlarining farqini aniqdab o'tishgga to'g'ri keladi: "ihrom" - buyuk inshoot. "ehrom" - hajga otlanganlarning yupqa matodan tikilgan oppoq kiyimlari. Ixrom - oqjundan to'qilgan mato bo'lib, uni ulovning ustiga ham yopganlar hamda kiyym sifatida foydalanganlar. Aslida Qadimgi yunonlar va rumoliklarning ustki kiyimi bo'lgan.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:01:54

266-bob. (Dunyoviy) ishlarda oshiqmaslik haqida

596. Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Bir kishi vafot qilib, undan bir o'g'li bilan bitga quli qoddi. Ulishi vaqtqda qulini o'g'liga vasiy qilib ketdi. Bola katta bo'lib, quli uni uylantirdi va xo'jasining topshiriklarini to'g'ri va batamom ijro qilib bordi. Keyin bola: "Men ilmga boraman, safar uchun kerakli narsalarni to'g'rilab bering", deb qulga buyurdi. Qul yo'l xarajatlari, ulovi va ozuqlarini tayyorlab bolani jo'natdi. Bola bir olim kishiga borib, ilm talab qilib kelganini aytganda, u: "Xo'p, lekin hozir emas, qachon o'z yurtingga jo'naydigan vaqtingda menga kelsang, ilm o'rgataman!" - deb va'da berdi. Keyin bola yo'lga chiqmoqchi bo'lib olim huzuriga borib unga bergan va'dasini eslatdi. Shunda olim: "Alloh taolodan ko'rq, sabrli-chvdamli bo'l, qiladigan ishlaringda sho-shilma! Mana shu ilm senga kifoya", deb bolaga oq fotiha berib jo'natdi. Bu voqeani xikoya qilayotgan Hasan: "Mana shu uch og'iz so'z hamma yaxshilikni o'z ichiga olgandir". deydi. Bola domladan olgan uch og'izgana ilmni takrorlab, uyiga qaytib keldi. Mingan ulovidan tushib hovlisiga kirsa, xotini uxlab yotibdi va undan chetroqda bir erkak odam ham uxlab yotganini ko'rdida, bir xayolga borib qattiq g'azablandi. Bunga qanday chidash mumkin, deb o'ldirish uchun ulovidagi qilichni olib kelmoqchi bo'ldi. Lekin domla o'rgatgan uch so'z ti-liga keddi-yu, o'zini to'xtatdi. Yana o'sha kishi tepasiga borib turib shayton vasvasasi bilan avvalgidan ham battarroq jahli qo'zg'aldi. Qilichni olib kelib uni o'ldirmoqchi bo'layotganda, u kishi uygonib qoldi-yu, bolani ko'rishi bilan salomlashib, uni quchoqlab o'tsdi va: "Mening huzurimdan ketganishdan so'ng nimalarni bilib kelding?" - deb so'radi. Bola: "U yerdan ko'p narsalarni o'rganib keldim. Urgangan ilmim shundoq: sizni o'ldirish uchun tepangazga uch marotaba borib keldim, ammo oxiri u sizni o'limdan saqlab qoldi", dedida voqeani bayon qilib berdi".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:02:13

267-bob. Halimlik haqida

597.  Ashaj Abulqays (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga: "Sizda Alloh taolo yaxshi ko'radigan ikkita axloq bor ekan", dedilar. Men: "Ular nimadir, yo Rasulalloh?" - deb so'raganimda, Rasululloh. (s.a.v.): "Ular halimlik va hayo", dedilar. Men yana: "Shu ikkita xulq menda avvaldan bor edimi yoki yangidan vujudga kelganmi?" - dedim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Avvaldan bor bo'lgan", dedilar. Men: "Meni o'zi sevgan ikkita xulq bilan yaratgan Alloh azza va jallaga hamd va tashakkurlar bo'lsin!" - dedim.

Ya'ni bu ikki julq menga ota-bobomddn (qovdan) o'tib kelganmi yoki Alloh taolo o'zim bilan birga yaratgaimn, demoqchi.

Qayd etilgan