Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 479230 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 116 B


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:12:58

305-bob. G'iybat haqida

753.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. Qandaydir sassiq hid taraldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bilasizlarmi bu nima? Bu mo'minlar g'iybatining hididir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:18:18

754.   (Yana) Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bir kuni sassiq hid taraldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Munofiqlar musulmonlarni g'iybat qilishdi, bu o'shaning sassig'i", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 07:18:32

755.  Ibn ummu Abd aytdilarki, qaysi bir mo'minning oldida g'iybat qilinganda u o'sha g'iybatni to'xtatsa, Alloh taolo uni dunyo va ohiratda mukofotlaydi. Qaysi bir mo'min oldida bo'layotgan g'iybatni to'xtatmasa, Alloh taolo uni dunyo va oxiratda jazolasin! Kishi bir mo'minni g'iybat qilishi bilan harom luqmani og'zi-ga olgan bo'ladi; o'sha gapirayotgan odamdagi bor narsani aytsa, g'iybat qilgan bo'ladi. Agar yo'q narsani aytsa, unga tuhmat qilgan bo'ladi.

Ibn ummu Abd - Abdulloh ibn Mas'ud.

Qayd etilgan


Laylo  02 Oktyabr 2006, 14:11:19

306-bob. G'iybat va idrordan ehtiyot bo'lish haqida

756.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. Ul zot egalari azoblanayotgan ikki qabr tepasiga kelib: "Bu ikkisi katta gunoh sababli azoblanayotgani yo'q, ulardan biri odamlarni g'iybat qilib yurardi, ikkinchisi esa siydikdan ehtiyot bo'lmasdi", dedilar. So'ngra bir yoki ik-kita xurmo shoxini keltirib, uni sindirdilar, so'ng sindirilgan shoxchalarni qabrga tiqib qo'yishni buyurdilar va: "Bu shoxchalar nami ketguncha qabrdagilarning azobi yengillashtirib turiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  02 Oktyabr 2006, 14:11:53

757.  Amr ibn Os bir necha hamrohlari bilan ketib borardi. Io'lda o'lib, irib ketgan eshakka duch kelishdi. Shunda Amr: "Xudo haqqi, musulmonning go'shtini yeganingizdan mana shu o'limtikni qorningiz to'ygunicha yeganingiz yaxshidir", dedi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Oktyabr 2006, 14:12:15

307-bob. O'likni g'iybat qilish haqida

758.  Abu Hurayra aytdilar: "Moiz ibn Molik Aslamiy keldi, uni Rasululloh (s.a.v.) "Robi'a" degan joyda rajm (toshbo'ron) qildirdilar. Rasululloh (s.a.v.) bir safar sahobiylar bilan o'sha yerdan o'tdilar. Ulardan biri: "Mana shu halok bo'lgan odam Nabiy (a.s.)ning oldilariga bir necha bor keldi, har safar kelganida ul zot uni qaytardilar, mana, qarangki, itdek o'lib ketdi", dedi. Rasululloh (s.a.v.) o'lib, oyoklari qurib yotgan eshakning yonidan o'tguncha indamadilar, so'ng haligi kishiga: "Mana bundan yenglar!" dedilar. "Shu o'lgan eshakdan-a, Rasulalloh?" deb so'rashdi. Ul zot: "Sizlar o'lgan birodaringiz obro'si-ni to'kshtsdan erishgan narsangiz buni yeyishdan og'irroq gunohdir. Muhammadning joni qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, albatta u (Moiz) jannat anhorlaridan birida cho'milib yuribdi", dedilar".

Ya'ni o'lgan odamni ayblaganingiz uchun orttirgan gunohingiz buni yegandan ko'ra og'irroqdir.
308-bobdagi 759-hadis 95-bobning 187-hadisidagi mazmunning aynan takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Oktyabr 2006, 14:12:38

309-bob. O'zaro mehr-oqibat haqida

760. Muhammad ibn Ziyod aytdilar: "Men salaflarni shunday topganman: ular bir uyda oila a'zolari bo'lib yashar edilar. Ittifoqo, ulardan birining uyiga meh-mon kelib qolsa, boshqa birlari tayyorlab qo'ygan qozon-dagi ovqatni shundoq ko'tarib mehmon oldiga olib ke-lib qo'yardilar. Qrzon egasi: "Kim oldi qozonni?" - deb so'rasa, mezbon: "Biz mehmonimiz uchun oldik", derdi. Shunda ovqat egasi: "Mayli, osh bo'lsin", der edi chin dildan. Salaflar non yopishsa ham ahvol shu edi. Ular-ning oralarida qamishdan devor bo'lardi xolos".

Qayd etilgan


Laylo  02 Oktyabr 2006, 14:12:53

310-bob. Mezbonning mehmonga xizmat qilishi haqida

761. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) huzur-lariga bir kishi keldi. U kishi och ekanligini aytdi. Rasululloh (s.a.v.) uni ayollari oddiga yubordilar. Ayol-lari uyimizda suvdan boshqa hech vaqo yo'q, dedilar. Rasululloh: "Kim bu odamni to'ydiradi?" - deb so'ra-dilar. Ansorlardan bir kishi: "Men", dedi va haligi kishini uyiga olib ketdi. Xotiniga Rasululloh (s.a.v.) ning mehmon-larini siylab, qornini to'ydir, dedi. "Uy-imizda bolalarimizning ovqatidan bo'lak narsa qol-magan", dedi xotini. Shuqtsa er: "Taomingai keltir, chiroqni to'g'rila, bolalar ovqat so'rashsa, ularni ux-lat", dedi. Ayol taomni olib keldi, chiroqni to'g'rila-di, bolalarni uxlatdi. So'ngra eri chiroqni tuzatmoq-chiday bo'lib uni o'chirdi. Keyin ikkovlari mehmonning oldida xuddi taom yeyayotganday bo'lib o'tirishdi. O'sha ke-chani ochlik bilan o'tkazishdi. Ertasiga ertalab Rasu-lulloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh taolo sizlarning qil-gan ishlaringazdan xursand bo'ldi va quyidagi oyatni nozil qildi: "O'zlarida ehtiyoj bo'la turib, (ehson qilishda boshqa muxtojlarni) ixtiyor qilurlar. Kim-ki o'z nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'sha-lar (oxiratda) najot topuvchilardir" (59:9).

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:36:20

311-bob. Mehmondorchilik muddati haqida

762.  Abu Shurayh Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning mana bu so'zlarni aytayot-ganlarini o'z ko'zlarim bilan ko'rib, quloqlarim bilan eshitdim: "Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qo'shnisini izzat qilsin Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonni e'zozlasin. "Meh-monning muddati qancha, ey, Rasululloh?" - deb so'ralganda, ul zot: "Bir kecha-kunduzdir. Mehmon-dorchilik uch kun bo'ladi. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gaplarni gapirsin yoki jim tursin", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 06:36:31

312-bob. Mehmondorchilikning uch kungacha ekanligi haqida

763.  Abu Hurayra Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar: "Mexmondorchilik uch kundir. Uch kundan ortig'i xonadon sohibining sadaqasidir".

Qayd etilgan