317-bob. Mehmonga taom quyib, o'zi namozga turgan kishi haqida
768. Na'im ibn Qa'nab (r.a.) aytdi: "Men Abu Zarr (r.a.)ning uyiga bordimu uni topa olmadim. Ayolidan: "Abu Zarr qaerda?" - deb so'radim. "Ishdalar, hozir ke-lib qoladilar", deb javob berdi ayoli. Men uylarida o'tirib turgavdim, ikki tuyani haydab Abu Zarr kelib qoldi. Tuyalarni bir-biriga orqama-orqa bog'lagan, ular-ning har biriga bitgadan mesh ortilgandi. Abu Zarr ularni yerga olib qo'yib, kelib men bilan so'rashdi. Men: "Ey, Abu Zarr, ijari uchratgan odamlarim ichida men uchun sendan sevimlirog'i ham, sendan yomonrog'i ham bo'lma-gan", dedim. U: "Xo'sh, bu gapingni qanday tushunishim kerak?" - deb so'radi. "Men johiliyat davrida go'dak qizim-ni tiriklay ko'mgan edim, "Sen uchun tavba yo'li ham yo'q, najot ham!" - deysan deb senga yo'liqib qolishdan qo'rqdr-dim. Hamda "Tavba qilsang tavbang qabul bo'ladi va sen uchun najot yo'li bor", deyishingdan umid qilardim", dedim. Abu Zarr: "Johiliyatdan qaytib, haq yo'lni top-dingmi?" - dedi. "Ha", dedim. U: "Alloh taolo Islomga kirgandan keyin oldingi gunohlarni kechiradi", dedi va ayoliga: "Bizga taom keltir!" -deb buyurdi. Ayoli kuloq solmadi. Abu Zarr unga yana qaytardi, ayoli bu safar ham quloq solmadi va hatgo ikkovlari janjallashib qolish-di. Abu Zarr: "Haqiqatda siz ayollar Rasululloh (s.a.v) aytganlaricha bor ekansiz!" - dedi. Men: "Rasululloh (s.a.v) ular haqida nima deganlar?" - deb so'radim. Abu Zarr: "Ul zot: "Ayol kishi qovurg'a suyagi kabidir, sen uni to'g'rilamoqchi bo'psang sindirib ko'yasan. Agar uni boshqara bilsang, ro'zg'oring but bo'ladi", degandilar", dedi. Shundan keyin ayoli burilib kelib, kaklik-nikiga o'xshash sho'rva qo'yib ketdi. Abu Zarr: "Menga e'tibor bermay sen olaver, men ro'zadorman", dedi va namozga turdi. U ruku'larni yengil (tez-tez) qildi. So'ng namozini tamomlab, ovqat yeya boshladi. Men: "Yo tavba, meni addaysan, deb o'ilamagandim!" - dedim. U: "Nega endi, men seni uchrat-ganimdan beri aldaganim yo'q", dedi. "Axir ro'zadorman, Demabmiding?" - dedim. U: "Shunaqa dedim. Men bu oy Hisobidan uch kun ro'za tutdim, menga uning ajri yozildi va ovqatlanish halol bo'ldi", dedi.