Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608759 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 ... 116 B


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:14:27

378-bob. Kishining o'zidagi biron belgi bilan kunyalash haqida

876.  Sahl ibn Sa'ddan rivoyat qilindi: "Hz. Ali (k.v.)ga yoqimli ism Abu Turob edi. Kim u kshpini shunday deb chaqirsa, xursand bo'lardilar. U kishini fa-qatgina Rasululloh (s.a.v.) bu kunya bilan ataganlar. Bir kuni hazrat Ali hz. Fotima (r.a.)dan xafa bo'lib, uydan chiqib ketdilar va masjidning devoriga suyanib oddilar. Rasululloh (s.a.v.) kelib u kishini so'radilar, devorning tagida o'tirganlarini aytishdi. Payg'ambar (s.a.v.) u kishining oddilariga keddilar. Hz. Alining orqalari tuproqqa belanib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.) u kishini turg'azib, ustboshlarini qoqib qo'ydilar va: "O'tir, Abu Turob", dedilar".

"Abu Turob" bu o'rinda "Tuproq otasi" degan ma'noda emas, balki Ali (k.v)ning ust-boshi tuproq bo'lib ketgani uchun Rasululloh (s.a.v) majoziy ma'noda uni shunday deb kunyalaganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:15:42

379-bob. Yoshi ulug' va hurmatli kishilar bilan birga yurish haqida

877.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abu Talha (r.a.)ning xurmozorida o'tirganlarida hojatga chiqtsilar. Bilol (r.a.) yonlariga bordilar. Payg'ambar (s.a.v.) bir qabrning yonidan o'taetib, Bilol (r.a.) yetib kelgunicha turib qoldilar va: "Sho'ring qursin, ey Bilol, men eshitayotgan narsani eshitayapsanmi?" - dedilar. Bilol (r.a.): "Men hech narsa eshitmayapman", deb javob berdilar. Shunda ul zot: "Bu qabr egasi azoblanmoqda", dedilar. Keyinchalik bu
qabrda yotgan mayit yahudiy ekani ma'lum bo'ldi".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:50:54

380-bob. Adab haqida

878. Qays aytdilar: "Muoviya kichkina ukasiga: "Xo-dim bolani mingashtirib ol", dedi. U ko'nmadi. Shun-da Muoviya. "Sen qanday yomon tarbiya olgansan-a!" - dedi. Kdys atdilar: "Men Abu Sufyonning unga "Ukangni o'z holiga qo'y", deganini eshitganman".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:51:11

879.  Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Do'stlar ko'pay-gan sari burchlar ham ko'payadi". Roviy Yahyo: "Men Musodan burchlarning nima ekanligani so'ragan edim, u: "Haklar", deb javob berdi.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:51:40

381 -bob. Ba'zi she'rlar hikmat bo'lishi haqida

880.  Xolid ibn Kayson aytdilar: "Men Abdulloh ibn Umarning huzurlariga borgan edim. Oldilarida Yosibn Haysama bor ekan, u: "Ey, Foruqning o'g'illari! She'rlarimdan o'qib beraymi?" - dedi. U kishi: "Ha faqat yaxshisini o'qi", dedilar. She'rning Ibn Umarga yoqmaydigan joyi kelganda "Bas qil!" - dedilar.

Ya'ni barcha she'rlar ham birdek maqbul emas, shu bilan birga she'rni butunlay rad etilmaydi. Balki uning ma'nosiga qaraladi: agar unda Allohning sifatlari, ne'matlari, yaxshilikka undov, taqvodorlarning vasflari keltirilgan bo'lsa, bunday she'rlar maqbul hisoblanadi. Bordiyu she'rda kimnidir qajv va masxara etilgan yoxud u ayollar madhiga bag'ishlangan bo'lsa, bu turdagi she'rlar harom hisoblaiadi

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:52:11

881.  Mutarrif aytdilar: "Men Imron ibn Husaynga Kufadan Basragacha bo'lgan yo'dda hamroh bo'ldim. Yo'l asnosi qaysi joyda to'xtab dam olganimizda u kishi menga she'r o'qib: "Kinoyali so'zlarda yolg'ondan qochishlik bor", derdi".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:52:40

882.  Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "She'rlarning hikmatlisi ham bor", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:53:14

883. Asvad ibn Sari' aytdilar: "Yo Rasulalloh, men Parvardigorimni go'zal sifatlar bilan maqgab madhiya bitdim", dedim. Ul zot: "Parvardigor hamdni yaxshi ko'radi", dedilar va boshqa hech narsa qo'shimcha qilmadilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:54:12

884. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishining qorni jarohat bilan yiringga to'lishi she'r bilan to'lishidan yaxshiroqdir", dedilar".

885-hadis 883-hadisning takrori, faqat unda Asvad ibn Sari' Rasu-lullohdan "Rabbimga bag'ishlangan madhiyamni o'qib bersam maylimi?" - deb so'raydi.
 Oyisha (r.a)ga: Abu Hurayra (r.a.) "Sizlardan biringizning qorni she'rga to'lishi..." deya yuqoridagi hadisni aytgani bildirildi. Shunda Oyisha (r.a): "Abu Hurayraga Xudo rahm qilsin, hadisning boshini yodlabdi-yu, oxirini yod olmabdi. Mushriklar Rasululloh (s.a.v)ni hajv qilib, she'r to'qir edilar. Shuvdan keyin ul zot: "Sizlardan biringazning ichi mana shunday hajviy she'rlar bilan to'lganidan ko'ra, yiringa to'lgani yaxshiroqdir",. degandilar", deb javob berdilar. Tag'oviy aytadilar: "Hadisdagi she'rdan Rasululloh (s.a.v)ni hajv qilingani ko'zlangan bo'lganida edi, "to'lmoq" lafzi kelmasdi. Chunki unday hajviyalarning ozi ham, ko'pi ham kufrdir ".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 05:57:01

886.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Hasson ibn Sobit rasululloh (s.a.v.)dan mushriklarni hajv qilishga ruxsat so'radi. "Mening nasabim(ni mushriklarning haj-viyalaridan) qanday (holi qilasan)?" - dedilar Rasululloh (s.a.v.) "Xamirdan qil sug'urgandek ulardan sizni tortib olaman", dedi".

Ya'ni mushriklarning ahmoqona bo'htonlaridan nomingazni himoya qilaman, demoqchi (t.).

Qayd etilgan