Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 435954 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 ... 116 B


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:26:59

389-bob. Orzu qilish haqida

902. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ke-chalarning birida uyqusizliqdan qiynaldilar va: "Qani endi hozir sahobiylarimdan biri kelsa-yu, tuni bilan meni qo'riqyaasa", dedilar. Shu payt qurol-yarog'ning sharaqlagan ovozini eshitdik. Ul zot: "Kim u?" - dedilar. "Sa'dman, ey, Rasulalloh, sizni qo'riq-lash uchun keldim". dedi kelgan kishi. Keyin Rasulul-loh (s.a.v.) uxladilar, hatto ul zotning xurrak to-vushlarini eshitdik.

O'sha paytda Madinada tashqi va ichki dushmanlar xavfi kuchli bo'lib, ularning nogahoniy hujumidan saqlanish kerak edi.

390-bobdagi 903-hadis 142-bobdagi 306-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:30:52

391-bob. Noto'g'ri gapirishdan qaytarish haqida

904.Nofi' aytdilar:"Abdulloh ibn Umar far-zandlarini noto'g'ri, g'aliz gapirishdan qaytargan edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:31:18

905. Abdurrahmon ibn Ijlon aytdilar: hz. Umar o'q otishayotgan ikki kishining oldidan o'tdilar. Ularning biri ikkinchisiga: "sod" harfi bilan "asobta" - "mo'ljalga tekkizding", deyishning o'rniga "sin" harfi bilan "asabta" - "so'kding", dedi. Shunda hz. Umar: "Noto'g'ri gapirish noto'g'ri o'q otishdan og'irroqdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:33:40

392-bob. "Uning asli yo'qtsir", deyish haqida

906.  Oyisha onamiz dedilar: "Odamlar Payg'ambar (s.a.v.)dan kohinlar haqida so'radilar. Ul zot: "Ular ishlarining asli yo'q", dedilar. Odamlar: "Ey, Rasulalloh, ular aytgan narsayaarning ba'zisi to'g'ri chiqadi", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "O'sha to'g'ri gaplarni hayton o'g'irlab qochadi va do'sti (ya'ni sehrgar, folbin)ning quloqlariga tovuqday qu-qulab yetkazadi. Keyin ular bir rost gapning yoniga yuzlab yolg'onni qo'shadilar", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:35:04

393-bob. Piching gap qilish haqida

907.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) safarlarining birida tuyalarini haydab   bo-rayotgan tuyabonga: "Hay-hay Anshaja, shisha idishlar (ya'ni ayollarga) yumshoq muomala qil!" dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:35:38

908. Abdulloh ibn Umar (r.a.) otalari hz. Umar (r.a.) dan naql qildilar: "Kishi eshitgan narsasini gapiraverishi yolg'onchiligi uchun yetarlidir". Umar (r.a) aytdilar: "piching gap qilish musulmonning yolg'ondan saqlanayotganiga yetarli (dalil) emasmi?"

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:36:26

909.  Abdulloh ibn Shaxir aytdilar: "Men Imron ibn Husayn bilan Basragacha hamroh bo'ldim. U har kuni: "Piching gapda yolg'on bo'lishi muqarrardir", deb she'r o'qirdi.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:36:57

394-bob. Sirni fosh etish haqida

910.  Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Qadarning ichida bo'la turib, taqdirdan qochgan odamga hayron bo'laman. Do'stining ko'zidagi gardni ko'radi, o'zining ko'zidagi xoda bilan ishi yo'q. Men og'zi bo'sh odamga sirimni aytib qo'yib, so'ngra uni malomat qilmagan-man. Axir, (sirni ochyb qo'ygani uchun) qanday uni malomat qilayin, o'zim sirni ichimda saqiay olmagan bo'lsam?!

Ya'ni "Gapirmaganing o'zinpshki, gapirganing birovniki", demoqchi (t.).

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:37:20

395-bob. Masxara qilish haqida

911.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Boshiga musibat tushgan odam bir to'da ayollarning oldidan o'tayotganida ayollar uning ustidan kulib masxara qildilar. (Oqibatda) ulardan ba'zilarining boshiga ham musibat tushdi".

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 06:37:44

396-bob. Ishlarda shoshmaslik haqida

912.  Zuhriy (r.a.) Baliy qabilasidan bo'lgan bir ki-shidan riyuyat qilib, aytdilar: "Men otam bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Otam ul zot bilan mensiz sekin-sekin gaplashdilar. Men otamdan: "Ul zot sizga nima dedilar?" - deb so'radim. "Bir ish qilmoqchi bo'lsang, uni shoshmasdan, sovuqqonlik bilan qilginki, Alloh senga bu yo'lda najot eshigini ko'rsatadi yoki Alloh senga bir najot yo'li paydo qiladi", deb   aytdilar", dedilar".

Qayd etilgan