Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 479223 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 ... 116 B


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 06:42:41

935.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.-v.)ning: "Shumlanishning yaxshisi yaxshilikka yo'yishdir", dedilar. "Yaxshilikka yo'yish nima?" deb so'rashdi. Ul zot (s.a.v.): "U har biringiz eshitadigan yaxshi so'zdir", dedilar.

Hadis mazmuni, vallohu a'lam, shunday: dilida g'alamislik bo'lgan yoki ko'ngli nimadandir g'ash, g'ayratsizligi

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 06:43:13

410-bob. Shumlanmaslikning fazilati haqida

936. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Bir haj mavsumida menga ummatlarni ko'rsatishdi. Men ummatimning kupligi-dan xursand bo'ldim. Ular tekisligu tog'larni to'ddirib turgandilar. "Rozimisiz, ey, Muhammad?" - deb so'rash-di. Men: "Ha, Parvardigorim, roziman", dedim. Alloh jalli va 'alo: "Bulardan yetmish minggi jannatga bes-o'roq kiradi. Ular sehrgarlik qilmaydigan, o'zlarini kuydirmaydigan, shumlanmaydigan va Parvardigorlariga tavakkul qiladigan zotlardir", dedi. Ukosha (r.a.): "Ey, Rasulalloh, duo qiling, Alloh meni ham ana shular qatorida qilsin", dedilar. Ul zot: "Allohim, buni ham ana o'shalar qatoridan qilgin", deb duo qildilar. Yana bir kishi ham: "Meni ham duo qiling, Alloh meni o'shalardan qilsin", degan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Bu borada Ukosha sendan ildamlik qildi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:10:18

411-bob. Jinlardan shumlanish haqida

938. Alqama onalaridan rivoyat qildilar: "Bir chaqa-loq tug'ilsa, Oyisha (r.a.)ning oldilariga olib keli-shar, Oyisha (r.a.) unga barokat tilab duo qilar edilar. Yana bir boshqa chaqaloqni oldilariga olib kelishdi. Chaqaloqning yostig'i ostidagi ustarani ko'rib, buning sababini so'radilar. "Jinlardan sakdanish uchun", deb javob berishdi. Oyisha (r.a.) ustarani uloqgirib yubordilar. Ularni bunday qilishdan qaytarib: "Rasululloh (s.a.v.) shumlanishni yomon ko'rardilar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:10:34

412-bob. Yaxshilikka yo'yish haqida

939.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech qanday ilatning yuqishi va shumlanish yo'q, menga yaxshii so'z -" yaxshilikka yo'yish yoqadi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:10:42

940.  Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Boyo'g'lidan shum-lanish behuda narsadir1, eng to'g'risi - yaxshilikka yo'yishdir, ko'z(ning tegishi) haqiqatdir".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:11:07

413-bob. Ismda yaxshilik alomatini ko'rish haqida

941.  Abdulloh ibn Soib (r.a.) aytdi Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiya sulxida o'sha yerda edilar. Keyin Usmon ibn Affon (r.a.) shunday xabar berdilar: Suhayl ibn Amr (r.a.)ni "Bu yil qaytib ketasizlar va kelasi yili (biz Makkani sizlarga) uch kunga bo'shatib beramiz", degan shart bilan sulh tuzish uchun yubordilar. Suhaylning kelayotganidan ul zotga xabar berishganda: "Alloh ishlarimizni oson qilsin!" - dedilar.

Bu o'rinda "Suhayl" so'zining ma'nosiga ishora qilinmokda. Zero "Suhayl" arabcha "Sahl" so'zidan olingan bo'lib, "oson", "engil" deganidir.
1 Arablar boyo'g'lidan shumlanishardi. Xalqning aqidasiga ko'ra, agar qatl qilinganlarning qasosi olinmasa, ularning ruhi boyo'g'-liga aylanar va: "Meni qondiring! Meni qondiring!" - deb qichqi-rarmish! Qasosi olingach esa, uchib ketarmish! Islom vujudga kel-gach, bu kabi botil qarashlarni rad etdi. (F.s). Hozirgi zamonda ham ko'pgina xalklarda boyo'g'lidan shumlanish odati qolgan, jum-ladan, boyo'g'li sayrasa, unga tosh otish kabi odatlar bor. Bu botil narsalar insonni yo'ldan adashtiradi.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:11:44

414-bob. Otdan shumlanish haqida

942. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shumlik hovlida, xotinda va otda bo'ladi", dedilar"

Islomiyatdan ilgari arablar mazkur uch narsani shum narsa deb qarardilar. Bu o'shalarning holidan hikoya qilib aytilgan so'z.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:12:01

943. Sahl ibn Sa'd(r.a.)dan rivoyat tsshingan bo'lib. yuqoridagi hadisning aynan takroridir.

1 Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qilgan mazkur hadis ustida olimlar ixtilof qilganlar. Jumladan, imom Molik (r.al.) va bir guruh ulamolar bu o'rinda shumlanish hakdqiy ma'nosida qo'llanil-gan, ya'ni Allohning taqdiri bilan ba'zi uylarda o'tirish karohat, ba'zi xotinlarga uylanish va otlarga minish ham ziyon keltiradi, deb hadisning mazmunini quyidagacha izohlaydilar: bu uch narsada shumlik bor. Xattobiy yu boshqa muh-taram olimlarning fikricha, bularning har birini shumlik, deb bilish lozim. Bu narsani birga yashayot-gan xotinning fe'lidan, uyning fayzidan, minilishi lozim bo'lgan otning turqi va harakatidan bilshi mumkin ekan. Shu ma'no-da xz. Oyisha (r.a.)dan kelgan bir riyuyat ibratlidir. Hasson Arajdan riyuyat qilingan hadisda aytiladi: "Hz. Oyisha (r.a.)nyng huzurlariga ikki kishi kelib shunday deyishdi: "Abu Hurayra Rasululloh (s.a.v.)ning: "Shumlik hovlida, xotitsda va otda bo'ladi", deganlarini nakl kdildi". Hz. Oyisha (r.a.) ko'rquv bilan o'rinlaridan sachrab turib ketdilar.Kur'oni karimni Abulqosimga nozil qilgan Alloh haqi, bu hadisni naqd qilgan kishi yolg'on aytibdi. Rasululloh (s.a.v.) aslida shunday deganlar: "Johi-liyat davrida shumlik hovlida, xotinda, otda, deb bilar edilar". Hz. Oyisha (r.a.) shundan keyin mana bu oyatni tilovat qildilar: "Xoh yerga, xoh o'zlaringizga biror musibat yeda, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda ("Lavhu-l-mahfuz"da bitilgan) bo'lur. Albatga, bu Allohga osondir" (57:22).Bu oyat "Tafsiri Xilol"da shunday izoxlangan: "Alloh taolo bizga yetadigan har bir musibat - kasallik, ochlik, kambag'allik, o'lim va boshqalar, ular yuzaga chiqishidan avval ham "Lavhu-l-mahfuz"da, Allohning ilmida sobit bo'li-shini ta'kidlamoqda (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Tafsiri Hilol", T., Movarounnaxr", 1993, 151-6.).


944.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Ey, Allohning Rasuli, biz bir hovlida turardik. U yerda bizning so-nimiz haam, mol-dunyomiz ham ko'paydi. Biz boshqa bir hovliga ko'chib o'tgandik, u yerda sonimiz ham, molimiz ham kamayib ketdi", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "U yerdan ketinglar, u hovli xosiyatsiz ekan", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:14:37

415-bob. Aksirish haqida

945.  Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Aksirishni Alloh yaxshi ko'radi, esnashni esa, yomon ko'radi, chunki esnoq shaytondandir. Shuning uchun imkoni boricha esnoqni qaytarish kerak. Agar kjii (esnab) "haah" desa, shayton undan kuladi".

Qayd etilgan


Doniyor  05 Oktyabr 2006, 07:15:03

416-bob. Aksirganda nima deyiladi

946.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Sizlardan bir kishi aksirib "Alhamdulillah" desa, farishtalar: "Rabbil 'alamiyn", deydi. Agar u "Rab-bil 'alamiyn", desa, farishtalar: "Alloh senga rah-mat qilsin", deydilar.

Qayd etilgan